Fonetika 2 (tovushlar)
1. Quydagi qaysi so’zlarda jarangli jufti yo’q jarangsiz sirg’aluvchi undosh qatnashgan?
A) ogohlik, halol B) tashqin, sholi
C) vazifa, suvchi D) soat, ko’chat
2. Qaysi qatorda akustik tomoni bir xil bo’lgan tovushlar qatnashgan yasama so’z mavjud?
A) bolalar B) taroq
C) bug’doyzor D) sharshara
3. Qaysi so’zlarning jarangli tovushi jarangsiz jufti bilan almashtirilsa yangi mano hosil bo’ladi?
1. abzal 2. Bosh 3. Tog’ 4. Mard 5. Sut
6. Sot 7. Dod 8. tub
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 7, 8
C) 3, 4, 5, 7 D) 3, 4, 6,7
4. Tarkibida portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh sifatida talafuz qilinadigan so’zlar qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) barbod, fabrika B) maqsad, taqdim
C) iztirob, matiz D) tuzsiz, ijtimoiy