282
U
- potentsiallar ayrimasi, v;
g
- solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik, sm/m;
S
- zarrachaning qirqim yuzasi, m
2
;
e
- zarracha uzunligi, m.
Ko‘pincha solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik
degan tushuncha
ishlatiladi. Bu jismdagi tok zichligini elektr maydoni kuchlanganligiga
nisbatiga teng (o‘lchov birligi sm/m),
E
i
/
=
, sm/m.
Jismning solishtirma qarshiligi shu jismning solishtirma elektr
o‘tkazuvchanligining teskari qiymatiga teng (o‘lchov birligi Om.m).
Saralagichlarda elektr maydoni elektrodlarning biriga yuqori
kuchlanganlikka (110-50 kV) ega bo‘lgan o‘zgarmas
tok berish bilan
amalga oshiriladi.
Tojli
elektr statik saralagichlarda esa, qo‘shimcha havo
ionlashtiriladi.
Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari
Elektr separatsiyada asosan mineral zarrachalarning elektr
o‘tkazuvchanligi, dielektrik o‘tkazuvchanligi,
ishqalash orqali elektrlash
va adgeziya xossalaridagi farq ishlatiladi [2].
Elektr o‘tkazuvchanligiga qarab minerallar 3 guruhga bo‘linadi:
−
solishtirma
elektr
o‘tkazuvchanligi 10
2
–10
3
Sm/m
li
o‘tkazgichlar;
−
solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi10–10
-8
Sm/m li yarim
o‘tkazgichlar;
−
solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi <10
-8
Sm/m li dielektriklar;
Bu guruhlardagi minerallarning har biri solishtirma qarshilikning
ma’lum qiymati bilan xarakterlanadi. O‘tkazgichlarga solishtirma
qarshiligi <10
9
Om·m, dielektriklarga >10
12
Om·m minerallar kiradi [11].
Elektr maydonida o‘tkazgichlar va dielektriklar o‘zlarini
turlicha
tutadilar. Agar elektr maydoniga o‘tkazgich joylashtirilsa, uning yuzasida
elektr zaryadlari hosil bo‘ladi, bunda o‘tkazgichning bir uchida ortiqcha
elektronlar hosil bo‘ladi (manfiy zaryad), ikkinchi
uchida esa elektronlar
yetishmaydi (musbat zaryad). O‘tkazgich elektr maydonidan chetlashtirilsa
ikkala qarama–qarshi zaryadlar muvozanatlashadi va jism zaryadsizlanadi.
O‘tkazgich zaryadlangan jism bilan to‘qnashganda tokni yaxshi o‘tkazgani
uchun bir xil zaryad hosil qilib zaryadlangan jismdan itariladi.
Dielektriklar esa elektr maydonida o‘zini boshqacha tutadi.
Dielektrikning har qaysi molekulasida bir vaqtning o‘zida ham manfiy,
283
ham musbat zaryadlar joylashadi; shuni qayd qilish kerakki dielektrikning
istalgan hajmida umumiy musbat zaryad manfiy zaryadga teng va
dielektrikning har qaysi molekulasi elektr dipoli hisoblanadi.
Agar dielektrikni elektr maydoniga joylashtirilsa, uning ta’siri
ostida zaryadlarning siljishi va maydonning kuchlanganligi yo‘nalishida
elektr dipollarining oriyentatsiyasi sodir bo‘ladi.
Dielektrikning yuzasida
zaryadlar paydo bo‘ladi. Elektr maydonining ta’siri ostida dielektrikdagi
zaryadlarning siljishi qutblanish deyiladi. Qutblangan dielektrikning
yuzasida hosil bo‘lgan zaryadlar bog‘langan zaryadlar deyiladi.
Qutblanish–bu elektr maydoni ta’sirida dielektrikda bog‘langan
zaryadlar joylashishini o‘zgartirishni tartibga solish. Bu o‘zgarish
dielektrikdagi
manfiy
bog‘langan
zaryadlar
yuqoriroq
potensial
yo‘nalishida, musbat bog‘langan zaryadlar esa pastroq potensial tomonga
ko‘chadi.
10>10>
Do'stlaringiz bilan baham: