“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında
islewdegi mashqalalar hám sheshimler”
Nutq tovushlari tilning fonetik tizimini tashkil qiladi. Tilimizdagi so’zlar va gaplar tovush
materiyasida o’z ifodasini topadi. Nutq tovushlari murakkab hodisa bo’lib, turli tomondan
o’rganiladi.
Nutq tovushlari ham tabiatdagi tovushlarning bir turi bo’lsa-da, ular nutq a’zolari
mahsuli ekanligi bilan boshqa tovushlardan farqlanib turadi. Tovushlar akustik nuqtai
nazardan, fiziologik nuqtai nazardan, til sistemasida bajaradigan vazifasi nuqtai nazaridan
o’rganiladi. Tovushlar til sistemasida o’z holicha mavjud bo’la olmaydi. Ular so’z yasashda
va fikr almashish jarayonini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Tovushlarning akustik va
fiziologik xususiyati fonetikada o’rganilsa, ularning til tizimida bajaradigan vazifasi
fonologiyada o’rganiladi.
Ona tili darslari-o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O`quvchi ona tilidan zaruriy
bilim, ko`nikma va malakalarini asosan dars orqali oladi.
Maktabda sinf-dars o`qitishning ishonchli va qulay usuli bo`lib, u davr sinovlaridan o`tgan
va o`zini to`la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o`quvchilar jamoa bo`lib o`qiydilar
va bir vaqtning o`zida sinfdagi barcha o`quvchilarni zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar
bilan qurollantirish imkoniyati tug`iladi.
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga muayayan
talablar qo`yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog`liq. Ma’lumki, boshqa o`quv
fanlari singari ona tili mashg`ulotlari ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni
ko`zlaydi.
Darsning ta’limiy maqsadi o`rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o`quvchilarda puxta
bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo`llash kabilarni talab
etsa, tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta
egallashga kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni
asosiy talab darajasiga ko`taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o`quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kеlgan
o`quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda еngish, o`zida qat’iylik, o`z nuqtai nazarini himoya
qilishga o`rgatishni talab qiladi.
Darsning yangi bilim bеrish shakli o`rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni
xotirada tiklashni, ularni qisman ma’lum yoki tamoman noma’lum sharoitlarda qo`llab, yangi
bilimlarni egallashni talab etadi.
Darsning mustahkamlash shakli bu dars mashg`ulotida egallangan bilimlarni ko`nikma
va malakaga aylantirishni taqazo etadi. Ba’zan mustahkamlash oldin o`rganilganlarni
takrorlash bilan qo`shilishi xam mumkin. Agar yangi mavzu oldin o`rganilgan mavzular bilan
bеvosita aloqador bo`lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi.
Til hodisalarini o`zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat bеrilgan tovush, so`z, gap,
matnni tahlil qilish, so`zlarni muayyan xususiyatlariga qarab guruhlash, til hodisalarini
qiyoslab, ularning o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish, qo`yilgan
savollarga to`g`ri javob qaytarish, topshiriqlarni to`g`ri bajarish orqali aniqlanadi. Chunonchi,
otlarning yoki sifatlarning ma’no guruhlari o`rganilgach, o`qituvchi oxirgi mashg`ulotni
nazorat darsi sifatida rеjalashtiradi.
O`quvchilarning imloviy va punktuasion savodxonligi ustidan nazorat, asosan ta’limiy
diktantlar, shuningdеk, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi.
O`quvchilar nutqini rivojlanganlik darajasi, umumiy savodxonligi, asosan, bayon,
insho orqali aniqlanadi. Bayon qisman ijodiy mustaqil ish turlaridan biri bo`lib, u ta’limiy va
nazorat maqsadlarida o`tkazilishi mumkin.
Xulosa qilib, shuni aytish joizki, ona tili fanini o’qitish nihoyatda murakkab, juda
mas’uliyatni tarab qiladi. Bugungi kunda dars o’tishning shaklari bеnihoya ko`p. O`qituvchi
Qaraqalpaqstan
Respublikası xalıq bılımlendiriw xızmetkerlerin
qayta tayarlaw hám olardıń qánigeligin arttırıw aymaqlıq orayı
230
Do'stlaringiz bilan baham: |