Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/292
Sana16.06.2022
Hajmi6,86 Mb.
#676149
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   292
Bog'liq
1-392

Zirk o’stirish agrotexnikasi.
O’zbekiston florasida Markaziy Osiyoda tarqalgan 8 ta zirk 
turining 3 tasi uchraydi: qoraqand zirk (Berberis oblonga), qizil zirk (Berberis integerimma), 
tangasimon zirk (Berberis nummularia). Qoraqand zirk urug’lari uzoq davom etuvchi tinim 
davriga egadirlar va bu hol ularning urug’ ko’chatlarini yetishtirishda muayyan qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi. Urug’larni tinim davridan chiqishiga ko’maklashuvchi asosiy omil – urug’lar 
ekilgan tuproqdagi past xarorat (minusli) bo’lib, qahraton qish mavsumidan so’ng, bahorda 
nihollarning qiyg’os chiqishi kuzatiladi. Zirk mevalar sentabr oyining 2-3 dekadalarida to’liq 
pishib yetiladi. Zirk urug’larini to`liq fiziologik yetilishi ular mevalarini to’liq pishib yetilgan 
davriga to’g’ri keladi. Urug’lar to’liq yetilganligining tashqi belgilari – mevalarni to’q qizil, 
ko’kish - qora rangga kirishidir. Qizil zirk mevalari to’q qizil rangga kirsa, tangasimon zirk 
mevalari yorqin pushti qizil rangga, qoraqand zirk mevalari to’q binafsha – zangori ranga kiradi.
Sentabrning boshlarida terilgan va 68 kun saqlangan urug’larni tuproqda unish darajasi 
8,5% ni tashkil etadi va 1 gektardan 500 ming dona ko’chat chiqishini ta’minlaydi. Sentabr 
oxirlarida terilgan va 47 kun mobaynida saqlangan urug’larning tuproqda unish darajasi 7,4% ni 
va 433,3 ming donaga urug’ ko’chatlar chiqishini ta’minlaydi. Sentabr boshlarida tayyorlangan 
va 68 kun saqlangan qizil zirk urug’lari 11,5% unish ko’rsatkichiga ega bo’ladi va 700 ming 
donaga ko’chat chiqishini ta’minlaydi. Sentabr oxirlarida, ya’ni mevalar to’liq pishib yetilgan 
davrda tayyorlangan urug’lar 17,8% tuproq unish darajasiga ega va ular 1100 ming donaga 
ko’chat chiqishini ta’minlaydi. Sentabr boshlarida terilgan va 68 kun saqlangan, noyabrning 


132 
oxirida ekilgan tangasimon zirkning urug’lari 10,2 % unish darajasiga ega bo’ladi va 1083 ming 
donaga ko’chat chiqishini ta’minlaydi. Zirk urug’ ko’chatlarini birinchi yili sekin o’sishini asosiy 
sabablaridan biri – ularning birinchi vegetatsiya davomida ildiz tizimini shakllantirishlaridir.
Ikkinchi vegetatsiya davrida urug’ ko’chatlarining yer ustki qismini o’sishi tezlashadi. 
Sentabrning oxirida terilgan va 47 kun saqlab ekilgan urug’lar 14% unish darajasiga ega bo’ladi 
va 1533 ming donaga ko’chat chiqishini ta’minlaydi. Zirk urug’larining fiziologik tinch davri 
evolyusiya natijasi bo’lib, turlarni saqlashga qaratilgan. Baxorda qulay sharoitlar yuzaga kelsada 
bir qism urug’lar ikkinchi bahorda unib chiqadi. Bu holat tabiatda tuproqda doimo urug’ zaxirasi 
mavjudligini ta’minlaydi. Zirk urug’larini unish davri 31-34 kunni tashkil etadi, bu kabi ularning 
unish davrining cho’zilganligi keyinchalik ko’chatlarning yaxshi o’sish ko’rsatkichlariga ham 
ta’sir ko’rsatadi. Zirk mevasi 2 qismdan iborat: yupqa tashqi po’stloq va ichki meva shirasidan 
iborat. Rezavor mevalar to’plam (shingil) holida yetiladi. To’plamda 8-28 dona rezavor meva 
yetiladi. 1000 ta qoraqand zirk urug’larining og’irligini o’zgarish diapazoni unchalik katta emas 
13 – 16 g atrofida 1000 ta urug’ og’irligi urug’ sifatiga, urug, terilgan vaqtga va ona butaning 
irsiy xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, zirk urug’laridan birinchi bahorning o’zidayoq 
qiyg’os nihollar olish uchun ularni dengiz sathidan kamida 1000 m balandlikda bo’lgan tog’ 
ko’chatzorlarida ekish tavsiya etiladi. Urug’lar sentabrning ohirida terilgan zahoti tuproqqa 2-3 
sm chuqurlikka ekiladi, tuproq namligini saqlash maqsadida urug’ ekilgan qatorlar yog’och 
qirindisi bilan qoplanadi. Bu agrotexnik tadbir tuproqning qatqaloq bo’lishiga yo’l qo’ymaydi va 
tuproq namligini uzoq vaqt bir xil maromda ushlab turadi. Egatlarni bu kabi qoplash urug’larni 
birinchi bahorni o’zidayoq qiyg’os unib chiqishini ta’minlaydi. Bu usul urug’ sepish ko’chatlarni 
parvarishlash davrida ularga mexanizatsiya vositalari oqali ishlov berish imkonini yaratadi va 1 
gektar ko’chatning foydali maydonining 1,7 ming metr kvadrat bo’lishini ta’minlaydi. Urug’lar 
unib chiqish va nihollar paydo bo’lish davrida tabiiy yog’ingarchilik kam yillar, ko’chatzor 
egatlar bo’ylab 1-2 marta sug’oriladi. Urug’ ko’chatlar 2-3 yil davomida yetishtiriladi va standart 
ko’chatlar holatiga yetkaziladi. Zirk ko’chatlari 5-6 yilda hosilga kiradi.
Yuqorida keltirilgan kasalliklarni davolashda zirk va shunga o’xshash dorivor 
o’simliklarni o’stirish va parvarishlashni omalashtirish, ularni muhofaza qilish orqali 
respublikamiz iqtisodiyotiga katta foyda keltirish bilan birga tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish samaradorligini yanada oshirishga imkon beradi. 

Download 6,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish