Amalgamalar. Turlari, xususiyatlari



Download 47,65 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi47,65 Kb.
#423784
Bog'liq
Mustaqil ish6


Amalgamalar. Turlari, xususiyatlari.
Tibbiyotni bir necha yillar asrlarga teng tarixiga qaramay, stomatologiya tibbiyotni eng yosh sohalaridan biri hisoblanadi. Stomatologiya o‘z tarixiy yo‘lini bosib o‘tishida, rivojlanishida yuz-jag‘ jarrohlari va tish shifokorlari katta rol o‘ynaganlar. Ma’lumki, eramizdan 2500 yil avval Qadimgi Misrda tish davolashni amalga oshirganlar. Tish shifokorlarni ishlari, rivojlangan sharq mamlakatlarida keng tarqalgan.
Xitoyda, Hindistonda va Vavilonda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun, har xil vositalardan foydalanganlar. Gippokrat tish og‘rig‘ini qoldirish uchun qon chiqarish, kuchsiz ko‘ngil aynituvchi dori vositalar va maxalliy qalampir va kvarsdan (achchiq tosh) foydalangan. Ulug‘ daholar Abu Ali Ibn Sino (980—1037), Abdul Qozim (936—1013) tish va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash, tishlarni olib tashlash uchun maxsus asboblar, omburlar ishlab chiqargan va bu ishlarni bajarish tabiblar, sartaroshlar zimmasida bo‘lgan. XVIII asrda Fransiyada tish shifokorligi ajralib chiqib, xirurg-dantist mutaxassisligi berilib, unga alohida imtihon joriy etilgan. Bunda Pyer Fosharni xizmatlari bo‘lib, u ilmiy tish shifokorligini asoschilardan biri hisoblangan. U klassik "Xirurg-dantist yoki tishlarni davolash" nomli asar yozgan.
Pyer Fosharni bu kitobi XVIII asrda asosiy manba hisoblangan. Foshar tishlarni davolash uchun asbob-uskunalarni takomillashtirgan va yaratgan. U tishlarni charxlash uchun bormashinaga o‘xshash borni aylantiruvchi asbobdan foydalangan. Tishlarni plombalash uchun har xil egilgan shtoferlardan foydalangan. Plombalovchi ashyo sifatida qo‘rg‘oshin, qalay va oltindan foydalangan. Davolangan tishlar 20—30 yil xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
1770- yilda hozirgilarga yaqin plomba ashyolari paydo bo‘la boshlagan. XIX asrda fransuz shifokorlari Arnazzan (1808) va Delabarr (1815) lar kariyes bo‘shliqlarini davolash va plombalash usullarini taklif qilganlar. Delabarr emal pichoqlari bilan bo‘shliqlariga ishlov bergan va pulpitlarni davolashda pulpani kuydirib, ustidan oltin fal’ga bilan yopgan. Kuydirishda qizigan simni pulpaga tiqib maqsadga erishgan. Shu paytda, boshqa fransuz shifokori Darsse tarkibi 8 qism vismut, 5 qism qo‘rg‘oshn va 3 qism sink (rux) va yengil eruvchi metaldan bo‘lgan plomba ashyosini yaratgan. Bu keng qo‘llanilgan. Renar esa bunga bir qism simob qo‘shib amalgamani yaratilishiga sababchi bo‘lgan.
1819- yilda Bell birinchi bo‘lib amalgamani kumush qipiqlarni, kukunlari bilan simobni qo‘shib tayyorlashni taklif etgan. 1859- yilda nems tish shifokori Lippold misli amalgamani taklif etgan. Amalgamalar hozirda ham takomillashib, terapevtik stomatologiya amalyotida ma’lum sharoitlarda qo‘llanilmoqda. 1836- yilda amerikalik tish shifokor Vud Spuner pulpani devitalizatsiyalash-jonsizlantirish, o‘ldirish uchun margumush (mishyak) kislotasini qo‘llangan. 1866- yilda Djoni Toms qo‘l bormashinasidan foydalangan. 1868- yilda amerikalik shifokor Morrison oyoqli bormashinani yaratgan va uni butun dunyoga tarqatdi. Bormashina bilan kariyes bo‘shliqlarini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish, ildiz kanallarini kengaytirish, tishlarning o‘tkir qirralarni silliqlashda foydalanildi.
Taniqli gistolog olimlardan Retsius, Kellikur, Ouen, Nasmit, Vedlya va boshqalar tish to‘qimalarini anatomiya, gistalogiya, mikroskopik tuzilishini o‘rgandilar. Toms kariyesni patologik-anatomik manzarasini o‘rgandi. U pulpa yalig‘lanishini o‘tkir va surunkali turlarga bo‘ldi va alveolada o‘zgarish bo‘lsagina tishni olish mumkin deb hisobladi. Ingliz olimlari Robinzon va Tomslar katta ishlarni amalga oshirdilar. Toms 1848—1855- yillarda pulpa va periodont tuzilishini yoritib berdi.
XIX asr oxirida A.Vitsel (1878) pulpitlarni amputasion usul bilan davolashni taklif etdi. Miller 1885- yilda kariyes kasalligini parozitar kelib chiqish nazariyasini yaratdi. Shunday qilib, XVII asr oxirlarida XVIII asr boshlarida tibbiyot mutaxassislari orasida tish shifokorligi rivojlandi. Asosiy beriladigan yordam og‘rigan tishni sug‘irish, olib tashlash bilan chegaralangan edi holos. Shifokori P.Foshar sun’iy tilla karonkani yaratish, kumushli amalgama bilan tishlarni plombalash kabi ishlarga asos soldi.
1810- yillarda Rossiyada tish shifokorligi rivojlana boshlangan. 1923- yildan boshlab, institut direktori Aleksandr Ivanovich Evdokimov bo‘lgan.
1935- yilda "Moskva o‘quv stomatologiya instituti" ga aylantirilgan, ya’ni xuddi shu yildan boshlab "stomatologiya", "odontologiya" iboralari o‘rniga "stomatologiya" so‘zi bilan aytila boshlangan va tugatganlarni "shifokor-stomatolog" deb atay boshlashgan.
Ushbu institutda 1937- yilda xirurgik (mudir A.I.Evdokinov), 1938- yilda terapevtik (mudir dos. Ya.S.Pekker), ortopedik (mudir M.S. Nemonov) stomatologiya kafedralar tashkil topgan.
1949- yil 20- sentabrda Moskva stomatologiya instituti (MSI) "Moskva tibbiyot stomatologiya instituti" (MMSI) ga aylantirilgan va uning tarkibida davolash va boshqa fakultetlar ham ochilgan. Shu yildan boshlab, o‘qish muddati 5 yil deb belgilangan, institutga yana A.I. Evdokimov rahbarlik qila boshlagan.
1954- yilda, o‘sha paytdagi ToshMIda xirurg-stomatolog, dotsent, Mixail Vladimirovich Paradoksovning stomatologiya fakultetini ochilishiga xizmat qo‘shdi.
Toshkent tibbiyot institutida terapevtik stomatologiya kafedrasi birinchi bor 1956- yilda ochildi. Birinchi kafedra mudiri bo‘lib, dotsent A.T. Busigin (1956—1957) ishlagan. Keyinroq kafedrani M.V. Busigina (1956—1959, 1965—1966) boshqargan. 1966—1967 va 1990—1991- yillarda kafedra mudiri bo‘lib professor V.A. Yepishev ishlagan. 1992- yildan boshlab terapevtik stomatologiya kafedrasini tibbiyot fanlari doktori, professor Safarov Toshpo‘lat hamdamovich boshqargan.
1965—1967- yillar mobaynida birinchi bo‘lib assistentlar Yu.H. Yunusov, T.X. Safarov, V.S. Kargin, I.G. Giyasovlar kandidatlik dissertatsiyalarni yoqladilar.
Terapevtik stomatologiya kafedrasida ko‘p yillar assistent lavozimida L.N. Popova, G.F. Chernankov, L.S. Alpayeva, S.P. Yurkova, A.T. Turabov, T.M. Shualova, I.G. Grigoryan, F.I. Xersonskaya, I.F. Yunusova, L.L. Volk, S.N. Allaxverdova, S.I. Bektashev, T.N. Petergburg va boshqalar ishlab kelganlar.
1974- yilda terapevtik stomatologiya kafedrasi ikkita kafedraga bo‘lindi: propedevtika kafedrasiga mudir professor V.A.Epishev va gospital terapevtik stomatologiya kafedrasi mudir dotsent T.X.Safarovlar tayinlandilar.
Stomatologiyaning eng asosiy qismi bo‘lib terapevtik stomatologiya hisoblanadi. Chunki tish va ayniqsa paradont kasaliklari tish-jag‘ tizimini buzilishiga va boshqa kasaliklarini keltirib chiqshiga sababchi bo‘ladi. Tish qatori buzilganda ovqat yaxshi chaynalmaydi va maydalanmaydi, demak oshqozon-ichaklarda yaxshi hazm bo‘lmaydi, ayni shu a’zolarni xastaliklarga olib kelishi mumkin va aksincha, ichki a’zolar yoki tishlar kasalliklari og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarish va kasalliklarga olib kelishi mumkin.
S
tomatolog kabinet keng, yorug‘ xonada joylashgan bo‘lishi kerak. Bitta shifokorning ish joyi kamida 14 m2 (o‘rtacha 4,3½3,3 m) bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha har bir kreslo uchun 7 m2 , stomatologik moslama uchun 10 m2 kabinet kengaytiriladi. Xonaning balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Stomatologik kreslolarni bir qator, derazaga yaqinroq joylashtirish kerak. Ish joyi toza havo, tabiiy yorug‘lik ko‘proq joyda bo‘lishi kerak. Xona polini lenolium bilan berkitilishi, deyarli och havo rang, yashil yoki sarg‘ish yog‘li bo‘yoq bilan sirlanishi va bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Stomatologik kabinet issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi, ikkita qo‘l yuvgich bo‘lishi kerak. Birida qo‘l yuvilsa, ikkinchisida asbobanjomlarni yuvish mumkin. Albatta kanalizatsiya va markaziy isitgich tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak. Xonadagi har bir uskuna xavfsizlik nuqtayi nazaridan tashqi konturli elektr tokini yerga uzatgichga ulanishi kerak. Xona xarorati amalgama bilan ishlanadigan bo‘lsa 18°C dan oshmasligi kerak, boshqa xonalarda 20°C bo‘lishi kerak; havo namligi 50—60 foyizi, havo ko‘chishi 0,15 m/s bo‘lib derazada darchasi bo‘lishi kerak.
Stomatolog ish jarayonida ko‘rish qiyin bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘idagi karioz kovaklarni, ildiz kanallarini kichik asboblar yordamida davolaydi. Ko‘zni toliqtirmaslik uchun ish joyi bir xilda yoritiladigan bo‘lishi kerak. Yorug‘ narsadan xira narsaga qarash ko‘zni charchatadi. Yaltiroq va ko‘zni qamashtiruvchi narsalar ham ishlayotganda ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir xona tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanishi kerak. Oynaning kengligi polning kengligiga bo‘lgan nisbati 1:4—1:5 atrofida bo‘lishi kerak. Oyna shimol tarafga qaratib qurilsa xonaga quyosh nuri tushib, uni isib ketishidan saqlaydi va yorug‘likni bir tekisligiga erishiladi. Janubiy regionlarda 45—55°C shimoliy kenglikdagi yerlarda stomatologik xonani shimol, shimoliy-g‘arb, shimoliy-sharqqa qaratib qurish tavsiya etiladi.
Tabiiy yorug‘likdan tashqari sun’iy yoritish manbalari bilan ham xona yoritiladi. Ish yuzasida yorug‘lik 150 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Asosan lyuminessent va gallogen yorug‘lik manbalaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda ish joyini maxalliy yoritish talab etiladi. Buning uchun maxsus reflektordan, yoki elektr yoritgichi bor stomatologik oynadan foydalanish mumkin. Ish tartibiga rioya qilish kerak, ko‘proq o‘tirib ishlagan ma’qul. Oyoq kiyimi ham qulay bo‘lishi kerak. Poshnasi keng (kamida 2—3 sm) va yengil bo‘lishi kerak.
Ayniqsa simobli amalgamalar ishlatiladigan stomatologik xonalar sanitariya-gigiyena qoidalariga javob berishi kerak. Lenolium chekkasi poldan 5-10 sm chetga chiqishi kerak, yorug‘, ochiq joylari bo‘lmasligi kerak. Xona devori 5% li oltingugurt aralashmali simob parni yutmaydigan moddadan suvlanishi kerak. Albatta so‘rib-tortib oluvchi shkaf bo‘lishi kerak. Simobli amalgamalarni shu so‘ruvchi shkafda amalgama aralashtirgich yordamida tayyorlab, shu shkafda ehtiyotlik bilan, og‘zi berk idishda saqlash kerak. Simob bilan zaxarlanish holati bo‘lmasligi lozim. Shu so‘rib oluvchi shkafda stomatologik asboblarni sterilizatsiya qilish tavsiya etiladi. Stomatologik xonada toza, yaxshi musaffo havo bo‘lishiga erishmoq kerak.
Download 47,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish