Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

MIYACHA 
Miyacha (cerebellum) bosh miyaning bir qismi bo’lib, uzunchoq miya va ko’prikning ustida 
joylashgan. Miyacha, uzunchoq miya, ko’p-rik va o’rta miya bilan uch juft «oyoqchalar» orqali 
birikkan. Miyachadan ketuvchi va unga keluvchi o’tkazuvchi yo’llar shu oyoqcha-lar orqali 
o’tadi. Miyachaning oq moddasi ichida bir necha juft po’stloq osti yadrolori yotib, ulardan eng 
kattasi «tishli» yadro-lardir ( nuclei dentalis ). 
Miyachaning po’stloq markazlari reflektor tarzda harakatni, tana muvozanatini va mushak 
tonusini boshqaradi. Miyachaning qaysi qismidan bo’lmasin, uning burmalariga perpendikulyar 
tarz-da kesmalar olinsa, u (« arbor vitae ») («hayot daraxti») deb ataluvchi tasvir hosil qiladi. Har 
bir burmaga oq moddaning tor plastinkasi kirib turadi. Burmalar ust tomondan yaxlit po’st 
qatlam hosil qiluvchi kulrang modda bilan qoplangan. 
109- rasm. Miyacha po’stlog’ining ko’ndalang kesimi. Kumush nitrat tuzp bilan impregnatciya 
qilingan. 06. 3,5. ok. 10. 
1 - kulrang modda; a - kolekulyar qavat; b - ganglionar hujayralar qavati; v - do-nador qavat; 2 - 
oq modda. 
Miyacha po’stlog’ida uch qavat: 1) 
tashqi molekulyar 
(stratum molecu-lare); 2) 
urta ganglionar 
(stratum neuronum piriformium); 3) 
ichki donador 
qavatlar (stratum granulosum) farq qilinadi 


178 
(109-rasm). 
Miyacha po’stlog’i yoki kulrang moddasi tarkibiga neyrogliotcitlar orasida joylashgan turli xil 
neyronlar kiradi. 
Miyacha po’stlog’ini uning 
o’rta qavatida 
bir qator joylashgan noksimon Purkin’e 
hujayralaridan (neuronum pirifor-me -noksimon neyronlar) boshlab o’rganish qulayroq. Ularning 
tanasidai molekulyar qavatga, odatda, ikkita dendrit chiqib, darhol to’g’ri burchak ostida egiladi 
va ma’lum masofada burma yuzasiga parallel’ joylashadi (110-rasm). SHu masofada burma 
yuzasi tomon yo’nalgan dendritlardan ko’p miqdorda kuchli shox-langan tarmoqlar ketadi. Bu 
tarmoqlar molekulyar qavatning yuzasiga etib boradi va ular birlashib o’ziga xos sertarmoqli 
shaklni hosil qiladi. Purkin’e hujayralarining hamma shox-lari miyacha burmasi yo’nalishiga 
perpendikulyar holda bir yuzada joylashadi. Har bir Purkin’e hujayrasi tanasidan bntta ney-rit 
chiqib, donador qavat orqali oq moddaga yo’naladi va miyacha yadrolaridagi neyronlar bilan 
sinapslar hosil qiladi. SHu ney-ritning hujayra tanasiga yaqin joyidan ganglionar qavatga va 
molekulyar qavatning ichkarisiga yo’nalgan kollaterallar keta-di. Bu joyda ular shoxlanadilar va 
ularning tarmoqlari burma 
110-rasm. Miyacha. Kumush nitrat tuzi bilan impregnatciya qilipgan. 
1 - molekulyar qavat; 2 - noksimon nerv xujayralarining dendritlari; 3 - noksikon nerv hujayrasi; 
» - donaddr qavat. 
bo’ylab borib, qo’shni Purkin’e hujayralarining tanasi va den-dritlarining pastki tarmoqlari bilan 
tutashadi. Miyacha po’stlo-g’idan chiqadigan neyritlar ichki yadrolarda (masalan, nucleus den-
tatus da) tugallanuvchi markazdan yo’naluvchi yagona nerv tola-lari hisoblanadi. 
Molekulyar qavatda 
ikki xil: savatsimon (neuronum corbiferum) ea yulduzsimon (neuronum 
siellatum) nerv hujayralari joyla-shadi. 
Savatsimon hujayralar mayda (10-12 mkm) hujayralar bo’lib, ular tanasidan ko’p sonli uzun va 
nisbatan kam shoxlan-gan dendritlardan tashqari miyacha yuzasida Purkin’e hujayrala-ri 
dendritlarining tarmoqlari bilan bir sathda joylashgan uzun nerv tolalari ham chiqadi. Hujayra 
neyriti o’zining bu-tun tanasi davomida ganglioz qavatga Purkin’e hujayrasining tanasini 
savatchaga o’xshab o’rab oluvchi yon shoxchalarni uzatadi. Savatsimon hujayralarning neyritlari 
molekulyar qavatdan tashqariga chiqmaydi. 
YUlduzsimon hujayralar savatsimon hujayralardan yuqorida joylashib, ikki xil shaklda bo’ladi. 
Mayda yulduzsi-mon hujayralar nozik, kalta dendritlar va sal shoxlangan ney-ritlar bilan 
ta’minlangan. Bu neyritlar noksimon hujayralar-ning dendritlarida sinapslarni hosil qiladi. Yirik 
yulduzsi-mon hujayralar mayda hujayralardan farq qilib, uzun va kuch- 
li shoxlangan dendrit va peyritlarga ega. Bu neyritlarning shox-lari noksimon hujayralarning 
dendritlari bilan bog’lanadi. Ularning ba’zilari esa noksimon hujayralarning tanasigacha etib 
boradi va savatcha tarkibiga qiradi. Molekulyar qavatning savatsimon va yulduzsimon 
hujayralari nerv impul’slarini noksimon hujayralarning dendritlari va tanasiga o’tkazib be-ruvchi 


179 
qo’shimcha neyronlarning umumiy sistemaeini tashkil qi-ladi. 
Donador qavat 
neyronlarga juda boy. Donador qavatni ho-sil qiluvchi asosiy hujayralarni - 
donacha hujayralar 
neuro num granulifcrmis yoki oddiygina - 
donachalar 
deb ataladi. Ular 
o’ziga xos shaklga ega. Ularning kichik (3-8 mkm) tanasi deyarli yadro bilan to’lib turadi. 
TCitoplazmasi esa yadro atro-fida torgina gardish hosil qiladi. Bu hujayralarning tanasi-dan 
qushlarning panjasiga o’xshash shoxlangan, kalta dendritlar chiqadi. 
Har bir hujayralardan molekulyar qavatning u yoki bu sathi-ga yo’nalgan T shaklida shoxlangan 
o’simta chiqadi. Ikkala shoxcha burma yo’nalishiga parallel holda ikki tomonga tarqaladi. Bu 
shoxcha molekulyar qavat doirasidan chiqmagan holda, telegraf simlariga o’xshab, Purkin’e 
hujayralarining dendritlari bo’y-lab borib, ularni bo’ylama yo’nalishda bir-biri bilan bog’laydi. 
SHunday qilib, Purkin’e hujayralari uchta uyg’unlashgan sistemaga ega: bittasi - xususiy 
neyritlar kollaterallaridan, ikkinchisi-donacha hujayralarining nerv o’simtalaridan hosil bo’lgan 2 
ta bo’ylama va uchinchisi savatsimon hujayralardan ho-sil bo’lgan bir butun ko’ndalang 
sistemadan iborat. 
Gol’ji hujayralari yoki yirik yulduzsimon neyron-l a p (neuronum stellatum magnum) miyacha 
donador qavatining ikkinchi xil hujayralaridir. Bu hujayralarning 2 xili farqlanadi: kalta neyritli 
yulduzsimon hujayralar ganglionar qavat yaqinida yotadi. Ularning shoxlangan dendritlari 
moleku-lyar qavatda tarqalib, uning yuzasigacha etib borsa, neyritlari donador qavatga yo’naladi. 
Uzun neyritli yulduzsimon hujayra-lar donador qavatda o’ta shoxlanuvchi dendritlarga va oq 
moddaga yo’naluvchi neyritlarga ega. Bu hujayralar miyacha po’stlog’i turli sohalarining bir-biri 
bilan aloqasini ta’minlab, uning yaxlit bir organ bo’lib ishlashiga imkon beradi. Uchinchi tur hu-
jaralarni duksimon gorizontal hujayralar ( r.eurcnum fusiforme horizontale ) tashkil qiladi. Ular 
ko’proq donador va ganglionar qavatlar orasida uchraydi. Ularning cho’zinchoq tana-sidan ikki 
tomonga qarab, ganglionar va donador qavatlarda tugaydigan uzun, gorizontal joylashgan 
dendritlar chiqadi. Bu hujayralarning neyritlari esa donador qavatga kollaterallar berib, oq 
moddaga o’tib ketadi. 
Ko’pgina nerv tolalari miyaning turli qismlaridan kelib, miyachaning io’stlog’ida tugallanadi. 
Miyachaning po’stlog’iga keluv-chi afferent nerv tolalari 2 turga bo’linadi: 1) moxsimon t ol a l 
a p.; 2) o’ r 
tc 
a.l o v ch.i.yoki lianasimon tolalar.. Mox-
:
simon tolalar olivo-miyacha va ko’prik-miyacha o’tkazuvchi yo’llari tarkibida donador qavatga 
qarab boradi. Bu erda ular o’zlari-ning mag’izli qavatlarini yo’qotmasdan alohida shoxlanadi va 
miyacha «koptokchalarida» ( glomerulus ) tugallanadi. Bu koptok-•chalarda tolalar donador 
hujayralarning dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi. Har bir tola miyachaning ko’pgina kop-
tokchasiga tarmoqlar beradi va har bir koptokcha ko’p moxsimon •tolalardan tarmoqlar qabul 
qiladi. Urmalovchi tolalar miyacha po’stlog’iga orqa miya va vestibulyar - miyacha yo’llari 
bo’ylab ki-rib boradi. Ular donador qavatni kesib o’tib, Purkin’e hujay-ralarining dendritlari 
bilan sinapslar hosil qiladi. Liana-simon tolalar ta’sirni miyacha po’stlog’ining noksimon 
hujayra-lariga bevosita o’tkazib beradi. SHunday qilib, miyacha po’stlo-g’iga keladigan 
qo’zg’atuvchi impul’slar noksimon hujayralarga bevosita o’rmalovchi tolalar, yohud donador 
hujayralarning o’sim-talari orqali etkaziladi. Molekulyar qavatning yulduzsimon va savatsimon 
neyronlari, shuningdek, donador qavatning yirik yul-duzsimon hujayralari noksimon 
hujayralarga tormozlovchi ta’-sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Moxsimon tolalar orqali keladi-gan 
impul’slar ko’rsatilgan hujayralar sinapslarida tormoz-lanishi va noksimon neyronlarga etib 
kelmasligi mumkin. Ja-vob efferent impul’slari Purkin’e hujayralarining neyritla-ri orqali 
chiqadi. 
Miyacha po’stlog’ida glial asos bo’lib, u turli gliotcitlardan tuzilgan. Donador qavatda tolali va 
plazmatik astrotcitlar hamda oligodendrogliotcitlar bo’ladi. Tolali astrotcitlar o’z o’simtalarining 
oyoqchalari bilan tomirlar atrofida membrana-lar hosil qiladi. Ganglionar qavatda Purkin’e 
hujayralari-ning orasida to’q yadroli maxsus gliotcitlar yotadi. Ularning o’simtalari miyacha 
po’stlog’iga qarab borib, Purkin’e hujayra-lari dendritlarining tarmoqlariii ushlab turuvchi 
tolalarni hosil qiladi. Molekulyar va ganglionar qavatlarda ko’p miqdor-da glnal makrofaglar 
bo’ladi. 


180 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish