O‘zbeкiston respubliкasi


-§.Grammatik ma‟no va grammatik shakl. Grammatik



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

43-§.Grammatik ma‟no va grammatik shakl. Grammatik 
kategoriya. 
 
Grammatik ma‘no deganda 
til (fonetik, leksik, morfologik va 
sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma 
abstrakt ma‟nolari 
tushuniladi. Ta‘rifda uch muhim jihatga e‘tibor 
qaratilgan: 
a)
grammatik ma‘noning barcha til birliklariga xosligi; 
b)
bevosita (!) nutqni shakllantirishi; 
d) umumlashma va abstraktligi. 
Demak, grammatik ma‘no deganda faqat so‗z yoki so‗zshaklga 
nisbat berish ma‘qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy 
birlik grammatik ahamiyat kasb etadi. 


164 
Agar lisoniy birlik grammatik ma‘nodan xoli qilinsa, u nutq 
uchun tayyorlik xususiyatini yo‗qotadi. Masalan, 
bola 
leksemasining 
lug‗aviy ma‘nosi nutqqa grammatik ma‘no vositasida kiradi. Uning 
kelishik, son, subyektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap 
bo‗lagi ekanligi kabi grammatik ma‘nolari lisoniy sathda yo‗q. 
Demak, leksema lug‗aviy ma‘nosi ustiga ana shu grammatik ma‘no 
qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi. 
Grammatik ma‘no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda 
ko‗p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda 
tutiladi. Grammatik ma‘noning abstraktligi deganda uning bevosita 
kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. 
Grammatik ma‘no morfologik sathda so‗zlarning umumiy 
ma‘nosi bo‗lgan so‗z turkumlari (masalan, otlarda umumiy 
predmetlik, fe‘llardagi jarayonlilik), shuningdek, har bir so‗zshaklning 
ma‘lum bir morfologik kategoriya doirasida 
qarama-qarshi 
qo‗yiluvchi ma‘nosi (masalan, zamon, shaxs-son, egalik, kelishik) 
sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so‗z 
birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo‗laklarining bir-biriga 
o‗zaro munosabati sifatida namoyon bo‗ladi. Кeng ma‘noda so‗z 
yasalish hodisasi ham grammatik ma‘noga daxldor. Chunki yasalish 
natijasida so‗zning turkumlardagi o‗rni o‗zgarib ketadi. Bu esa 
ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko‗rsatadi. Masalan, 
aql 
so‗zi «ot», «mavhum ot» grammatik ma‘nolariga ega. Undan 
-li 
so‗z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan, albatta, grammatik 
ma‘noda ham katta o‗zgarish yuz berdi. Кo‗rinadiki, birorta lisoniy 
birlik (bir planli bo‗lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik 
ma‘nodan xoli bo‗lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug‗aviy va 
grammatik ma‘no dialektik bog‗liqlikda bo‗ladi. Sintaktik qolip, 
yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma‘no 
mavjud. 
Grammatik ma‘no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy 
mohiyatida mavjud bo‗lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik 
qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, 
kitoblar 
so‗zshaklining «turdosh ot» grammatik ma‘nosi boshqa barcha 
turdosh otda bo‗lgani kabi uning mohiyatida mavjud, «ko‗plik» 
ma‘nosi esa ma‘lum bir shakl 
-lar 
yordamida ifodalangan. 
Кitobni 
o„qimoq 
birikuvidagi 
kitob 
so‗zining «tobe uzv» grammatik ma‘nosi 
unga lisoniy sintaktik qolip asosida «yopishtirilgan». 


165 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish