130
rang-barang o`simliklarni uzib ularning tojibarglaridan upa – ilik, bo`yoq olishda foydalanishi,
ularning yosh nihollarining nobud qilinishi bu kabi turlarning kamayib ketishiga sabab
bo`lmoqda. Insonlar foydali xususiyatga ega bo`lgan shu bilan bir qatorda soni ancha kam,
ko`payish jadallligi ham past bo`lgan o`simliklardan me`yor qoidasiga amal qilmay
foydalanishadi. Buning ta`sirida turlar soni tashvishlanarli darajada kam bo`lmagan o`simliklar
ham kamayib bormoqda. Masalan Farg`ona shaharining ko`chalarida o`sgan Farg`ona lolalari
chorva mollarining boqilishi oqibatida hozirgi kunda faqatgina O`zbekistondagi Botanika
bog`ida saqlanib qolgan va ko`paytirilmoqda.
Tabiatda shunday o`simliklar ham borki, ular maxsus sharoitlarda o`sishga moslashgan.
Ya`ni toshli, shag`alli, ohaktosh va gipsga boy bo`lgan tuproqlarda o`suvchi o`simliklar
faqatgina shu muhitda yashab, ko`payib o`z arealini kengaytiradi. Ammo keyingi yillarda
insonlar ular o`sib turgan bu maydonlardan shag`al, ohaktosh kabi qurilish materiallari
olishmoqda. Boshqacha tuproq muhitida bu o`simliklarning o`smasligi va ko`paymasligi sababli
ularning populyatsiyasidagi turlar soni kamayib ketmoqda. [3, 123 b].
Insonlar o`z hayotlarini yaxshilash maqsadida o`zlari uchun qulay sharoitni, muhitni
yaratgan bo`lsalarda, ularning faoliyati natijasida tabiat salbiy ta`sirlar ostida qoldi.
Zavod va fabrikalarning qurilishi va ulardan chiqayotgan zaharli chiqindi gazlar
atmosferani ifloslash bilan bir qatorda o`simliklar o`sib turgan tabiiy maydonlarga ham zarar
keltirmoqda. Havoda vodorod sulfid-H
2
S ning ortishi kislotali yomg`irlarning ko`payishiga
sabab bo`ladi. Zaharli chiqindi gazlar pishib yetilayotgan mevalarning shifobaxshlilik
xususiyatini kamaytirib, foydali xususiyatlarini yo`q qilmoqda. Atmosferaga ajralib chiqayotgan
NO va Freon kabi gazlar ta`sirida ozon qatlamining yemilish holati keyingi yillarda avj oldi.
Quyoshning kuchli ta`sir qiluvchi ultrabinafsh nurlarini to`sib turuvchi bu qatlamning yemirilishi
natijasida nurlarning bevosita o`simliklarga to`g`ridan - to`g`ri tushishi oqibatida ularning
yashash uchun kurashda kamayishiga sabab bo`lmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish-tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish demakdir. Bu esa
tabiatning xilma-xilligini, o`z holatida saqlashga, aholining turmush sharoitini yaxshilashga olib
keladi. Hozirda saqlanib qolgan noyob turdagi o`simliklarni qattiq nazorat ostiga olib, ularni
muhofaza qilishimiz zarur.
Umuman, tabiatda tarqalgan barcha turdagi o`simliklarni asrash uchun doimo sergak
bo`lish kerak. Ulardan foydalanayotganda ham me`yorga amal qilib, populyatsiya soniga ta`sir
qilmaydigan miqdorda ishlatishimiz zarur. Kamayib ketayotgan o`simlik turlarini aniqlab,
ularning o`sayotgan hududlarini topib, muhofaza qilish kerak. Aholiga yo`qolib borayotgan
o`simlik turlarini tanishtirib, ulardan foydalanishda ehtiyot bo`lishlarini aytish shart. Bundan
tashqari dorivor, qimmatbaho o`simliklar o`sib turgan hududlarda chorva mollarining boqilishiga
chek qo`yish lozim. Insonlar o`simliklar o`sib turgan tabiiy maydonlardan kamroq
foydalanishlari kerak chunki bir qancha noyob turdagi o`simliklar o`z tabiiy muhitlaridan boshqa
joyda o`smaydi. Zavod va fabrikalarni o`simlik va hayvonot dunyosiga ta`sir ko`rsatmaydigan
hududlarda qurish, iloji boricha chiqindisiz texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Ana
shundagina tabiatning hozirgi ko`rinishini shu holatida saqlab qolib, kelajak avlodga yetkazib
berishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: