hisoblangan mamlakatlar (Kanada, Avstraliya) etnologiyasida
rivojlangan. Aynan m azkur m am lakatlarda konstruktivistik
nazariyaning keng om m alashishiga m a’lum m a’noda ushbu
davlatlarda mahalliy hindular va Avstraliya aborigenlaridan tashqari
etnik guruhlarning tabiiy ildizi mavjud emasligi bilan bog‘liqdir.
M adaniyat differensiatsiyasi (farqlanishi) asosida paydo
bo‘ladigan etniklik muammosini izohlashda konstaiktiv nazariyaga
ko‘ra etnik hissiyot va uning asosida
shakllanadigan tasavvurlar
ham da doktrinalar siyosatchi, olim va yozuvchilar tom onidan
ongli tarzda yaratilgan aqliy tuzulm a (konstrukt)dan iborat.
Konstruktivizm tarafdorlari etnosning ong tizimi va tilni muhim
ramziy simvol deb biladilar va bular asosida etnik rang-baranglik
mavjud deb hisoblaydilar. Shu bois ular til va ong sizimiga alohida
e’tibor qaratadilar.
Konstruktivistik
qarashning nazariy-m etodologik asoslari
AQShlik madaniy-anropolog Dj. Komoroff tadqiqotlarida bayon
qilingan. Biroq dunyo fanida konstruktivistik
qarash birm uncha
oldinroq tarqalgan boiib, bu borada ilk marta «plyuralistik jamiyat»
m uam m osini ishlab c h iq q an M. Sm it va F. B artlarn in g
konsepsiyalarida qator m ulohazalar bayon etilgan. M. Smit
etnologiya uchun a n ’anaviy qarashlar asosida ijtimoiy tuzilish
bevosita madaniy farqlardan kelib chiqadi, deb hisoblasa, F. Bart
o‘ziga xos «kopernikcha o ‘zgarish» qilib, «madaniy farqlar ijtimoiy
tuzilma va o ‘zaro harakatlar natijasidir»,— deb ta ’kidlaydi.
F. Bart etnik o'zlikni anglashni etniklikning muhim alomatlari
tarkibiga kirgizmaydi. Etnik o ‘zlikni anglash orqali shaxs o ‘zining
etnik rolini namoyon qiladi va m a’lum bir guruh a ’zosi
sifatida
tasaw ur etadi. Shu boisdan ham ular etniklikni aniqlashda etnosga
xos madaniyatidan ko‘ra uning hozirgi davrdagi farqli va guruhiy
chegarasiga xos madaniy tavsifini hal qiluvchi aham iyat kasb
etadi deb hisoblaydilar. Konstruktivistik qarash tarafdorlari
hisoblangan g'arblik va rossiyalik tadqiqotchilar etnos va millatning
tarixiylik prinsi plari asosida paydo bolganligini butunlay rad
etadilar. H ozirgi
davrdagi zam onaviy etn o slar, ju m la d a n ,
M arkaziy Osiyo m illatlari (milliy respublikalar ham ) uzoq
muddatli rivojlanish natijasida emas, balki sovet hokimiyatining
mahalliy rahbarlari va ziyolilari ko'm agida sun’iy ravishda barpo
bo'lgan,— degan shovinistik g‘oyani ilgari suradilar. Bizningcha,
bu fikr tarixiy voqelikdan ko‘z yumishga,
etno-m illiy tarixdan
voz kechishga qaratilgan b o ‘lib, mavjud nazariya ham da qarash-
larni n o to ‘g ‘ri va no o ‘rin q o ‘llashdan o'zga narsa emas.
J. K om aroffning t a ’kidlashicha, “ konstruktivizm — bu
nazariya emas, balki siyosiy va madaniy o ‘zlikni anglash — inso
niyat faoliyatining mahsuli ekanligini tasdiqlovchi tavsif b o ‘lib,
k o n stru k tiv iz m soyasida k o ‘plab q a ra sh la r y a sh irin g a n ” .
Primordialist — faylasuf S. Ribakov jam iyatda hech qanday
yagona konstruktivistik nazariya mavjud emas va um um an bu
o ‘rinda «nazariya» iborasini ishlatish haqiqatga to ‘g‘ri kelmay-
di, — deb yozadi.
Uning fikricha, ushbu yo'nalish tarafdorlari
tabiatan etniklikni mavjud emasligi to ‘g‘risidagi um um iy tezis
atrofidagina o ‘zaro birlashadilar.
Xullas, etnologiyada, um um an,
ijtim oiy-gum anitar fanlar
tizim ida hozirgi davrga kelib etniklikka oid yagona m ukam m al
konsepsiya mavjud emas. Shu bois yaqin kelajakda etniklikka oid
tadqiqotlar yanada bahsli tarzda davom etishi va hozirgi mavjud
qarashlar asosida yangi nazariyalar yaratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: