O‘zbeкiston respubliкasi


Grammatik va leksik ma‟no munosabati



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Grammatik va leksik ma‟no munosabati. 
Bolalar qiziqarli 
kitobni o„qiydilar 
gapini olaylik. Aytilganidek, mustaqil so‗z o‗zida 
bir vaqtda leksika va grammatikani birlashtiradi. 
Bolalar 
so‗zida ikki 
xil ma‘no anglashilib turadi: 
a)
lug‗aviy ma‘no («odam jinsiga mansub bo‗lgan, yosh jihatdan 
voyaga yetmagan shaxs yoki voyaga yetgan kishining farzandi, 
avlodi»); 
b)
turdosh ot, ko‗plik son, bosh kelishik, ega vazifasida. Bu so‗z 
leksik va grammatik ma‘noni o‗zida mujassamlashtirgan. Shuning 
uchun so‗zlar grammatik va leksik birlik sifatida so‗z turkumlariga 
guruhlanadi. Bunda guruhlash, avvalo, leksik asosda, ya‘ni ularning 
lug‗aviy ma‘nosiga asoslangan holda amalga oshiriladi, guruhlashning 
yuqori bosqichida u grammatik xarakter kasb etadi. Masalan, 
o„qituvchi, doktor, ishchi, injener 
otlari bir butun holda «kasb oti» 
lug‗aviy guruhini tashkil etadi va birlashish leksik asosda. Chunki bu 
so‗zlar boshqa guruh otlaridan farqli o‗ziga xos, qandaydir ayricha 
grammatik xususiyatga ega emas. Lekin bu otlarning boshqa tur otlari 
bilan birlashib hosil qilgan katta guruhi, deylik, turdosh otlar atoqli 
otlardan farqli grammatik xususiyatga ega. Masalan, turdosh ot birlik 
va ko‗plikda qo‗llanadi, atoqli ot esa asosan birlikda qo‗llanadi. 
Shuning uchun otning atoqli va turdosh otga ajratilishi grammatik 
ahamiyatga ega. Deylik, narsa-buyum otlari va o‗simlik oti orasida 
grammatik farqlar bo‗lmaganligi sababli bu bo‗linish leksik tabiatli. 
Chunki bu ikki guruhga kiruvchi so‗zlar turlanish, son, tuslanish va 
boshqa grammatik omilga bir xil munosabatda. 
So‗z grammatik birlik sifatida morfologik ma‘no tizimiga ega. 
Shunga ko‗ra, grammatik ma‘noni quyidagi turga bo‗lish mumkin: 
a)
ma‘lum bir turkumga kiruvchi so‗zning ular qaysi morfologik 
shaklda bo‗lishidan qat‘i nazar, barchasi uchun birday tegishli bo‗lgan 
grammatik ma‘no (masalan, otlarda predmetlik, sifatlarda belgi, 
fe‘llarda jarayonlilik); 
b)
bir turkumdagi biror guruhning qanday grammatik shaklda 
bo‗lishidan qat‘i nazar, barcha so‗zlariga xos bo‗lgan grammatik 
ma‘no (masalan, ozaytirma daraja sifatning, odatda, rang bildiruvchi 
turlariga xos); 
d) biror turkumdagi ma‘lum bir so‗zning ma‘lum bir shakldagi 
turigagina xos bo‗lgan grammatik ma‘no (masalan, o‗zlik olmoshiga 
kelishik qo‗shimchasi faqat egalik qo‗shimchasidan keyin qo‗shiladi, 


166 
olmoshning boshqa turlarida bunday hol kuzatilmaydi, yoki -
yap 
qo‗shimchali aniq hozirgi zamon shakli III shaxsda -
di 
shakli 
bilangina voqelana oladi). 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish