80
6-MAVZU.
YERNING ICHKI KUCHI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN
JARAYONLAR (magmatizm, vulqonizm,tektonik harakatlar, zilzila
va metamorfizm).
ENDOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR NATIJASIDA
HOSILBO‘LGAN FOYDALI QAZILMA KONLARI
Yerning ichki qismida bo‘ladigan geologik jarayonlar endogen
jarayonlari deb ataladi, Yerning tashqi kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan
jarayonlar esa ekzogen geologik jarayonlar deb ataladi. Endogen geologik
jarayonlar magmatizm, metamorfizm va Yer po‘stining
deformatsiyasi
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular ta’sirida Yerdagi materiya qayta
taqsimlanadi, foydali qazilma konlari vujudga keladi, zilzilalar va vulqon
harakatlari ro‘y beradi. Endogen jarayonlar natijasida tog‘lar va vodiylar
yuzaga keladi, bu esa Yer po‘sti kimyoviy tarkibini va Yerning shaklining
o‘zgarishiga olib keladi.
Magmatizm va vulqonizm
Yerning ostidan chiqayotgan qaynoq silikatli gazlarga boy eritma
magma deb ataladi. Hozirgi tasavvurlarga ko‘ra Yer umuman qattiq jism.
50 km chuqurlikda harorat 15000C atrofida bo‘ladi. Yerning ustida
bunday haroratda har qanday jism suyuq holatda bo‘lar edi, lekin bu
chuqirlikdagi Yuqori bosim jinslarni qattiq holatda ushlab turadi. Shuning
uchun
Yerning
ichida
termodinamik
muvozanat
mavjud.
Bu
muvozanatning buzilishi magma hosil
bo‘lishiga olib keladi.
Litosferaning quyi chegarasi to‘g‘risida
biz aniq tasavvurga ega
emasligimiz Yuqorida ko‘rsatilgan edi. Yer yuzasiga oqib chiqadigan lava
planetamiz ichki qismida tosh massalarining erigan holatda bo‘lishini
ta’minlaydigan harorat hukm surayotganligini ko‘rsatadi. Biroq, vulqon
hodisalari nomi bilan yuritiladigan bu hodisalar Yer yuzasining faqat
ma’lum bir joylardagina kuzatiladi. Bu esa vulqonlar ayrim-ayrim
manbalardan ta’minlanadi deb uylashga va Yer bag‘rida yaxlit erigan
olovday qizigan suyuq qobiq-pirosferaning
borligini rad qilishga olib
keladi.
Magmaning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon va hodisalar
magmatizm deb ataladi. Magmaning litosfera qatlamlariga o‘tish (kirish,
intruziya) hollarini Plutonizm (qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko‘ra
81
Pluton Yer ostidagi dunyo xudosi), magmaning erigan massalarining Yer
yuzasiga
oqib
chiqishi
hollarini
esa
vulqonizm
(Vulqon-rim
mifologiyasida o‘t xudosi) deb ataladi. Otilib chiqqan va o‘zidagi bir
necha komponentlarni, asosan gazlarni yo‘qotgan magma lava deb
ataladi.
27-rasm . Vulqonning qismi
Vulqon hodisalari tabiat kuchlarining eng zo‘ri va dahshatli
ko‘rinishlaridan biridir. (27-rasm) Aholi yashaydigan
erlarda joylashgan
ko‘pgina vulqonlar atrofidagi aholiga katta ofatlar keltirgan. Shuning
uchun vulqonlar qadimdan beri diqqatni jalb qilgan va hatto uzoq
o‘tmishdagi vulqonlarning faoliyati to‘g‘risida ham juda ko‘p ma’-
lumotlar to‘plangan.
Bunga Apenin yarim orolidagi Neapol qo‘ltig‘i qirg‘og‘ida joy-
lashgan va vulqonlardan eng mashhuri bo‘lgan Vezuviy misol bo‘lishi
mumkin. Solnomachilarning ko‘rsatishicha, bu vulqonning ancha tekis
bo‘lgan kraterida harbiy komandalar mashg‘ulot o‘tkazib turgan, yon
bag‘irlari esa o‘rmonlar bilan qoplangan. Eramizning 73--yilida vulqon
to‘satdan
harakatga kelgan, ko‘p miqdorda lava oqimlari Yer yuzasiga
oqib chiqqan va havoga kul massasi otilib chiqqan.
Bu kulning bir qismi quruq, bir qismi esa kul atrofga yoqqan,
chunki bu vulqon otilgan vaqtda kuchli yomg‘ir (sel) yoqqan. Natijada bir
necha ming kishi halok bo‘lgan: Vulqonga Yaqin bo‘lgan Gerkulanum va
Pompeya shaharlari lava natijasida buzilgan,
bir qismi esa kul ostida
ko‘milgan. Vulqon ba’zan 100 -yildan ortiq vaqt davomida jim tursa ham
o‘sha davrdan boshlab to hozirgi kunga qadar uning faoliyati to‘xtagani
yo‘q, so‘nggi 100 -150 -yil davomida vulqon faoliyati ayniqsa kuchli
82
bo‘lgan. So‘nggi kuchli otilish 1944-yilda, Amerika qo‘shinlari Neapol’
qo‘ltig‘i qirg‘oqlariga kelgan vaqtda yuz bergan edi. Martinka orolidagi
Pele (Takir) tog‘i ham bunga misol bo‘la oladi. Bu tog‘ham burundan
o‘chgan vulqon hisoblanar edi, lekin 1902 -yilda
u qaytadan faoliyatini
ko‘rsatadi, natijada Sen-Pyer shahri vayron bo‘ldi va uning butun aholisi
(29000 kishi) bir necha minut davomida halok bo‘lgan.
So‘nggi vaqtdagi vulqonlar qatoriga, masalan, Meksikada 1943 -
yilda vujudga kelib deyarli 5 -yil harakatda bo‘lgan va hozir esa vaqtincha
yoki butunlay faoliyati keskin kuchsizlangan Perikutin vulqon kiradi.
Odatdagi vulqonlar balandligi bir necha metrdan bir necha ki-
lometrgacha
bo‘lgan
konussimon
tog‘lardan
iboratdir.
Vulqon
cho‘qqisida otilish yuz beradigan chuqurlik - krater de-yiladi. Eng yirik
vulqonlardan biri bo‘lgan (balandligi 4810 m) Klyuchi sopkasi (Kam-
chatka); Vezuviy (Italiya), Fudziyama (Yaponiya) va boshqalar ana shun-
day to‘g‘ri konuslardan iborat.
Boshqa hollarda esa vulqonlar kesik konuslardan iborat. Ba’zan
vulqonlarning tuzilishi juda assimetrik bo‘ladi. Ba’zan, diametri bir necha
o‘n kilometrga
boradigan katta krater
Do'stlaringiz bilan baham: