Sotsial psixologiya-bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarning o‘zaro
aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir
ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining soxasidir.
Boshqarishning sotsial-ruxiy usullari quyidagi muammolarni yechishga qaratilgan:
1. Kishilarning sotsial-ruxiy xususiyatlari, chunonchi, qobiliyatlari, mijozlari, xarkatlari va
xokazolarni xisobga olgan xolda mexnat jamoalarini tashkil topshirish. Buning natijasida jamoani
rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida birgalikda ishlash uchun qulay
shart-sharoitlar yaratiladi.
2. Sotsial yurish-turish normalarini o‘rnatish va rivojlantirish.
Shu jumladan yaxshi va
namunali an’analarni qo‘llab-quvvatlash va sotsialistik urf-odatlarni joriy etish jamoa ongining
o‘sishiga yordam beradi.
3. Sotsial rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag‘batlantirish, umumiy
ta’lim darjasini oshirish, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy o‘sish, malaka oshirish, estetik ravnaq va
mexnatga ijodiy munosabat va x.k.
4. Kishilarning madaniy va sotsial-maishiy extiyojlarini qondirish, chunonchi, uy-joylar,
bolalar bog‘chalari, klublar, profilaktoriyalar, sport inshootlari va xokazolarni qurish.
5. Mexnat
jamoalarida talabchanlik, o‘zaro yordam, intizomni buzuvchilarga
munosabatsizlikdan iborat sog‘lom sotsial- psixologik muxitni vujudga keltirish va uni qo‘llab
quvvatlash;
6. Odamlarning o‘z mexnatidan, tanlangan o‘z mutaxasisligi va kasbidan mamnun
bo‘lishlari uchun, ishlab chiqarish samaradorlgi va ish sifatini oshirish uchun shart-sharoitlarni
vujudga keltirish.
Bu muammolarning echimi boshqarishning yanada uyushqoq, samarali bo‘lishini
talab
qiladi.
Sotsial tadqiqot usullarini o‘tkazish zaruriyati shundan iboratki, amaliy boshqarishda
sotsial-ruxiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining xolati to‘g‘risida
keng axborotga ega bo‘lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita sotsiologik
tadqiqotlar o‘tkazish lozim.
Sotsial tadqaqotlar juda xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi, chunonchi:
*jamoa a’zolarining mexnatga va raxbarlarga
munosabati;
* boshqarish metodlarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;
*jamoaning extiyojlari va qiziqishlari;
*xodimlar shaxsiyati;
*xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;
*xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
*jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi;
*extiyojlarning qodirilish darajsi va xokazo to‘g‘risidagi axbrotlar. Bu axborotlar
jamoalarda ishlab chiqirish samaradorligini oshirishga va xilma-xil
extiyojlarini qodirishga
qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muxim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Sotsiaologik tadqiqotlar olib borishga korxonaning o‘z sotsiologik xizmatlari, shuningdek
xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy munosabatlar va o‘quv yurtlarining xodimlari jalb qilinishi
mumkin.
Sotsialogik tadqiqotlar bir necha usullarda uyushtiriladi. Bunda sotsiologik axborotlarni
maxsus tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan olish mumkin. Bulardan eng muximlari quyidagilardir
(4.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: