327
SO„Z BIRIКMASI
SO„Z BIRIKMASI NUTQ BIRLIGI SIFATIDA
Tayanch tushunchlar
Lison, nutq, valentlik, sintaktik aloqa, sintaktik birlik, tobe aloqa,
teng aloqa, kengaytiruvchi, kengayuvchi, birikish usullari, birikish
omillari, bitishuv, boshqaruv, moslashuv, joylashuv omili, shakily
omil, ma‟noviy omil
77-§. Nutqiy so„z birikmasi (SB) haqida tushuncha.
Nutq
hamisha
tushunchalarni
aniqroq
va
muayyanroq
ifodalanishiga zarurat sezadi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha
ifodalovchi so‗zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi
so‗z
birikmasini afzal qilib qo‗yadi. Masalan,
gul–qizil gul
. Кeyingi nutqiy
hosilada «tabiatda yovvoyi yoki madaniy tarzda o‗sadigan o‗simlik
turi» (gul) so‗zidagiga nisbatan aniqroq. Chunki unga
qizil
so‗zi
ko‗maklashgan. Кo‗rinadiki, so‗z ham, so‗z birikmasi ham tushuncha
ifodalaydi. So‗z ifodalaydigan
tushuncha noaniq va, demak, kengroq
(masalan,
gul otida belgi turlicha, masalan, oq, sariq, pushti yoki
siyohrang
bo‗lishi ham mumkin), so‗z birikmasida esa ikki tushuncha
o‗z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan predmet
(«qizil rangli tabiatda yovvoyi yoki madaniy tarzda o‗sadigan o‗simlik
turi») nomi ifodalangan. Demak, so‗z o‗z ma‘noviy
imkoniyatini
to‗laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil
so‗zga ehtiyoj sezadi. Bu so‗z uning ma‘noviy ehtiyojini qondirmog‗i
uchun ham ma‘noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq
bo‗lmog‗i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga
diqqat qilaylik:
olmaning termoq
osmonni tishlamoq
Halim keldi
kitobni o„qimoq
Birikmalarning birinchisida (
olma
) va (
termoq
) so‗zlari ma‘noviy
jihatdan muvofiq bo‗lib, biroq ularning grammatik shakli (qaratqich
kelishigi) mos emas. Ikkinchi birikuv (
osmonni tishlamoq
)da so‗zlar
328
grammatik shakli jihatdan mos bo‗lsa-da, ma‘noviy tabiatining
«beo‗xshovligi» ularning birikuv hosil qilishiga yo‗l qo‗ymaydi.
Uchinchi birikuvda a‘zolar ham ma‘noviy, ham shakliy jihatdan
muvofiq. Ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To‗rtinchi
birikuv (
kitobni o„qimoq
) bularning barchasidan
farqlanadi va birdan
ortiq mustaqil so‗zning ma‘no va grammatik jihatdan hokim-
tobelashuvidan tashkil topib, tushuncha ifodalashga xoslanganligi
bilan xarakterlanadi. Bunda bir so‗z tobe, ikkinchisi hokim, tobelik va
hokimlik xossasi hamda vositasiga ega. Bu – ularning ma‘noviy
mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik
shakli hamda joylashuv
(oldinma-keyinlik) xususiyati. Demak, nutqiy so‗z birikmalari uchun
xos bo‗lgan quyidagi belgilarni ko‗rsatish mumkin:
a)
birdan ortiq mustaqil so‗z;
b)
a‘zolarning ma‘noviy va grammatik jihatdan mosligi;
d)
tobelik;
e)
tushuncha ifodalash.
So‗z birikmasi mazkur to‗rt belgining har biri bilan o‗ziga
yondosh hodisalarga o‗xshaydi va bir vaqtning o‗zida farqlanadi ham.
Masalan, birdan ortiq mustaqil so‗zdan tashkil topganligi bilan
so‗zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan o‗xshashlik kasb etadi.
Gap birdan ortiq mustaqil so‗zning ma‘noviy
va grammatik jihatdan
tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SBdan farqli o‗laroq,
fikr ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o‗xshashlari munosabatiga
alohida-alohida to‗xtalish lozim bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: