Piloroduodenal stenoz.
Uning sababi koʼpincha 12-barmoqli ichak yoki
pilorik boʼlimi, yoki pilorik kanalidagi yarada periultseroz infiltrat, shish, spazm va
chandiqdanish boʼlishidir. Yarali anamnez odatda davomliligi, biroq, yoshi
325
ulgʼaygan va keksa odamlarda kasallik paydo boʼlgan vaqtdan boshlab1-3 oy
ichida stenoz rivojlangan hollar maʼlum.
Evakuatsiyaning buzilish darajasiga koʼra stenozning 3 asosiy bosqichi farq
qilinadi.
Kompensatsiyalangan stenoz biror belgilarsiz oʼtadi: ovqatning toraygan
uchastka orqali qiyinlik bilan oʼtishi meʼdaning kuchaygan peristaltikasi bilan
qoplanadi, yaʼni kompensatsiyalanadi. Klinik jihatdan yara kasal-ligining odatdagi
simptomlari fonida meʼdaning toʼlib ketish sezgisi, epigastriyda, ayniqsa koʼp
ovqat yeyilgandan keyin ogʼirlik paydo boʼladi. Nordon kekirish, baʼzan meʼda
suyuqligi aralash nordon hidli qayt qilish yengillik beradi. Rentgenologik
tekshiruvda meʼda oʼlchami normal, biroq gipermotorika, bariyning oʼrtacha tutilib
qolishi aniqlanadi.
Subkompensatsiyalangan stenoz meʼdada toʼliqlik hissi palagʼsa boʼlgan
tuxum hidi keladigan yoqimsiz kekirish, sanchiqsimon ogʼriq, qorin quldirashi
bilan oʼtadi. Qusish koʼprok boʼladi, bemorlar oʼzlarini qusishga majbur etadilar, u
yengillik beradi. Qusuq massasida undan oldin yoyilgan ovqat qoldiqlari boʼladi.
Bemorlarning ahvoli yomonlashadi, holsizlanish, ozib ketish, suv-elektrolit balansi
buzilishlari ifodalangan. Obʼektiv tekshirishda epigastriyda «chayqalish shovqini»
qayd qilinadi. Rentge¬nologik nahorga meʼdada suyuqlik, uning peristaltikasi
sustlashgan, toraygan piloduodenal kanal orqali sekinlashgan evakuatsiya qayd
qilinib, bariy 6-12 soatgacha tutilib qoladi. 24 soat oʼtgach meʼdada bariy
boʼlmaydi.
Dekompensatsiyalangan stenoz meʼdada suyuqlik evakuatsiyasining keskin
buzilishi, umumiy holatning yomonlashishi bilan oʼtadi. Meʼdada suyuqlikning
turib qolishi meʼdaning choʼzilib ketishiga, dilatatsiyasiga olib keladi, meʼdada bir
necha litrgacha badboʼy suyuqlik toʼplanib qoladi, palagʼsa boʼlgan tuxum hidi
keladigan kekirish paydo boʼladi. Аtayin qoʼzgʼatilgan qusishdan keyin bemor
ahvoli vaqtinchalik yengillashadi, biroq tez-tez qayt qilish, koʼp mikdorda
suyuqlik, xloridlar, kaliy ionlari yoʼqotish degidratatsiyaga, qonning
326
quyuklashuviga, xloridlar kamayishiga, alkaloz, diurez kamayib ketishiga olib
keladi.
Bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashadi, ular ozib ketadi, teri
qoplamining elastikligi pasayadi, adinamiya boʼladi. Qorin devorining turtkisimon
chayqalishlarida «chayqalish shovqini», meʼdada koʼzga koʼrinadigan qisqarish
aniqlanadi.
Rentgenologik tekshiruvda qabul qilingan kontrast aralashmasi pastga tushadi
va meʼda kosacha koʼrinishini oladi, bunda meʼdaning pastki qutbi taroqsimon
chiziqdan 6-10 sm pastga tushadi, tekshirish vaqtida suyuqlik evakuatsiyasi
boʼlmaydi, meʼda peristaltikasi sekin yoki boʼlmaydi, meʼdada bariy 24 soat va
bundan koʼp vaqt tutilib qoladi (126-rasm).
126-rasm. Dekompensatsiyalashgan pilorostenozning rentgenologik va
endoskopik ko’rinishi.
Dekompensatsiya bosqichida bemorda keskin suvsizlanish, kaxeksiya
rivojlanishi ehtimol, buyrakdan qon oqimi pasayadi, diurez kamayadi, nordon
327
mahsulotlar siydik bilan chiqarilmaydi, alkaloz atsidozga oʼtadi, ogʼir hollarda
gastrogen tetaniya rivojlanadi (talvasa, trizm, «akusher qoʼli»- Trusso simptomi).
Bunday asoratlar operatsiyadan oldingi korrektsiyani qunt bilan oʼtkazish,
bemorlarni reanimatsion boʼlimga yotqizishni taqozo etadi.
Piloroduodenal stenozlarni operatsiya yoʼli bilan davolash. Operatsiyaning
maqsadi bir tomondan oʼtkazuvchanlikni tiklash va ayni vaqtda yara kasalligini
batamom tuzatib yuborish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Hozirgi vaqtda
piloroduodenal zona stenozlarini davo-lashning koʼp sonli usullaridan asosan 3 turi
kullaniladi: 1- radikal operatsiyalar - dekompensatsiyalangan stenozda meʼdaning
2/3 qismini rezektsiya qilish gastrodudenoanastomoz Bilrot- I (rasm 1,2,3) yoki
gastroentero- anastamoz Bilrot- IIusulida bajariladi (12-barmoqli ichak- ning
stenozlovchi yarasi va meʼda yarasining qoʼshilib kelishi; duodenostaz boʼlganda
ham), ikki tomonlama stvol vagotomiyasi bilan antrumektomiya (oʼsha
koʼrsatmalar boʼlganda va kislotalilikning yuqori raqamlarida); II- palliativ
operatsiyalar-meʼdanidrenajlashning har xil turlari (gastroenteroanastomoz,
gastroduodenoanastomoz, piloroplastika). Biroq operatsiyalarning bu turlari
alohida variantda juda ogʼir yotgan, holsizlangan va keksa bemorlardagina
qoʼllanilishi mumkin, chunki saqlanib qolgan kislota hosil qiladigan va sekretor
funktsiyalar peptik yaralar paydo boʼlishiga olib keladi; III-aʼzoni saqlab qoladigan
operatsiyalar vagotomiyaning turli variantlari (stvol, selektiv, selektiv proksimal,
vagotomiyaning boshqa har xil variantlari) bilan birga oʼtkaziladigan meʼdani
drenajlovchi operatsiyalar (127-rasm).
328
127-rasm. Piloroduodenal stenozda me’dani drenajlovchi operatsiya.
Meʼda va 12 barmoqli ichak yara kasalligi asoratlari (perforatsiya,
penetratsiya, malignizatsiya).
Yara perforatsiyasini tasnifi (B.D.Komarov, V.S.Savelev)
Joylashuvi
Klinik kechishi
А) Meʼdada
Meʼdani kichik egriligida
Meʼdani old devorida
Meʼdani orqa devorida
Kardial sohada
Pilorik qismida
B) 12 b. ichakda
Old devorida
Orqa devorida
А) ozod qorin boʼshligʼiga teshilish
B) usti yopiq teshilish
V) atipik kechishli teshilish
Yara perforatsiyasida asosiy belgilar:(Mondor triadasi)
1. hanjar bilan urgandek toʼsatdan paydo boʼlgan ogʼriq.
2. qorin mushaklarining “taxtasimon” taranglashuvi.
3. anamnezida yara kasalligining boʼlishi.
329
Qorin palpatsiyasida mushaklarning “taxtasimon” taranglashuvi
Yara perforatsiyasida ogʼriqning tarqalish yoʼllari tasviri.
1.
Epigastral soha
2.
Oʼng yon kanal
3.
Oʼng yonbosh soha
4.
Kichik chanoq
5.
Chap yonbosh soha
Diafragma
ostida
“erkin”
gazning
toʼplanishi.
(Spijarskiy
simptomi)(Ras.128).
128-rasm
Yara teshilgandagi ogʼriqlar tarqalishi oʼtkir appenditsitdagi ogʼriqlar
tarqalishiga oʼxshaydi (ogʼriqlar epigastral sohadan oʼng yonbosh sohaga kuchishi
-Koxer-Volkovich simptomi)
Differentsial diagnostika
1.
Oʼtkir appenditsit - laparoskopiya
330
2.
Oʼtkir xoletsistit – UTT, rentgenografiya
3.
Oʼtkir pankreatit – UTT, diastaza
4.
Yara kasalligi huruji – R-grafiya, EGDFS
5.
Oʼtkir mezenterial tromboz - laparoskopiya
6.
Oʼtkir miokard infarkti – EKG
Yara perforatsiyasida operatsiya usulini tanlash:
Yiringli peritonit bosqichi
Palliativ operatsiya
Teshilgan yarani tikish
fermentativ peritonit bosqichi
Radikal operatsiya
Meʼda rezektsiyasi TV+piloroplastika
TV+antrum-ektomiya
Oppelyu-Polikarpov usulida teshilgan yarani tikish (Ras.129)
129-rasm
Penetratsiya bosqichlari:
331
1 bosqich (39-51%) – yara meʼdani yoki 12 b. ichakni hamma qavatlaridan
oʼtashi
2 bosqich (25-30%) – yara qoʼshni aʼzo bilan fibroz birikishi
3 bosqich (22-29%) – yara qoʼshni aʼzoga oʼsib kirishi
Penetratsiya simptomlari
• Epigastral sohadagi ogʼriqlar doimiy boʼlib kuchayadi
• Ogʼriqlar irradiatsiyasi penetratsiya boʼlgan aʼzoga bogʼliq: belga (oshqozon
osti bezi), kurakka (jigar), boʼyinga (oʼt qopi)
• Konservativ davo effekt bermaydi
• Kovak aʼzoga penetratsiya boʼlganda oqmalar paydo boʼladi: oʼt qopiga
bilan, yoʼgʼon ichak bilan (ahlat bilan qayt qiladi, yegan ovqati birdan orqa teshik
orqali chiqadi)
Yara penetratsiya berganda 12 barmoqli ichak choʼltogʼini tikish(Ras.130).
130-rasm
Malignizatsiya – yaraning xavfli oʼsmaga aylanishi. Meʼda yarasi 20%
malignizatsiyaga uchraydi. 12 b. ichak yarasi 0,3% malignizatsiyaga uchraydi
Yara malignizatsiyaga uchrashishi xavfi mumkin boʼlgan holatlar:
Yara diametri 1,5 sm katta boʼlsa,
Yara meʼdada joylashgan boʼlsa,
Bemorning yoshi 40 dan oshgan boʼlsa,
Konservativ davo 4-6 oy mobaynida samarasiz boʼlsa.
332
Rentgenografiyada malignizatsiya belgilari
-Toʼlish nuqsoni(Ras.131).
-Burmalar konvergentsiyasi
-Yara atrofida peristal-tikaning yoʼqligi
131-rasm
Oshqozon rakini xirurgik davolash.
Radikal operatsiya turlari: Rezektsiya, gastroektomiya, kombinatsiya
rezektsiyasi(Ras.132).
1.
Palliativ operatsiya turlari: Polliativ rezektsiya (oʼsmani operatsiya
qilsa boʼladi, lekin olib tashlab boʼlmaydigan metaztazlar bor).
2.
Gastroenterostomiya.
3.
Ezofagogastrostomiya.
4.
Gastrostomiya.
5.
Egonostomiya.
333
Ras.132 Gastrektomiya
Do'stlaringiz bilan baham: |