Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


-MAVZU. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

1-MAVZU. MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI 
 
Reja: 
1. Moliyaning mohiyati va zarurati. 
2. Moliyaning funksiyalari. 
3. Moliyaviy bozorlar va institutlar. 
 
Kalit so‘zlar:
YaIM

qiymat, tovar, pul, foyda, moliya, narx,
 
moliya tizimi, moliya mexanizmi, nazorat funksiyasi, taqsimot 
funksiyasi

Mashg‘ulotning maqsadi:
Moliyaning mohiyati va zaruratini 
tushuntirib berish, moliyaning funksiyalarini yoritish va moliya 
tizimini ko‘rib chiqish.
 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar
O‘qitish usullari: 
talabalarni ma’ruza materiallari bilan ta-
nishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. 
O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy 
hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha 
yoritish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:
asosiy adabiyotlar: 
qo‘shimcha adabiyotlar 7-8. 
1. Moliyaning mohiyati va zarurati 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida iqtiso-
diy munosabatlar vujudga keladi. 
Moliya (arabcha-mulk, mablag‘) barqaror tovar-pul muomalasi 
sharoitlarida davlatning rivojlanishi va uning resurslariga bo‘lgan 
ehtiyojlarining ortishi natijasida paydo bo‘ldi. Moliya terminining 
kelib chiqishi yuzasidan iqtisodchi-olimlarning turli fikrlari mavjud. 
Ba’zi bir mualliflar fikricha, mazkur termin dastlab XIII-XV asrlarda 
Italiyaning savdo shaharlarida yuzaga kelgan, keyinchalik xalqaro 
miqyosda tarqalgan va aholi bilan davlat o‘rtasida pul munosabatlari 



tizimi bilan bog‘liq tushuncha sifatida qo‘llanila boshlangan. Boshqa 
mualliflarning ta’kidlashlaricha, mazkur tushuncha muomalaga 
fransuz olimi J.Boden tomonidan uning 1755-yildagi “Respublika 
haqida olti kitob” nomli asarida ilk bor kiritilgan.
Iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatining moddiy ne’mat-
larni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimot jarayoni bosqich-
larida vujudga keladi. Iqtisodiy munosabatlar juda xilma-xildir. Ular 
nafaqat takror ishlab chiqarish bosqichida, balki xo‘jalik yuritishning 
barcha sohalarida ro‘y beradi. Iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy 
amal qilishi bilan bog‘liq jihatini iqtisodiy kategoriyalar tashkil 
qiladi. Turli xil adabiyotlarda moliya terminiga turlicha ta’rif 
berilgan.
Moliya – davlatning o‘z funksiya va vazifalarini bajarishi 
hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlash 
maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarining 
shakllantirilishi, taqsimlanilishi va foydalanilishi bilan bog‘liq 
iqtisodiy munosabatlar majmuidir. 
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy iqtisodiy kategoriyalarga 
qiymat, tovar, pul, foyda, moliya va narxni kiritishimiz mumkin. 
Moliya
 
(lot. – pul to‘lovlari) – YaIM (yalpi ichki mahsulot) va 
MD (milliy daromad)ni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida 
pul mablag‘larini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy 
munosabatlar tizimidir.
Munosabatlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, moliya 
iqtisodiy kategoriya sifatida har doim pul shaklida namoyon bo‘ladi. 
Moliyaning ta’rifidan kelib chiqadiki: 

munosabatlarning pul xarakteriga ega ekanligi; 

munosabatlarning taqsimot xususiyatiga ega ekanligi; 

moliyaviy 
munosabatlarni 
shakllantirishda 
moliyaviy 
resurslar asosiy manba bo‘lib hisoblanishi. 
Moliya kategoriyasi quyidagi iqtisodiy kategoriyalar bilan ham 
bog‘liq: 

narx; 

ish haqi; 

kredit. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish