Iqtisod-moliya


OITS haqida tushuncha, kelib chiqishi sabablari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/117
Sana16.06.2021
Hajmi0,94 Mb.
#66876
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117
Bog'liq
valeologiya

OITS haqida tushuncha, kelib chiqishi sabablari, 
rivojlanishi, epidemiologiyasi
Bugungi kunda OITS atamasi bilan kasallikning oxirgi 
bosqichini belgilanadi. OIV bilan zararlanishdan boshlanib 
OITSning birinchi belgilari paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davr 
jarayoni OIV infeksiyasi deb tushuniladi. OIV bilan zararlangan 
shaxsni OIV tashuvchisi deb yuritiladi. Shunday qilib OIV va 
OITS bir kasallikni ikki turdagi tushunchasidir.
OITS virusi 1983-yilga kelib aniqlandi va uni har xil nomlar 
bilan atala boslilandi. AQSHning o‘sma kasalligiga qarshi 
milliy institutining Robert Gallo rahbarhgidagi immunologiya- 
virusologiya bo‘yicha bir guruh olimiari T-hujayrali leykozning 
qo‘zg‘atuvchisini aniqlashdi. T-hujayrali leykoz Karib havzasi 
davlatlari va janubiy Yaponiyada 1970-yillar oxirida ro‘yxatga 
olingan bo‘lib, bemorlarda kasallik juda ham og‘ir kechgan va 
ular 3-4 oy davomida vafot etgan.
AQSHda OITS epidemiyasi boshlangan bo‘lib kasallikning 
tarqalish sababi asosan qon quyish bo‘lgan edi. Shu sababdan 
Gallo HTLV-1 OITS qo‘zg‘atuvchisi deb bildi. Parijdagi L. 
Paster institutining Lyuk Mantane rahbarhgidagi bir guruh 
olimlar retro viruslaming immun tizimidagi limfa tugunlarining 
kattalashishi  (limfoadenopatiya)  bilan  kechadigan  o‘sma 
kasalliklari bilan bog‘liq holatini o‘rganishdi. Izlayotgan virusni 
ajratib olishda fransuz olimiari Gallo guruhi tomonidan kashf 
etilgan iaterleykin-2 dan foydalanishdi. Limfoadenopatiya 


90
bilan bir necha yillardan beri og‘riyotgan bir bemorni limfa 
tugunchalari tekshirilganda retro virusga o‘xshash 1883-yilda 
“Sayens” jurnali OITSga chalingan 33 bemordan 2 nafarida 
retroviras ajratib olinganligi to‘g‘risida fransuz olimlarining 
maqolasini chop etdi. Ushbu retrovirusning NTLV-ldan farqi 
shundaki u Tlimfotsitlamhig yomon sifati bo‘lib, ularning 
o‘limiga olib kelar ekan. Mualiflar limfoadenopatiya chaqiruvchi 
bu virusni LAV deb nomlashdi. Shuning natijasida ikki guruh 
olimlar o‘rtasida biologik materiallar asosida kuchli likr 
almashinuvlar, ya’ni tortishuvlar boshlandi.
Shu vaqtda Gallo guruhi o‘zining ishlab chiqqan uslublariga 
tayangan holda OITSga chalingan bemorlardan yangi retrovirus 
ajratib olishdi va unga NTLV-3 deb nom berishdi. Shu bilan 
birga T-limfotsitlarni maxsus tizimini ajratib olindiki, bunda 
virus jadallik bilan ko‘paydi, lekin T-hujayra o‘lmadi. 
1984-yilning boshida Amerikalik olimlar NTLV-3 va LABga 
juda ham o‘xshaydigan, ya’ni ular bilan bir xil bo‘lgan yangi 
virus topilgani haqida matbuotda xabar berdilar. Shuning uchun 
bu virusni NTLV-3 LAB qo‘zg‘atuvchisi deb belgilaydigan 
bo‘ldilar.
Shunday qilib, 1986-yilda viruslarni nomlash qo‘mitasi 
OITS  qo‘zg‘atuvchisiga  yangi  nom,  ya’ni  OIV  (odam 
iramuntanqislik virusi), (OITS), NIV deb nom berish to‘g‘risida 
taklif kiritdi va shu kundan boshlab u OIV deb nomlanadigan 
bo‘lindi. Shunday qilib, yangi kasallik, ya’ni OITS paydo 
bo‘lganligi to‘g‘risida maqolalar chop etilganidan so‘ng 2 vil 
o‘tgach kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlandi, shuningdek, 2,5 yil 
o‘tgach esa lining tashxislash uslubi ishlab chiqildi. Bu ishlar 
1985-yil Atlantadagi OITS bo‘yicha xalqaro konferensiyani 
olamshumul yangilik rukunida o‘tishiga sabab bo‘ldi. Endi 
kasallik qo‘zg‘atuvchisining turli xususiyatlarini o‘rganish bilan 
birga yangi muammolar paydo bo‘la bosliladi.


91
Dunyo matbuotlarida har oyda yoritilayotgan OIV haqidagi 
ma’lumotlarga nazar tashlar ekanmiz, bu kasallik patalogiyasiga 
bo‘lgan nuqtai nazarini o‘zgartirishimizga majbur qiladi.
Shunday qilib, 2000-yil oxirida OIV infektsiyasiga 50 mln. 
inson chalingan bo‘lib bugungi kunda 33,6mln. odamlar OIV 
infeksiyasi va OITS bilan yashamoqda, 16,3 mln. kishi halok 
bo‘lgan. Ulardan 3,6 mln. 15 yoshga yetmagan bolalarni tashkil 
etadi. OITS va OlVga chalmganlarni 95 % rivojlaniyotgan 
mamlakatlarga to‘g‘ri keladi, shu jumladan, o‘lganlar ham 95 %.
OIVni yuqtirish manbalari virusni yuqtirgan turli klinik 
shakldagi bemorlar va virusni tashuvchilar hisoblanadi, chunki 
ularning qonida doimo virus aylanib yuradi. OIV virusi nafaqat 
qonda balki, birinchi navbatda, sperma va hayz ajratmalarida 
va qin bezlari sekretida ham bo‘ladi. Bundan tashqari, OIV 
ko‘krak sutida, so‘lakda, ko‘z yosh va orqa miyaning kulrang 
moddasi suyuqlig‘ida, turli to‘qimalarda, ter va siydikda bo‘ladi. 
Epidimologik jihatdan ko‘proq xavflisi bu qon, sperma va qin 
ajratmalari hisoblanadi va ularda infeksiyani yuqtirish uchun 
yetarli miqdorda virus bo‘ladi.
OIV boshqa retroviruslarga xos bo‘lgan yo‘llar bilan, ya’ni 
vertikal onadan bolaga va jinsiy aloqa orqali gorizontal yuqadi. 
Bundan tashqari, yana parenteral (inyeksiya qilish vaqtida) yo‘l 
bilan ham yuqadi. Shuningdek, OIV bilan zararlangan odamning 
biologik suyuqlig‘i sog‘lom odamning biroz shikastlangan 
shilliq qavatiga va terisiga tushib qolsa ham yuqishi mumkin.
Virus yuqishida yana bir ta’sir etuvchi holat borki, ba’zi 
sog‘lom virus tashuvchilar boshqalarga nisbatan ko‘p virus 
ajratishi mumkin, lekin zararlangan materialda virus titrini 
aniqlash juda qiyin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish