Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyoti bozorga
yo‘naltirilgan davlatlarda daromadlar xadddan tashqari yuqori progresiv soliqqa tortilishi
bilan kapitallar chet elga chiqib keta boshlaydi.
Soxibqiron Amir Temur o‘z davrida soliq undirishda adolatni
talab qilgan, chunki, uning
kelajakka ta’sirini ko‘ra bilagan. Uning yozishicha:
“Raiyatdan (axolidan) mol-xiroj (soliq) yig‘ishda ularni og‘ir avxolga solishdan saqlanish
kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xaziniasining kambag‘allashishiga olib keladi”
2
Xaddan tashqari katta soliq olish soliq tuo‘lovchini og‘ir avxolga soliadi, natijada u bo‘lg‘usi
soliqni to‘lay olmay qoladi. Natijada byudjaetga pul tushishi qisqaradi.
Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun soliqlar firma topgan foydaning 40
foizidan oshmasligi kerak. Aks xolda firma rivojlana olmaydi.
Subsidiya va sanatsiya davlatning iqtisodiyotini boshqarishdagi kuchli moliyaviy
vositalaridan xisoblanadi.
Subsidiyalar:
*iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tartiban o‘zgartirish);
*eksport-import muvozanatlashtirib turish;
novatsiya (yangilikni o‘zlashtirish) ishlarini yo‘lga qo‘yish;
*ayrim
xududlarga yordam berish;
*konversiya (xarbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o‘tish)
maqsadida ajartiladi. qayd qilingan ishlar serxarajat bo‘lganidan subsidiya xarajatlari butunlay
yoki qisman qoplash uchun beriladi. Subsidiya davlatning moliyaviy yordami bo‘lib, byudjetga
qaytarib berilmaydi.
Subsidiya:
*jaxon bozorida milliy manfaatini ximoya qilish;
*dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar ekspertini to‘xtatib
turgan firmalarga
madad berish;
*zarur ish bilan shug‘ullanuvchi, lekin yangi, xali moliyaviy zaif firmalarini qo‘llab-
quvvatlash;
*davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish tutayotgan firmalarni siylash uchun beriladi.
Davlat tomondan iqtisodiyotni boshqarishning, tratiblashning yana bir muxim vositasi-bu
moliyaviy sanatsiya (sog‘lomlashtirish) dir.
Santsiya-iqtisodiyot uchun axamiyati katta korxonalarni teng xolatidan chiqarib,
ularning
normal ishlab turishini ta’minlash xamda korxonalarni ommaviy bakrot bo‘lishiga yo‘l
bermasdan, rag‘obatchi korxonalar soni kerakli me’yorda saqlab turish maqsadlarida amalga
oshiriladi.
anktsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
*korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar xisobidan to‘lash;
*qarzni to‘lash muddatini kechiktirish;
*qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman olmaslik;
*korxonaga soliqdan
engillik berish;
*soliqni kreditga aylantirish;
*korxonaga byurtma berib, uning xaqini oldindan to‘lash;
*subsidiya ajratish;
*korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning santsiyadagi ishtiroki ikki shartni xisobga oladi. Birinchi-korxonaning milliy
yoki xududiy iqtisodiyot uchun axamiyati katta bo‘lishi kerak, ikkinchi-korxonaning tang
axvolga tushib qolishga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob’ekti sabablar bo‘lishi lozim.
Davlatning korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan tao‘dirdagina unga qo‘l uriladi.
Yomon ishlagan, bozor talabiga moslasha olmasdan moliyaviy inqirozga yuz
tutgan korxonaga
davlat yordam bermaydi, chunki bu bozor qoidalariga zid keladi.
2 Amir Temur tuzuklari. Toshkent, 1991, 98 bet.
Transfert to‘lovlarining boshqarishdagi axamiyati kattadir. Chunki, bozor iqtisodiyotiga
o‘tish daromadlarning keskin farqlanishi, axolning turmush darajasi bo‘yicha tabaqalashuvi bilan
birga yuz beradi. Jamiyatning xaddan tashqari boylar va xaddan tashqari kambag‘allardan iborat
qutblarga ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini o‘z
zimmasiga olishga majbur bo‘ladi.
Bunday taksimlash shaxsiy daromadlarni progressiv solikka tortishi
va transfert tulovlari
orkali amalga oshiriladi.
Bu to‘lovlar:
xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari;
ijtimoiy extiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin;
Ijtimoiy extiyojlarga ajratilgan transfert to‘lovlarni kam ta’minlangan axoli guruxlariga,
nogironlarga, qariyalar va boquvdagi kishilarga xamda ishsizlarga nafaqalarni to‘lash ko‘rinishida
bo‘ladi.
Transfert to‘lovlarni to‘lashning xam optimal chegaralari mavjud. Gap faqat ushbu
maqsadlar yo‘lida foydalanishi mumkin bo‘lgan byudjet mablag‘larining mavjudligida emas.
Agar jamiyatda o‘rtaxollar qatlami juda yupqa bo‘lsa, u uncha katta bo‘lmagan g‘oyat
badavlat kishilar guruxiga ajralgan bo‘lsa, salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar yuz berishi xam
muqarrardir. Davlat bunday tabaqalanishga qarshi transfert ko‘rishi zarurdir.
Ikkinchi
tomondan, nafaqalarning axolining ko‘p sonli toifalarga yashash imkoniyatini
beradigan darajada katta miqdorda va xilma-xil bo‘lishi bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan mexnat
qilishga undashni barbod etishga, oldingi davlat-tekischilik taqsimotidan qolib kelayotgan
tayyorga ayyorlik
psixologiyasini mustaxkamlab, uni yangi bozor sharoitlariga maslashtirishga
qodir.
Shunday qilib, bu o‘rinda xam transfert boshqaruvi amalga oshiralayotgan konkret
sharoitlarni xisobga olgan xolda transfert boshqaruvning optimal varianti izlash zarur.
Boshqarishning ko‘rib chiqilgan iqtisodiy usullari o‘zaro bog‘liq qismlar tizimdir. Xo‘jalik
mexanizm optimal ishlashi uchun bu qismlarning boshqaruv ob’ektiga ta’siri doim oshib borishi
va faollashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: