15-
§. Fonemaning variantlashuvi
Fonema va tovush munosabati invariant-variant dialektikasini
o‗zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishda fonema turli-tuman tovush
sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, [b1], [b2],
[b3], [b4], [b5], [b6], ...[bn] tarzida belgilash mumkin. Nutqda
voqelangan barcha [b]larni bitta
b
fonemasiga birlashtirishda ularning
umumiy xossalari «yig‗iladi». Bunday umumiy xossa – fizik (akustik)
va fiziologik (artikulyatsion) o‗xshashlik. Turli talaffuz sharoitida bu
umumiy belgi o‗zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o‗zgarish
60
miqdor o‗zgarishi darajasida bo‗lib, sifat o‗zgarishi bosqichiga
yetmaydi. Aks holda, u boshqa fonemaning variantiga aylanib ketgan
bo‗lar edi. Masalan,
a
fonemasi «quyi keng» va «lablanmagan»lik
mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchalik
o‗zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti
hisoblanishi uchun mazkur mohiyat chegarasidan chiqmasligi lozim.
Qalam
va
katta
so‗zida 4 ta [a] tovushi mavjud bo‗lib, buning barchasi
yuqorida aytilgan «quyi keng», «lablanmaganlik» umumiy belgisiga
ega. Shu boisdan
a
fonemasining varianti hisoblanadi. Biroq [a]
tovushlari yumshoq-qattiqligi va til oldi-til orqaligi bilan farqlanadi.
Qalam
so‗zidagi
a
tovushlari til orqa va qattiq unlilar bo‗lsa,
katta
so‗zidagi
a
lar til oldi va yumshoq. Bu belgilar
a
fonemasi mohiyatida
mavjud bo‗lmay, balki
a
tovushining talaffuzi jarayonida boshqa (
q
va
k
) tovushlar ta‘sirida yuzaga kelgan hodisa. Boshqacha aytganda,
a
tovushlari mohiyatiga daxldor bo‗lmagan, o‗zga, begona mohiyat
zarralarining
a
fonemasi ko‗rinishiga yopishgan tajallidir. Bu tajallilar
bir qarashda
a
tovushi mohiyatiga daxldordek tuyuladi. Shu boisdan
darslik va qo‗llanmalarda
a
fonemasining substansial belgisidan biri
sifatida mazkur xossa ham ajratiladi. Bir fonema ham tor, ham keng
yoki ham jarangli, ham jarangsiz bo‗la olmaganligi kabi
a
fonemasi
ham til oldi, ham til orqa tovushi sifatida voqelana olmaydi.
Demak,
umumiylik
va
xususiylik
metodologiyasi
bilan
qurollangan tilshunos tovushlardagi mohiyatga daxldor va daxldor
bo‗lmagan jihatlarni boshqalardan ko‗ra tezroq, aniqroq ilg‗aydi.
Fonemaning mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti
sanalmaydi. Masalan,
b
fonemasi jarangli undosh fonema. Talaffuzda
u jarangli bo‗lsagina,
b
fonemasining varianti sanaladi.
Кitob
so‗zi
kitop
tarzida talaffuz etilsa, voqelangan
p
tovushi
b
fonemasining
nutqiy varianti hisoblanmaydi. Chunki jarangsizlashuv hodisasidagi
miqdor o‗zgarishi me‘yor chizig‗idan o‗tib, sifat o‗zgarishi
darajasigacha yetgan va
p
fonemasi mohiyati chegarasiga kirgan.
Xuddi shunday
a
fonemasi voqelanishida ham «torlik» belgisining
kenglik chegarasiga yetishi bilan variant
i
fonemasi mohiyati
chegarasiga kirib ketadi.
Tovush (variant)larning bir fonemaga birlashishi uchun ularning
barchasida o‗zgarishsiz saqlanadigan muhim bir xossa e‘tiborga
olinishi lozim. Bu bir guruhga kiruvchi barcha variantning ushbu
guruhga kirmaydigan boshqa variantga bir xil qarama-qarshi turishi
61
(bunday belgi, odatda, fonologik farqlovchi belgi ham deyiladi) va bir
xil ma‘no farqlashidir. Boshqacha aytganda, tovush (variant)lar bir
fonemaga birlashishi uchun ular funksional umumiylikka ham ega
bo‗lishi lozim. Ma‘no farqlash xossasi ana shunday funksional
umumiylik. Fonema ma‘no farqlash xossasiga ega. Lekin tovushning
barchasi ham har doim ma‘no farqlayvermaydi. Bir fonemaning
nutqiy varianti o‗rnini ikkinchi fonemaning nutqiy varianti egallasa,
so‗z o‗zgarib ketadi:
bosh – bot, bosh – besh
kabi. Lekin bir
fonemaning bir varianti o‗rnini uning ikkinchi bir varianti bilan
almashtirilsa, ma‘no farqlash amalga oshmaydi.
O„t
(o‗simlik)
so‗zidagi (
o„
) unlisini bir kishi til oldi, boshqasi esa, shevaning fonetik
xususiyatidan kelib chiqqan holda, til orqa tovushi sifatida talaffuz
etadi. Lekin ular bir fonema varianti bo‗lganligi sababli o‗zaro ma‘no
farqlash qobiliyatiga ega emas.
Demak, fonema deganda uning fizik-fiziologik xossalari
majmuidan iborat ma‘lumotnigina tushunmaslik kerak. Masalan, fizik-
fiziologik umumiylik bo‗lgan
b
balki barcha tillarda bo‗lishi mumkin.
Fonema esa har bir tilda o‗ziga xos. Chunki fonema o‗zining ijtimoiy
xossasini ma‘lum bir tildagina bajaradi. Buni shu bilan izohlash
mumkinki, mavhum (lisoniy)
b
ning qarama-qarshiliklar tizimi, ma‘no
farqlash vazifasi faqat ma‘lum bir til uchungina xos. Boshqacha
aytganda, tovushlarning ularni bir guruhga kirituvchi funksional
xususiyatlari (akustik-fiziologik xossalari bilan birgalikda) faqat bir til
doirasidagina amal qiladi.
Fonema funksional qo‗llanishdan tashqarida amal qiladigan,
muayyan tovushlar guruhidan umumlashtiriladigan mavhum tovush
tipi emas. U muayyan funksiya bajaradigan tovushlar umumlashmasi.
Biroq fonemani «sof funksiya» bilan ham chegaralab qo‗ymaslik
lozim. Chunki u eshitish a‘zosiga ta‘sir qiladigan va funksiya
bajaradigan birlik. Biroq har ikkala xossasini ham varianti – tovush
orqali namoyon qiladi.
Fonema va uning varianti bo‗lgan nutq tovushi qanday
munosabatda bo‗lsa, yozma nutqda fonemaning grafik ifodasi va
yozma tovush shunday munosabatda bo‗ladi.
Fonemani talaffuz qilib va eshitib bo‗lmaganligi kabi fonemaning
grafik ifodasi ham ongda shartli ravishda o‗rinlashgan. Talaffuz qilgan
birligimiz fonema emas, balki tovush bo‗lganligi kabi,
b
tarzida
qog‗ozga yozganimiz ham grafema (fonema ifodasi) emas, balki harf
62
(tovush ifodasi)dir. Ongimizdagi
b
grafemasi barcha
b
harflari uchun
invariant ekan, birorta harf ham grafemaning barcha xossalarini
birdaniga va umuman namoyon qila olmaydi. Har qanday harf
individual, variant xossani o‗zida mujassamlashtiradi.
Harf grafema varianti bo‗lganligi kabi, bir vaqtning o‗zida fonema
variantining ifodasi. Har qanday tovush –fonema varianti, har qanday
harf– grafema varianti.
Do'stlaringiz bilan baham: |