IJTIMOIY -IQTISODIY RIVOJLANISHNI DASTURLASH, PROGNOZLASHTIRISH VA REJALASHTIRISH
Reja:
1. Mintaqaviy xo’jalik va mintaqaviy iqtisodiyot.
2. Mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlash uslubiyati.
3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini pognozlash usuli.
4. Mintaqaviy rivojlanish modellari.
5. Yalpi mintaqaviy mahsulot o’sish sur’atlarini prognozlash.
6. O’zbekistonda mintaqalar rivojlanishining ahvoli va prognozli baholash.
1. Mintaqaviy xo’jalik va mintaqaviy iqtisodiyot.
Mintaqaviy xo‘jalik butun bir xo‘jalik, iqtisodiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy kompleks bo‘lib, u respublika, viloyat, avtonom okrug hududida joylashgan korxona, tashkilot, uyushmalarning bo‘ysunish va tarmoqlarining tarkibidan qat‘iy nazar shakllanadi.
Barcha sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish qurilish, transport, aloqa va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadigan korxona va tashkilotlarni 3 ta katta bo‘ysunish guruhiga ajratish mumkin:
Markaziy
Hududiyl va mahalliy.
Bir tomondan mintaqaviy boshqaruv tizimining asosi bo‘lgan, ikkinchi tomondan (bo‘ysunish darajasiga ko‘ra) korxona va tashkilot bo‘lgan mahalliy organlar o‘rtasidagi munosabat mahalliy organlarga to‘liq bo‘ysinishdan to shu organlar tomonidan alohida funksiyalarning boshqarilishigacha farqlanadi.
Boshqaruv shakli va bo‘ysunish shaklidan qat‘iy nazar ma‘lum mintaqada joylashgan hamma korxona va tashkilotlar yer, o‘rmon va suv resurslardan foydalanish, tabiat muxofazasi, sanitariya, yong’inga qarshi, huquqiy, ijtimoiy, maishiy me‘yor va qoidalalari masalalari bo‘yicha mahalliy boshqaruv organlari raqobati ostida bo‘ladi.
Hududiy boshqaruv organlari shu hududda joylashgan barcha korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan uy va ijtimoiy-madaniy qurilish, mahalliy yo‘llar qurilishi, xalq iste‘mol mollari va oziq-ovqat ishlab chiqarish ustidan nazorat olib boradi. Mintaqaviy darajada tartibga solishning ob‘ektlari quyidagilar hisoblanadi: davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, aholi va korxonalarni soliqqa tortish, mahalliy byudjetlarni shakllanishi, aholining ijtimoiy himoyasi va boshqalar.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda davlatning mintaqaviy siyosatini shakllantirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. O‘zbekistonda mintaqaviy siyosat deganda mamlakat mintaqalarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha davlat hukumat organlarning maqsad va masalalarning tizimi hamda ularni amalga oshirish mexanizmi tushuniladi.
O‘zbekistonda mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadlari quyidagilar:
O‘zbekistonda markaziy iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini ta‘minlash, yagona iqtisodiy hududni yaratish;
Mintaqalarning iqtisodiy imkoniyatlaridan qat‘iy nazar yagona minimal ijtimoiy standart va aholini teng ijtimoiy himoyalanishini ta‘minlash;
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini tenglashtirish;
Atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish hamda ifloslanish oqibatlarini yo‘qotish, mintaqalarni kompleks ekologik himoyalash;
Juda muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqalarni ustivor rivojlantirish;
Mintaqalarning tabiiy-iqlim xususiyatlaridan maksimal foydalanish;
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirish va kafolatlarni ta‘minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |