Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Yer osti boyliklari va ulardan foydalanish



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/78
Sana14.06.2022
Hajmi1,08 Mb.
#669854
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

5.4. Yer osti boyliklari va ulardan foydalanish
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldida 
doimo muammolar mavjud bo‘lgan. Ayrim muammolarning 
paydo bo‘lishiga insoniyatning o‘zi sababchi bo‘lgan bo‘lsa, 
ularning ba’zilari tabiat va jamiyat o‘rtasidagi nomutanosiblik 
natijasida yuzaga kelgan. Aynan shunday muammolarning 
asosiylaridan biri Yer kurrasidagi mavjud tabiiy resurslardan 
samarali va oqilona foydalanishdir. O‘zbekiston Respub-
likasining Birinchi Prezidenti I.Karimov «Yer, yer osti 


97
boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar ... milliy boylik bo‘lib, 
odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va 
ravnaqning asosi bo‘lib xizmat qiladi» deb aytgandi.
Darhaqiqat tabiiy resurslarning cheklanganligi kishilik 
jamiyati rivojlanishining har bir davrida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-
da, hech bir davrda hozirgi paytdagidek dolzarb bo‘lmagan va 
bu jarayon jamiyat taraqqiyotining rivojlanish tendensiyasiga 
muvofiq tarzda kuchayib bormoqda.
Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat 
tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 50-moddasida qayd etilganidek: «Yer, 
yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona 
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».
Yer osti boyliklari
 
 –
inson tomonidan milliy iqtisodiyotda va uy-
ro‘zg‘orda foydalaniladigan hamda foydalanilishi mumkin bo‘lgan 
Yer ostidan qazib olinadigan tog‘ jinslari va minerallar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz 
hududidagi barcha tabiiy, Yer osti boyliklari davlatimiz 
tasarrufiga o‘tdi. O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, 
hali ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom-
ashyo resurslari to‘plangan. O‘zbekistonda 95 turdagi mineral 
xomashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan. 
Amalda Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlar 
respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xomashyo 
salohiyati 3,3 trillion AQSH dollari miqdorida baholanmoqda. 
Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSH dollariga teng 
foydali qazilmalar qazib olinmoqda.
Darhaqiqat, O‘zbekiston zamini juda katta miqdordagi 
turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda 2800 
dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo‘lgan 
istiqbolli joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 118 


98
turdagi mineral xomashyo mavjud bo‘lib, shundan 65 turi 
o‘zlashtirilgan. O‘rganilgan 1500 ta konning 188 tasi neft va 
gaz konlari, 48 tasi noyob metallar, 43 tasi rangli, kamyob 
va radioaktiv metallar, 5 tasi qora metallar, 3 tasi ko‘mir va 
ko‘pgina boshqa turdagi qazilma boyliklar konlaridir. Har 
yili bu konlardan 5,5 mlrd. qazilma boyliklar olinmoqda 
va qo‘shimcha 6–7 mlrd. AQSH dollarlik yangi zaxiralar 
topilmoqda. Umuman olganda, «J», «K», «JK»larni oxirgi 
berilgan elektron variantga qarab qo‘yib chiqish lozim. Hozirgi 
kunda respublikada 400 ta ma’danli, 450 ta ichimlik va 
shifobaxsh suv konlaridan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta 
zaxiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho 
rangli metallar topilgan bo‘lib, hozirgi paytda ular 33 ta 
kondan qazib olinmoqda.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish