Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


XIV. Me’dа vа 12 bаrmoqli ichаk yara kаsаlliklаri



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

XIV. Me’dа vа 12 bаrmoqli ichаk yara kаsаlliklаri 
Meʼda chap qovurgʼalar ostida va qorinning chap yarmida joylashgan, uning 
chiqish qismigina oʼrta chiziqdan oʼngga oʼtadi. Meʼda toʼlganda uning katta 
egriligi kindik sohasida proektsiyalanadi. Meʼdada kardial boʼlim, tubi, tanasi, 
antral boʼlim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich meʼda bilan 12-barmoqli 
ichak oʼrtasidagi chegara hisoblanadi. 
12-barmoqli ichak meʼda osti bezi boshchasini taqa koʼrinishida bukib, Treyts 
boylami oldida duodenoeyunal bukilma hosil qiladi. 12-barmoqli ichakda 4 qism 
qayd qilinadi: yuqori gorizontal, pastga tushadigan (unga umumiy oʼt yoʼli va 
meʼda osti bezi yoʼli quyiladi), pastki gorizontal va yuqoriga koʼtariladigan qism. 
Meʼda qon bilan qorin aortasi tarmoqlaridan taʼminlanadi. Tomir-larning 
aʼzolar ichidagi katta aloqalari, ularning anastomozlari qon taʼminotining 
moʼlligini keltirib chiqaradi. Bu hol eroziyalardan va yaralardan qon oqqanda qon 
ketishini toʼxtatishni qiyinlashtiradi. Meʼda venalari arteriyalarga mos keladi va 
qopka vena tarmogʼi hisoblanadi. Meʼda kardial boʼlimining shilliq, pardasi 
ostidagi qavatda venoz chigallar portal sistemani yuqori kovak vena sistemasi bilan 
tutashtiradi, bu portal gipertenziyada venalarning varikoz kengayishini diagnostika 
qilishda va davolashda gʼoyatmuhim. 
Meʼdadan limfa oqib ketadigan yoʼllar meʼdada onkologik jarayon sababli 
oʼtkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim ahamiyatga ega. Аsosan tomirlar 
yoʼli boʼylab joylashadigan asosiy limfatik sohalar soni 3 ta: 


309 
1) chap meʼda arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi boʼylab oʼtgan limfatik 
tomirlar; 3) jigar arteriyasi boʼylab joylashgan limfatik tugunlar. 
Meʼdani intramural nerv chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan 
simpatik nervlar innervatsiya qiladi. 
Meʼda funktsiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, baʼzan esa ham oldingi, 
ham orqadagi qoʼshimcha tutamlar koʼrinishidagi adashgan nervlar, oʼng tutamdan 
chiqadigan va qiziloʼngachning orqa chap yuzasi boʼylab meʼda tubiga 
Gisburchagi sohasida boradigan Grassi qoʼshimcha tarmogʼi muhim ahamiyatga 
ega. Bu qoʼshimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara kasalligining 
qaytalanishida muhim rol oʼynaydi. Аdashgan nerv tutamlari sekretor faoliyatini 
boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmogʼi bilan tugallanadi, uning oxirgi 2-4 
tarmoqlari esa motor funktsiyasini boshqaradi. Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari 
orasida antral boʼlim sohasida ham, tanasi va hatto kardiya sohasida ham 
kollaterallar boʼladi. 
Meʼda sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida oʼzaro taʼsir qiladigan 
neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Аdashgan nervlar I faza deb 
ataladigan neyrogen fazani taʼminlab beradi, u oʼrta hisobda taxminan yarim soat 
davom qiladi va sekretsiyaning goʼyo ish solish mexanizmi hisoblanadi. Аyni 
vaqtda adashgan nervlar ovqatning meʼdadan 12-barmoqli ichak motorikasini va 
evakuatsiyasini taʼminlab beradi. Oxirgi maʼlumotlarga koʼra ovqat yeyilgandan 
keyin meʼdani boʼshashishi noandrenergik tormozlanish nerv tolalari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Meʼda sekretsiyasining (II faza) gumoral ragʼbatlantirishni 1905 yil Edkins 
kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof holda ajratib olgan gastrin 
vositasida amalga oshiriladi. Gastrin meʼdaning antral boʼlimi shilliq pardasida 
joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), 12- barmoqli va och ichaklarning 
proksimal qismlarida, hatto meʼda osti bezidagi hujayralar tomonidan sintez 
qilinadi. 
Fiziologik 
sharoitlarda 
S-hujayralar 
oqsili 
ovqat, 
peptonlar, 
aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan ragʼbatlantiriladi va endi uning oʼzi 


310 
ichki omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, meʼda osti bezi fermentlari 
sekretsiyasini ragʼ-batlantiradi, meʼda va och ichak peristaltikasini kuchaytiradi. 
Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim mualliflar 
ingichka ichakning yuqori boʼlimlarida meʼda sekretsiyasini ragʼbatlantiradigan 
enterogastron hosil boʼladi deb hisoblasalar, boshqalari ingichka ichakda oqsil 
parchalanishida gistamin hosil boʼladi deb hisoblaydilar. Maʼlumki, ingichka ichak 
sekretsiyani faqat qoʼzgʼatish taʼsiriga emas, balki tormozlash taʼsiriga ham ega. 
Biroq, bu vagus innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday boʼladi. 
Meʼdada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi: 
1. 
Kardial - ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq 
ajratadi. 
2. 
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar 
pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va Kastl ichki 
omilini ajratadi; qoʼshimcha hujayralar bufer xossalarga ega shilliq ishlab 
chiqaradi; differentsiatsiyalanmagan hujayralar - ulardan qolgan hujayralar 
rivojlanadi. 
3. 
Аntral bezlar hujayradan tashqari suyuqlik rN iga yaqin boʼlgan rN li 
eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi.
Meʼdaning silindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi shilliq 
pardani oʼz-oʼzini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda koʼrinishida 
bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi. 
12-barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi: gastrin 
ishlab chiqaradigan S-hujayralar, S-hujayralar - sekretin, J – hu-jayralar - 
pankreozimin. 
Bir sutka ichida meʼdada 1 l gacha meʼda shirasi hosil boʼladi. Ovqatda xlorid 
kislota, pepsinogendan hosil boʼladigan pepsin tomonidan xlorid kislota taʼsiri 
ostida ishlov beriladi. Ovqatning 12-barmoqli ichakka portsiya-portsiya boʼlib 
tushishini pilorus va meʼdaning antral boʼlimi funktsiyasi taʼminlab turadi. 


311 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish