Bahovuddin
Naqshband
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy - Bahovuddin Naqshband
hijriy 718 (milodiy 1318) -yili Buxoro shahriga yaqin Ko'shki Hinduvon (qasri
Orifon) qishlog'ida tug'iladi. Naqshband uning laqabi boiib, ota kasbi -
kimxobboflik
bilan
shug'ullanganligi
uchun
berilgan
boisa
kerak.
Muhammadning bobosi so'fiylar bilan yaqindan munosabatda bo'lganli
gi
uchun ham
, unda ta saw u f ilmiga qiziqish bolalikdan paydo bo'ladi va
shu
yolda
tarbiyat
topadi.
Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni shayx
Hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ammo
Hazrat Hoja Bahovuddin Hoja Abdulholiq G'ijduvoniyni o'ziga ustoz bilib,
uning
yo'lini
qabul
qiladi.
Bahovuddin Naqshband haqidagi «Maqomat»larda uning Sayyid Kulol
bilan bir qatorda, Orif Dekkironiy, Kusam Shayx va Xalil otadan ham
tasaw
uf
ta’limoti
bo'yicha
saboq
olganhgi
qayd
etilgan.
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy ikki m arta haj qiladi. Haj
safaridan Buxoroga qaytgach, butun umrini shu erda o'tkazadi. Amir Ku-
lolning vasiyatiga ko'ra uning xalifasi boiib qoladi. Bahovuddin Naqshband
hijriy 791 (milodiy 1389) -yili vafot etib, qasri Orifon qishlog'ida dafn etiladi.
Uning muridlaridan eng mashhurlari Hoja Alouddin Attor va Hoja
Muhammad
Porsodir.
Bahovuddin Naqshband va’z va pand-nasihatlam i o'z ichiga olgan
«Hayotnoma» nomh she’riy to'plam va tasawufga oid «Dalil al-oshiqin» nomh
kitob yozgan. Biroq mazkur asarlar bugungi kunga qadar topilgan emas.
Bahovuddin
Naqshband
naqshbandiya
tariqatining
asoschisidir.
Bahovuddin Naqshband ta’limoti uning hayotlik chogldayoq Movaroun
nahrda faqat shahar hunarmandlari orasidagina emas, balki ko'chmanchi
turkiy
qabilalar
orasida
ham
keng
tarqalgan.
Naqshbandiya
tariqati
Islom
dinidagi
sunniylik
yo'nahshi
g'oyalariga
asoslangan boiib, uning ma’naviy silsilasi bir tomondan, Abu Bakr Siddiq
hamda ikkinchi tomondan, Ah ibn Abu Tolibga borib taqaladigan 12
tariqatning biri sanaladi. Bu silsila «Silsilat az-zahab» («Oltin silsila») deb
nomlanadi. Tariqat ma’naviy jihatdan Abu Bakr, jismoniy jihatdan esa Ah
ibn Abu Tolib orqali payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salom faoliyati
negizida
shakliangan.
Naqshbandiya sulukining boshqa suluklardan farqi nimalardan iborat?
Avvalo, naqshbandiya suluki halol mehnat qilish orqali kun kechirish
g'oyasini targ'ib qiladi. Bahovuddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan
«Dil ba yoru dast ba kor» (Dil yorda, qol ish (mehnat)da) shiori fikrimizning
yorqin isbotidir. Shuning uchun ham naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar
mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tunu kun toat-ibodat bilan
shug'ullanib, оДа, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon,
mamlakatni obod etish yolida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab
hadislar mazmunida olg'a surilgan gbyalarga tola mos tushadi. Bahovuddin
Naqshbandning o'zi ham oddiy, pok inson boiib, mehnat qilish evaziga kim
kechirgan.
Naqshbandiya tariqatining boshqa suluklardan yana bir farqi shu ediki,
boshqa suluklaming tarafdorlari pir oldiga yig'ilib, «Zikri aloniya»ni amalga
oshiralar, ya’ni ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining
tarafdorlari «Zikri xufiya»ni amalga oshirganlar, ya’ni ular tomonidan
Ollohga qilinayotgan toat-ibodat ovoz chiqarmasdan bajarilar edi. «Zikri
aloniya»ning mohiyatiga ko'ra Olloh ismi yoki «Lo iloha illolloh» kalimasi
bor ovozda ohang yordamida aytilib, raqsu samo’ asosida bajarilgan. Ahmad
Yassaviy sulukida zikming mazkur shakli «Zikri arra» deb yuritilar edi.
Mazkur amalni ado etish chog'ida zikr tushayotganlaming ovozi yog'och
kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovozga o'xshar edi. «Maqomati
naqshbandiy» asarida keltirilishicha, Jalohddin Rumiy asos solgan mavlaviya
sulukidagilar
ham
ana
shu
odatga
amal
qilganlar.
«Zikri xufiya» am alini bajarish vaqtida esa m uridlar bir joyga
to'planishlari shart emas, har kim o'z uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz,
raqsu samo’siz Ollohning ismi va muqaddas so'zlarni dilda yod etib,
kunduzlari o'z ishi bilan mashg4il bolaveradi. «Zikri xufiya» amalini Hazrati
Hoja Bahovuddin Naqshband yuqorida qayd etib o'tilganidek, Abdulholiq
G'ijduvoniydan o'zlashtirgan. Mutafakkirlar - Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy
ham
shu
suluk
vakillari
bolganlar.
Uchinchi farq shundan iborat ediki, naqshbandiya sulukining vahylari
bemordan o'zlariga kasallikni tortib ohb, so'ngra kasallikni o'z vujudlaridan
chiqarib
tashlash
xislatiga
ega
bo'lganlar.
To'rtinchi farqi, naqshbandiya sulukidagi avliyolar boshqa ba’zi avliyo-
lardek, karomatfurushlikka yol qo'ymaganlar. Har bir muridning Ollohga
etishishi hamda vahdat hosil qilishi uchun ma’naviy va ruhiy poklanish
maqsadi yo'hda uning har qanday bid’atga qarshi kurashishi talab etilgan.
Avliyolik kuch-quwatini esa faqat ezgu ishlar: Д т -rna’rifatni rivojlantirish,
xalqning ma’naviy jihatdan poklanishini ta’minlash yo'hda har qanday zulm
va bid’atga qarshi kurashishga sarflaganlar. Ushbu suluk vahylari shu kabi
ezgu amallari bilan xalq orasida katta obro' qozonganlar. Buni «Maqomati
Hoja Naqshband» asarida bayon etilgan voqealar va Hazrati Hoja Bahovud
din Naqshband tomonidan ifoda etilgan hikoyatlar mazmunidan ham anglash
mumkin. Xususan, Bahovuddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini
quyidagicha yoritgan edi: «Musulmonlik, bu - Hoji boricha hukmlarga
boysunish, taqvogarioya qilish, amalnibajarishgaintilish vabekorchilikdan
uzoq bolish. Bulaming hammasi nuri safo va rahm at hamda valoyat
darajasiga etishish vositasidir. Avhyolaming aziz manzili va maqomlariga
mana shu sifat va parvarish orqali etiladi». Ushbu fikrning mantiqiy davomi
sifatida o'z tariqatining maqsadini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband
yana shunday bayon etadi: «Bizning tariqamiz jahriya zikri-yu raqs emas,
bizning tariqamiz, anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda
safar(safar dar vatan)dir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir.
Jam ’iyatda xayriyat boladi, jam’iyat esa suhbatda boladi. Agar bu yo'l
toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat boisalar, bu suhbatda
xayru baraka ko'p boladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri
haqiqiy
iymon
bilan
yakunlanadi».
Demak, Bahovuddin Naqshband inson barkamol boiishi uchun, avvalo,
iymonli
boiishi
zarur
deb
biladi.
Malumki, tariqat yoli odobdan iborat, h ar bir maqomning o'z odobi
bolganidek, naqshbandiya tariqatining ham o'z xulq-odob talablari bor.
«Kimki ana shu odobni ushlasa, uni balog'at ahlining balog'atiga etkazadi.
Adab bu - xulqni chiroyh qilish, so'zni va felni soz qihshdir. Xizmat odobi
ulug' baxtdan yaxshiroq, uning belgisi - amalning qabuh, tug'yon esa
amalningbuzuqhgidir. Adabni saqlash-muhabbat samarasi, yana muhabbat
daraxti,
yana
muhabbat
urug'i
hamdir».
Bu
hikmatlardan
ko'rinib
turibdiki,
naqshbandiya
tariqati
odob-axloq
tariqati, chunki bu tariqat aynan insonning ma’naviy-axloqiy kamolga etishi
uning xulq-odob talablari mohiyatini anglashi, ushbu qoidalarga amal
qilishiga bogliqdir. Buni biz Hazrat Bahovuddin Naqshbandning ma’naviy-
axloqiy qiyofasidan ham bilsak boladi. «Maqomati Hoja Naqshband» asarida
shunday deyiladi: «Ulaming axloqlaridan bir shingili shuki, agar ular biror
do'st yoki darveshning uyiga borib qolsalar, ulaming barcha farzandlari va
yaqinlarining hamda xizmatkorlarining ahvolini so'rar va har birining
ko'nglini bir yol bilan topar edilar. Do'st hamsoyalar va darvesh oshinolardan
hamisha rozi va xushnud bolardilar. Ulaming bu lutfi har bir kishiga to'gri
yol
uchun
dalolat
qiluvchi
edi».
Naqshbandiya tariqati asosida har bir insonning halol,
pok boiishi
, o'z
mehnati bilan hayot kechirishi kerakligi, sabr-qanoatli boiishi, kamtar,
samimiy boiishi, iymon va e’tiqodini mustahkam tutishi, dilga xudoni jo
etib, amalda xalq bilan birga bo'lish kabi olijanob xislatlarni tarkib toptirish
yotadi. Bu xislatlarni o'zlashtirib borish jarayonida inson poklana boradi va
ruhan
Ollohga
etishishga
o'zini
tayyorlaydi.
Naqshbandiya tariqati kishilami mehr-oqibat, samimiylik, halollik,
mehnatsevarlik, rostgo'ylik, sabr-qanoatga ega bo'lish sari yollar ekan, ularda
yomon illatlar: harom ishlar, ya’ni o'g'rilik, nopoklik, xasislik, yolg*onchilik,
firibgarlik, ta’magirlik, boylikka hirs qo'yish kabilami qoralaydi.
Buni biz
Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandning quyidagi fikrlaridan ham bilsak
boladi:
«Shamga o'xshagin, toki hammaga ravshanlik bag'ishla, o'zing esa qoro-
ng'ida bol, «Hoyu havas va nafs ahQari tutgan ishlar asosining barchasi
zalolat(adashuv)dan iboratdir. Ishlarda niyatni to'g'ri qilish eng muhim
narsadir», «Kishi o'zining nafsiga tuhm at qilishi kerak. Kimki Haq
subhonahu inoyati bilan o'z nafsining yomonhgini tanigan, uning hiyla-
nayrangini anglagan boisa, bunday qilish unga oson boladi». Bu yoldan
yuruvchilarda o'zgalarning gunohini ham o'zlaridan deb bihsh hollari ko'p
boladi.
Bu hikmatlarda komil insonni tarbiyalash uslublari ham bayon etilgan:
«Suhbatimizga etishadigan guruhlardan ba’zilari shundayki, ulaming
ko'ngillarida muhabbat urug'i bor, ammo xalaqit beruvchi xasu hashaklar
tufayh o'solmaydi, bizga esa uni poklash lozim. Ba’zilarida muhabbat urug'i
yo'q, bizga esa uni paydo qilish lozim»; «Murshid tohbning o'tgan, hozirgi va
kelajak kabi uch hohdan boxabar boiishi kerak, shundagina uni tarbiya
qila oladi»; «Tolib amal qilishi zarur bolgan shartlardan biri shuki, u Haq
taolo do'stlaridan biri bolgan do'st bilan hamsuhbat boiib, o'z holidan voqif
bo'lishi zarur. Suhbat zamonini o'zining o'tmish zamoni bilan solishtirib
ko'rsin, nuqsondan kamol sari ketayotganini o'zida mushohada qilsa, bu
azizning suhbatida mulozamatda bolishni o'zi uchun farzi ayn hisoblasin».
Xulosa qihb aytganda, naqshbandiya tariqati ikki muhim tariqat:
Abdulxoliq G'ijduvoniy hamda Ahmad Yassaviy yo'lini birlashtirdiva hayotga
moslashtirdi.
Naqshbandiya sululri (xudoga yaqinlashish yoli) o'n bitta axloqiy qoidani
ishlab
chiqdi
va
amahyotga
tadbiq
etdi.
So'fiyning poklanish va xudoga etishish darajasi ma’naviy murabbiy -
shayx,
murshid
yoki
pir
tomonidan
amalga
oshiriladi.
Va nihoyat, murshid bilan murid o'rtasidagi ma’naviy-ruhiy aloqaning
paydo bo'lishi muridning kamolotga etishganligini ko'rsatadi v a murshid
muridga o'z hirqasini echib beradi. Bu yol muroqaba, mushohada, musohaba
kabi uch bosqichdan iborat boladi. Naqshbandiya sulukiga kirgan inson
o'zini ham ruhan, ham jismonan chiniqtirishi, ma’naviy poklashi va qalbga
sayqal
berishi
lozim.
Naqshbandiyaning asosiy yoli Haqqa etishga intilish, xufiya zikr qihsh
boiib, ba’zi bid’atlam i rad etadi. Masalan, darbadarlik, qashshoqlik, musiqa
chahb, ashula va raqs tushib, zikr tushish (samo’) va ovoz chiqarib (jahr)
zikr qihsh va boshqalar. Aziz-avhyolar, ulaming mozorlariga sig'inish man
etilib, har qanday madadni faqat Ollohdan so'rash kerakhgi ta’kidlanadi.
Ruhan poklanib, manmanlik, kibru havodan voz kechib, oddiy o‘z mehnati
bilan
kun
kechirishga
da’vat
etadi.
Demak, naqshbandiya tariqatining asosini insonning ham ruhan, ham
jismonan poklanishi tashkil etib, bu jarayon hozirgi davrda ham o‘z
ahamiyatini yoqotmagan. Bugungi kunda yosh avlodni etuk inson etib
tarbiyalashda naqshbandiya tariqatining axloqiy sistemasi, yol v a usullari
q o l keladi. Zero, aqliy, axloqiy, jism oniy kam ol topgan shaxsni
shakllantirishda mazkur tariqat g'oyalari muhim omil boiib xizmat qiladi.
Haqiqiy so'fiylik tarkidunyochilik g*oyasini ilgari surmaydi, u insonni
ma’naviy poklanishga yo'llaydi. Lekin ba’zi johil va nodon kishilar (hatto
din peshvolari ham) insonning ruhan xudo bilan birlashishi, «Anal haq»lik,
ya’ni «Men xudoman» degan ifodaning mohiyatini tushunmasd^n, ulam i
ta’qib etdilar. Aslini olganda, so'fiylik, bu - m uruw at, saxovat, mehnat,
qanoat
va
diyonatdir.
Ular
inson
xulqida
mavjud
bolgan
illatl'-
kurashuvchilardir. So'fiylar hayotni qabohat va razolatdan tozalash yo'lida
h ar bir insonning ma’naviy jihatdan pok bolishini ta ’minlash uchun
kurashganlar.
Xulosa qihb aytganda, Islom er yuzida keng tarqalgan dinlardan boiib, u
musulmon madaniyatining tarkib topishida muhim o'rin tutdi. Islom
ta ’hmotining muqaddas kitobi - «Qur’on»da ilgari surilgan xulq-odob,
tu rm u sh tarziga oid qarashlar musulm onlar axloqiy tarbiyasining
shakllanishiga asos boiib xizmat qildi. Barcha musulmon mamlakatlarida
«Qur’on»ning sharhlovchilari tomonidan shariat qonun-qoidalari, axloqiy
talablarini targ'ib etilishi keyinchalik musulmon adabiyotida axloqiy-didaktik
mazmundagi
asarlaming
paydo
bolishiga
turtki
boldi.
Islom barcha musulmon mamlakatlarida bolgani kabi, Xuroson va
Movarounnahrda ham asosiy din hisoblanadi. Shuning uchun xalq hayoti
da Islom ta’hmotida ifodalangan xulq-odob qoidalari mohiyatini chuqur
o'rganish asosida yosh avlodda ma’naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |