Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 6,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/292
Sana16.06.2022
Hajmi6,86 Mb.
#676149
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   292
Bog'liq
1-392

Адабиётлар: 
1.
Гаевская Л.С. каракулеводческие пастбища Средней Азии / Л.С. Гаевская. – ташкент: 
Фан, 1971. – 332 с. 
2.
Гаевская Л.С. пастбища пустынь и полупустынь Узбекистана и пути их
райионального использования / Л.С. Гаевская , Н.С. Сальманов. – Ташкент: Фан,
1975. – 286 с. 
 
 
AHOLI SALOMATLIGIGA GEOGRAFIK OMILLARNING TA’SIRI 
Negmatov Samariddin Qarshiboyevich 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
e-mail: s.negmatov @umail.uz
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada tabiiy geografik jarayonlar natijasida inson salomatligida 
yuz beradigan salbiy o`zgarishlar, ularning oqibatlari va tarqalishi mumkin bo`lgan 
nozogeografik hududlar haqida qisqacha ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so`zlar: iqlim sharoiti, inson salomatligi, astma, yod yetishmasligi, zamonaviy 
kasalliklar, allergiya, havo bosimi, gipertoniya, yuqumli kasalliklar, ekologik vaziyat. 
 
GEOGRAPHICAL FACTORS INFLUENCING PUBLIC HEALTH 
Negmatov Samariddin Karshiboyevich 
Annotation: In this article given short scientific information about the result of natural 
geographic process occurring negative modification to the person’s health and it’s outcome and 
spreading to geographic territories. 
Key words: The environment of climate, the health of the person, asthma, defect of 
iodine, modern illnesses, allergy, pressure of air, bloud pressure, infections illnesses, ecological 
position.
 
Ma’lumki, inson salomatligiga joylarning iqlim sharoiti katta ta’sir ko`rsatadi. Masalan, 
Respublikamizning iqlimiga xos bo`lgan kasalliklar: astma, yod yetishmasligi, yuqori nafas 
yo`llarining shamollashi, bod, ayniqsa hozirda zamonaviy kasalliklardan bo`lmish turli xil 
ta’sirlarga inson organizmining allergiyalarni hosil qilishi aholi orasida juda katta muammolar 
tug`dirmoqda. Muammoli tomoni shundaki, bu kasalliklarning o`ziga xos xususiyatlaridan biri – 
ularning mavsum bilan bog`ligi va yosh chegarasi yo`qligidadir. Jumladan, bahor faslida 
yuqumli kasalliklarning salmog`i keskin oshadi. Qish faslida respublikamiz aholisi o`rtasida 
nafas olish a’zolarining shamollashi bilan bog`liq yuqumli kasalliklar birmuncha kamayadi, 
aksincha kishilarda a’zolarning shamollashi bilan bog`liq kasalliklar – poliartit, havo tomchi 
yuqumli kasalliklar (gripp, bolalar yuqumli kasalliklari) yilning boshqa fasllariga nisbatan ortadi. 
Bahor faslida o`rtacha sutkalik harorat 5
0
dan yuqori bo`ladi. Bu fasl respublikamizda sernam 
hisoblanib, uning tekislik qismida yillik yog`inning 40-43%, tog` oldi hududlarida 40-50% dir. 
Bahorda kunlarning birdan isib ketishi mart oyida o`rtacha harorar janubiy hududlarda 11,5
0
C, 
shimoliy hududlarda 4-5
0
C ni tashkil qiladi. Epidemiologik jihatdan zaruriy chora-tadbirlarni 


126 
talab etiladi, chunki yuqumli-parazitar kasalliklar tarqalishiga imkon tug`iladi. Bu davrda 
ayniqsa tog` va tog` oldi tumanlarda shuningdek, tuproq chorvachiligiga ixtisoslashgan 
mintaqalarda qutirish, brutsellyoz qizamiq yuqumli kasalliklar tarqalishi kuzatiladi. 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, havoda kislorod miqdori, havo bosimi, harorat va 
namlikning o‘zgarishi gipertoniya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda miya va yurak faoliyati 
bilan bog‘liq turli asoratlarni yuzaga keltiradi. 
Ayniqsa, barometrik bosimning 1 dan 29 mb gacha bo‘lishida bu holatlar keskin 
be’morlarning sonini ortishi bilan namoyon boladi. Insult dardiga uchragan bemorlar asosan 
bosim pasayganda qayd etilgan. Kislorodning miqdori havoda nisbati oshishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan vaziyatlarda gipertoniya xastaliklari va miya insultlari ortishi kuzatiladi [1].
Bahor faslida o‘rtacha sutkalik harorat 5°C dan yuqori bo‘ladi. Bu fasl respublikamizda 
sernam fasl hisoblanib, uning tekislik qismida yillik yog‘inning 40-43%, tog‘ oldi hududlarida 
esa 40-50% qismi shu faslga to‘g‘ri keladi. Bahorda kunlarning biridan isib ketishi (mart oyida 
o‘rtacha harorat janubiy hududlarda 11,5°C, shimoliy tumanlarda 4-5 (sovuq) ni tashkil etadi 
epidemiologik jihatdan zaruriy chora-tadbirlarni talab etadi. Chunki, bu holat ko‘pgina yuqumli-
parazitar xastaliklarning rivojlanishiga imkon tug‘diradi. Bu davrda ayniqsa tog‘ va tog‘ oldi 
tumanlarida, shuningdek, ko‘proq chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqalarida qutirish, 
brutsellyoz, qizamiq singari yuqumli kasalliklar keng tarqalganligi kuzatiladi. So‘nggi yillarda, 
ayrim mintaqalarda xususan, Toshkent shahrida qizamiq kasalligining ham biroz avj olib 
borayotganligi sanitariya-epidemiologiya markazlari oldida qator muammolarni keltirib 
chiqarmoqda.
Biroq may oyi oxiridan boshlab respublikamizda haqiqiy yoz boshlanadi. Bahorda tez 
rivojlanuvchi kasallik qo‘zg‘atuvchilarning ko‘pchiligi yoz faslida haroratning yuqoriligi sababli 
o‘zlarining yashirincha davrlariga o‘tadi. Iliq kuz fasli kelishi bilan ular yana o‘z hayotiy 
faoliyatlarini davom ettiradilar. Umuman, yoz fasli ochiq, quruq, jazirama issiq bo‘lib, quyosh 
nuri tik tushib, uzoq vaqt yoritib turadi.
Ba’zi yillari yoz faslida harorat nihoyatda ko‘tarilib, hatto ayrim hududlarda 48°C ga ham 
yetadi. Bunday vaziyat va noqulay iqlimiy sharoit respublikamiz aholisi orasida qon aylanish 
tizimi bilan bog‘liq xastaliklarni avj olishiga sabab bo‘ladi. Bu faslda atmosferada kislorod 
miqdorining kamayishi oqibatida kishilarning kayfiyati, asab tizimi va ichki a’zolarining 
faoliyati o‘zgaradi. Aholining ishtahasi pasayadi, modda almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlar 
buziladi va kishilarda ichak yuqumli xastaliklarga chalinish holatlari ortadi.
Ayrim kasalliklar, shuni aytish o‘rinli bo‘ladi ruhiy buzilish, nevrozlar, nevrosteniya, 
epilepsiya va mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan, kuz va bahor faslida bunday kasalliklar xuruji 
ortadi. Bunday bemorlarda salomatliklarini va o‘zlarini yomon sezish vaziyatlari yanada 
keskinlashadi. Mazkur kasalliklar bilan kasallanganlar soniga ko‘ra Xorazm viloyati, Toshkent 
shahri va Toshkent viloyati
alohida ajralib turadi.
Havo bosimi va shamollarning ham ta’siri iqlimning muhim elementlari hisoblanadi. 
Havo bosimi va shamollar O‘zbekiston hududida uning yer usti tuzilishiga, haroratga bog‘liq 
holda mintaqa va fasllar bo‘yicha har xil taqsimlangan. Havoning o‘rtacha yillik bosimi 
respublikamizda janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga tomon o‘zgarib, ortib boradi.
Mamlakatimiz relyefi ham o‘ziga xos jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Uning 
g‘arbdan sharqqa tomon ko‘tarilib borishi oqibatida bu holat kasalliklar tizimli almashinuvi 
kuzatish mumkin. Masalan, respublikamizning sharqiy hududlari suvi tarkibida yod moddasi 
miqdorining kamligi oqibatida bo`qoq kasalligi nihoyatda keng tarqalgan. G‘arbga tomon 
hududlar pasayib borgan sari mavjud suvlar tarkibi yomonlashib borishi tufayli ko‘pgina 
yuqumli va siydik ayirish a’zolari kasalliklari salmog‘i ortib boradi. Sababi, pastlikka tomon 
borgan sayin suv tarkibida tuzlar miqdori ortib boraveradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tog‘li 
hududlar tekislik hududlarga nisbatan iqlimi, o‘simliklariga ko‘ra farqlanadi[2].
Kishilar salomatligiga joylarning landshaft xususiyatlarining ham ta’siri katta. Ko‘pgina 
kasalliklar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar hududlarda aholi salomatligiga jiddiy putur 


127 
yetadi. Ayniqsa, foydali qazilma konlari ochiq usulda qaziladigan konlar atrofida istiqomat 
qiluvchi kishilar organizmida salbiy holatlar kuzatiladi va buning oqibatida bunday mintaqalarda 
qator kasallik guruhlari, jumladan, xavfli o‘sma, nafas olish tizimi bilan bog‘liq ayrim kasalliklar 
avj oladi. Ma’lumki, tog‘-kon sanoati landshaft ikki katta guruhga bo‘linadi: tekislik va tog‘ 
lanshaftlari [3]. Ularning har qaysida ham ekologik vaziyat tubdan o‘zgaradi va buning natijasida 
hududning geografik holatida ham salbiy holatlar kuzatiladi. O‘zbekiston ichki suvlariga 
daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari, muzliklardagi suvlar, suv omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar 
kiradi. Ichki suvlar faqat iqlim xususiyatlariga emas, balki uning tabiati boshqa elementlariga, 
jumladan, relyefiga ham bog‘liqdir. So‘nggi yillarda ichki suvlarining gidrologik 
xususiyatlaridagi o‘zgarishlar kishilarning xo‘jalik faoliyatiga ham sezilarli tarzda ta’sir 
ko‘rsatmoqda.
Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash joizki, respublikamizning gidrografik xususiyatlarning 
ham aholi salomatligida ta’siri katta. Shu o‘rinda aytish joizki, aynan tabiiy shart-sharoit 
kasalliklarning vujudga keltiruvchi makon, mazkur kasallik uchun tabiiy o‘chog‘i hamdir. 
Mamlakatimiz hududida endemik bo`qoqning tabiiy o‘chog‘i sifatida Farg‘ona vodiysini, tish va 
suyaklar yallig‘lanishi va chirishi-karies, flyurioz bilan bog‘liq kasalliklar tabiiy o‘chog‘i sifatida 
Surxandaryo viloyatini, teri va teri osti xastaliklari eng xarakterli o‘lka sifatida Buxoro va 
Qorabulaqzor vohalarini alohida e’tirof etish lozim. Shu sababli respublikaning har bir 
mintaqasida aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy xususiyatlari barpo etilgan.

Download 6,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish