Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Klassifikatsiyasi. 
Murakkab va turlicha klinik va patologoanatomik 
ko’rinishga ega bo’lgan kasallikni ma’lum bir tizimga solish anchagina mushkul 
hisoblanadi. Shuning uchun turli xil klassifikatsiyalar taklif etilgan bo’lib, hozirgi 
kunda qo’llaniladigan klassifikatsiyalar ichida V.I. Kolesov taklif etgan 
klassifikatsiya byuirmuncha qulay hisoblanadi. Quyida shu turlashni keltiramiz: 
1. Appendikulyar sanchiq (kolika). 
2. Oddiy (yuzaki, kataral) appenditsit. 
3. Destruktiv appenditsit: 
a) flegmonoz; 
b) gangrenoz; 
v) gangrenoz-perforativ; 
4. Asoratlangan appenditsit: 
a) appendikulyar infil’trat; 
b) appendikulyar abssess; 
v) tarqalgan yiringli peritonit; 
g) pileflebit (ichak tutqich venalari septik tromboflebiti); 
d) sepsis. 
 


300 
 
 
Klinik manzarasi va diagnostikasi. 
O’tkir appenditsitning klinik manzarasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi, bu 
hol kasallikning turigagina emas, balki Chuvalchangsi-mon o’simtaning joylanish 
xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. 
Odatdagi hollarda, kasallik o’ng yonbosh sohasidagi o’rtacha og’riq bilan 
boshlanadi, bu og’riq sekin-asta kuchaya boradi. Og’riqlar butun qorin bo’ylab 
yoki kindik atrofida boshlanib, keyin o’ng yonbosh sohasiga o’tishi 
mumkin.Taxminan 30-35% bemorlarda og’riq epigastral sohasida boshlanib, 4-6 
soat o’tgach, o’ng yonbosh sohasiga o’tadi (Koxer - Volkovich simptomi). O’tkir 
appenditsitda odatda og’riq doimiy, ba’zan esa tutib-tutib og’riydi, og’riq unchalik 
qattiq bo’lmaydi. Og’riqlar intensivligi yallig’lanish jarayonining tarqalganligiga 
bog’liq bo’lmaydi. Og’riq, birdaniga o’ng yonbosh sohasida boshlanib, so’ng 
qorinning turli sohalariga tarqalishi mumkin. Bu holat ko’pincha, 
Chuvalchangsimon o’simtaning qayerga joylashganligiga bog’liq bo’ladi. 
Chuvalchangsimon o’simtaning retrotsekal joylashishida og’riqlar bel, tashqi jinsiy 
a’zolar sohasiga uzatilib, buyrak sanchig’i klinikasini beradi. Chuvalchangsimon 
o’simta yuqori joylashishida, xoletsistit yoki pankreatit belgilarining ba’zilari 
kuzatiladi. 
Ko’pchilik bemorlarda, og’riq o’ng yonbosh sohasidan o’ng oyoqqa uzatiladi. 
Og’riq ko’ngil aynishi yoki 1 - 2 marta qayt qilish, tana haroratining 38-39°S 
gacha ko’tarilishi bilan o’tadi. Bemor qayt qilganida, ba’zi xirurgik kasalliklaridagi 
kabi qusgandan so’ng yengillik sezmaydi va bu belgi o’tkir appenditsitga xos 
bo’lgan belgilardan hisoblanadi. 
Qorinni paypaslab ko’rilganda, o’ng yonbosh sohasida mushaklarning 
taranglashishi yoki rigidligi va og’riq belgisi aniqlanadi. Paypaslashni sog’ taraf - 
chap yonbosh sohasidan boshlab, asta-sekin o’ng yonboshga o’tish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. 


301 
Qorinni umumiy tekshiruvidan so’ng maxsus tekshiruvga o’tiladi, o’tkir 
appenditsit uchun xos bo’lgan belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Bugungi kunda, 
o’tkir appenditsitda uchrashi mumkin bo’lgan 100 dan ortiq belgilarga ta’rif 
berilgan. Biroq, ularning quyidagi yettitasini aniqlash, ko’pincha to’liq tashxis 
qo’yish uchun yetarli hisoblanadi:
1.
Shchetkin – Blyumberg belgisi; 
2.
Voskresenskiy (“ko’ylak sirpanishi”) belgisi; 
3.
Obrazsov belgisi; 
4.
Sitkovskiy belgisi; 
5.
Bartom’ye-Mixel’son belgisi; 
6.
Rovzing belgisi; 
7.
Ivanov belgisi. 
O’tkir appenditsitning destruktiv turlarida mushaklar taranglashuvi-dan 
tashqari qorin pardasining ta’sirlanish simptomi, Shchetkin-Blyumberg simptomini 
aniqlash mumkin: o’ng qo’l barmoqlari bilan qorin devori bosib turib, birdan 
keskin ravishda qo’l tortib olinganda og’riq kuchayadi. Og’riq yallig’langan qorin 
pardalarning bir-biriga tegishi yoki silkinishi natijasida paydo bo’ladi. 
Ko’ylak sirpanishi belgisi faqat o’tkir appenditsit uchun xos bo’lgan belgi 
hisoblanadi. Bu belgi 1940 yil, V.M. Voskresenskiy tomonidan taklif etilgan. 
Bemor ko’ylagi bilan qorin devori yopiladi, so’ng o’ng qo’l barmoqlari uchi bilan 
o’ng yonbosh sohasidan chapga yuzaki va keskin o’tkazilsa, og’riq kuchayadi 
(Voskresenskiy simptomi, “ko’ylak sirpanishi”). 
O’tkir appenditsitda qorin old devori, o’ng tomoni sohasi mushaklari-ning 
taranglashishi kuzatiladi. Bunda, kindik va yonbosh suyagining oldingi yuqori 
o’simtasi orasidagi masofa kichrayishi kuzatiladi. Bu belgi, Ivanov belgisi
 
deyiladi. 
Obrazsov belgisi

bemor yuqoriga qarab yotgan holatda, o’ng yonbosh 
sohasida eng og’riqli nuqta topiladi. Shu sohada qo’l barmoqlari ushlab turgan 
holatda, bemorni o’ng oyog’ini, bukmagan holatda 90º ga ko’tarish iltimos 
qilinadi. Bunda, og’riqning kuchayishi kuzatiladi. Oyoq tushiril-ganda og’riq 


302 
kamayadi. Ayniqsa, Chuvalchangsimon o’simta retrotsekal joylashganida 
Obrazsov belgisi xos belgi hisoblanadi. 
Bemor chalqancha (yuqoriga qarab) yotgan holatdan chap yonbosh sohasiga 
o’tganda, o’ng yonbosh sohasida og’riqlarning paydo bo’lishi yoki kuchayishi 
kuzatiladi, bunday holat Sitkovskiy belgisiga xos. Quyidagi belgi, qo’richak va 
Chuvalchangsimon o’simta tutqichini cho’zilishi natijasida og’riq paydo bo’lishi 
yoki kuchayishiga asoslangan. 
Bartom’ye-Mixel’son belgisi. Ko’pchilik bemorlarda, chap yonbosh sohasida 
yotgan holatda, o’ng yonbosh sohasini pal’patsiya qilganda og’riqlarning 
kuchayishi kuzatiladi. 
 
Rovzing belgisi

chap yonbosh sohasini bir qo’l bilan bosib turib, ikkinchi 
qo’l bilan yengil yuqoriga qarab to’lqinsimon harakat qilinganda, o’ng yonbosh 
sohasida og’riq (yo’g’on ichak ichidagi gaz harakati natijasida) paydo bo’lishi, bu 
belgining musbatligidan darak beradi. 
O’tkir appenditsit kasalligi bo’lgan bemorni fizikal tekshirishda rektal va 
vaginal tekshirishning katta ahamiyati bor, bunda aksariyat to’g’ri ichak-bachadon 
chuqurchasi (Duglas kengligi) sohasida og’riq aniqlanib, bu yallig’langan 
Chuvalchangsimon o’simtaning yaqin joylashganidan yoki u yerda ekssudat 
yig’ilgandan dalolat beradi. Bu tekshiruv usullari quyidagi holatlardan darak 
beradi: 

Chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqda joylashuvini aniqlash uchun;

kichik chanoq infil’tratlarini aniqlash uchun; 

o’tkir appenditsitni, ayollar jinsiy a’zolari patologiyasidan differensial 
diagnostika qilish uchun. 
O’tkir appenditsit diagnostkasida siydik va qon tahlillari muhim hisoblanadi. 
Diagnoz qo’yishda qon tarkibi laboratoriya tekshiruvi – yuqori leykotsitoz: 10x10
9
– 18x10
9
l (10 000 – 18 000) gacha ortishi, leykotsitar formulaning chapga 
surilishi, EChT ning oshishi kabi o’zgarishlar paydo bo’ladi va tashxis qo’yishda 


303 
yordam berishi mumkin. Kasallikning ayniqsa destruktiv turlarida ILI 
(intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi) oshishiga ahamiyat beriladi. 
Ba’zan esa (areaktiv holatlarda), o’tkir appenditsitning destruktiv turlarida 
ham laborator tahlillarda o’zgarishlar minimal bo’lishi mumkin. Shuning uchun, 
tashxis qo’yishda va amaliyotga ko’rsatma bo’lib, faqatgina qon va siydik 
tahlillaridagi o’zgarishlar asos bo’la olmaydi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish