Giyohvand bemorlarni davolash. Bunday bemorlar nar-
kologik yoki psixoterapevt statsionarda 60 kun davolanadilar.
Narkomanlar narkotik moddalarni qabul qilishni to‘xta-
tishdan qo‘rqadigan irodasiz odamlar. Ular narkotik moddalarni
iste’mol qilgan davrda (absitinens) o‘zlarini juda yomon his
etadilar, Statsionarda barcha sharoit yaratilib narkotik mod-
dalarni kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Narkomanlar kun
mobaynida aktiv mehnat faoliyatida bo‘lishlari kerak. Tibbiy
xodimlar giyohvandlarga e’tiborli bo‘lib, ularni hurmat qilishlari
kerak. Agarda bo‘shashib kayfiyati tushib yurgan bemor, birdan
xursand, sergap bo‘lib qolsa, demak u qayerdandir narkotik
moddani topib iste’mol qilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |