O‘zbeкiston respubliкasi


Grammatik ma‟no (GM) turlari. Umumiy grammatik ma‟no



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Grammatik ma‟no (GM) turlari. Umumiy grammatik ma‟no 
(UGM), oraliq grammatik ma‟no (OGM), xususiy grammatik 
ma‟no (XGM) haqida. 
Grammatik shaklning fahmiy his qilinadigan 
alohida ma‘nosi 
xususiy grammatik ma‟no 
(qisq. XGM) deyiladi. 
Masalan, egalik qo‗shimchalari umuman «keyingi so‗zni oldingi 
so‗zga bog‗lash» mohiyatiga ega. Bu 
umumiy grammatik ma‟no 
(qisq.UGM) bo‗lib, u nutqiy birlik bo‗lgan 
Halimning kitobi 
birikuvida «
kitob 
so‗zini 
Halim 
so‗ziga bog‗lash», 
daftarning varag„i 
birikuvida esa «
varaq 
so‗zini 
daftar 
so‗ziga bog‗lash» tarzida 
xususiylashgan. Bu – XGM. 
UGM lisoniy tabiatli bo‗lib, lisoniy birliklarga xos barcha belgiga, 
XGM esa nutqiy ma‘no bo‗lganligi uchun nutqiy birliklarga xos 
belgiga ega. UGM umumiy, mavhum, zaruriy, barqaror, invariant, 
uzual, ijtimoiy bo‗lsa, XGM bu belgilarning aksi bo‗lgan xususiylik, 
aniq, tasodifiy, beqaror, okkazional, individual kabi belgiga ega. 
UGM va XGM xususiyatini idrok etish uchun barcha borliq 
hodisalarida umumiy yashash qonuniyati bo‗lgan 
umumiylik 
va 
xususiylik 
tushunchalari munosabatini yaxshi bilish lozim. 
Nutqiy 
birlikda 
turli 
lisoniy 
umumiyliklarning 
belgilari 
mujassamlanganligi, qorishganligi kabi, XGMlar ham o‗zi mansub 
UGM zarralari bilan birgalikda boshqa lisoniy birliklarning zarralarini 
ham o‗zida birlashtirgan. Masalan, egalik qo‗shimchasining «
kitob 
so‗zini 
Halim 
so‗ziga bog‗lash» XGMsida «keyingi so‗zni oldingi 
so‗zga bog‗lash» UGMsi ko‗rinishi bilan birgalikda «qarashlilik» 
ma‘nosi, shuningdek, 
Halim 
va 
kitob 
leksemalarining (umumiyliklari) 
zarralari qorishgan holda yuzaga chiqqan. 
Grammatik ma‘no so‗zning grammatik shakli bilan va undan xoli 
holdagi holatidan, ya‘ni o‗zak-negizidan anglashilganligi kabi UGM 
va XGMlar ham ikki xil tabiatli. Masalan, «predmetlik» ot 
turkumining, 
«jarayonlilik» fe‘l turkumining, «belgi» 
sifat 
turkumining grammatik shaklsiz ifodalanadigan UGMsi. 
Bu 
Halimning kitobidir 
gapidagi 
kitob 
so‗zining «Halimga tegishli o‗qish 
uchun mo‗ljallangan predmetni ifodalovchi turdosh ot» ma‘nosi bu 
so‗zning grammatik shaklsiz ifodalanadigan XGMsi. 


167 
UGM va XGM grammatik shaklda o‗ziga xos tarzda namoyon 
bo‗ladi. Har bir grammatik kategoriyaning ma‘nosi – uning 
shakllarining ma‘nosiga nisbatan UGM. Masalan, barcha kelishik 
shakllari uchun umumiy bo‗lgan «oldingi mustaqil so‗zni keyingi 
mustaqil so‗zga bog‗lash» ma‘nosi – kelishik kategoriyasining 
UGMsi. Bu kategorial umumiylik alohida shakllarning ma‘nosiga 
nisbatan belgilanadi. Boshqacha aytganda, kelishik kategoriyasining 
yuqorida aytilgan UGMsi uning tarkibiga kiruvchi 6ta kelishik 
shaklining ma‘nosidan sintezlanadi, ya‘ni keltirib chiqariladi. 
Har bir kelishik shaklining ma‘nosi undan quyidagi ma‘noga 
nisbatan UGM. Masalan, qaratqich kelishigining UGMsi – «oldingi 
ism turkumiga kiruvchi so‗zni keyingi ism turkumiga kiruvchi so‗zga 
bog‗lash». UGM har doim ham quyi ma‘noga nisbatan olinadi. 
Masalan, kelishik kategoriyasi UGMsi quyidagi kelishiklarning 
ma‘nosiga nisbatan olinsa, har bir kelishikning UGMsi undan 
quyidagi bu kelishik UGMsining «parchalari»ga nisbatan belgilanadi. 
Chunki har bir kelishikning ma‘nosiga nisbatan UGM termini 
qo‗llanilmaydi. Кategoriya va shakl ma‘nosi hamda uning xususiy 
ko‗rinishi haqida bahs ketganda ularni qanday baholash muammosi 
ham bor. Bunda dialektikaning 
umumiylik-maxsuslik-alohidalik 
kategoriyasiga metodologiya sifatida tayanish lozim bo‗ladi. 
Tilshunoslikda grammatik ma‘noga nisbatan bu 
umumiy grammatik 
ma‟no – oraliq grammatik ma‟no 
(qisq.OGM) 
– xususiy grammatik 
ma‟no 
tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida tushum kelishigi shakli 
ma‘nosini olaylik. Кelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni 
keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash», tushum kelishigining «oldingi 
ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» va 
tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‗lmish 
kitobni 
o„qimoq 
birikuvida voqelangan «
kitob 
so‗zini 
o„qimoq 
so‗ziga 
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi yaxlitlikda 
olinganda, 
UGM-OGM-XGM 
munosabatida. 
Кelishik 
kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni keyingi mustaqil so‗zga 
bog‗lash» ma‘nosi tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga 
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosiga nisbatan UGM 
maqomida, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‗lgan 
kitobni o„qimoq 
birikuvida voqelangan «
kitob 
so‗zini 
o„qimoq 
so‗ziga 
vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi XGM. 
Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga vositasiz 


168 
to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosi esa UGM va XGM orasida 
turganligi hamda ularni bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lganligi uchun OGM 
maqomida. 
OGMning 
mavqeyi 
nisbiy. 
Masalan, 
kelishik 
kategoriyasining UGMsi e‘tibordan soqit qilinsa va fikr faqat tushum 
kelishigi va uning quyi ma‘nolari haqida ketsa, mazkur OGM UGM 
sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan XGMsi e‘tibordan 
soqit qilinib, so‗z kelishik kategoriyasi va tushum 
kelishigi 
munosabati xususida ketsa, bunda OGM ushbu UGMga nisbatan 
XGM sifatida qaralishi ham mumkin. 
Demak, 
borliq 
hodisalari 
umumiylik–maxsuslik–xususiylik 
(alohidalik) munosabatida bo‗lganligi kabi grammatik ma‘no ham 
«umumiy grammatik ma‘no – oraliq grammatik ma‘no – xususiy 
grammatik ma‘no» ko‗rinishiga ega. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish