1. Resurslar, mahsulotlar, daromadlarning doiraviy aylanish modeli va uning turlari



Download 28,38 Kb.
bet1/7
Sana08.12.2022
Hajmi28,38 Kb.
#881966
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Vаriаnt №17


Vаriаnt №17
1. Resurslar, mahsulotlar, daromadlarning doiraviy aylanish modeli va uning turlari.
2. Monopoliyaning turlari: Legal va sun'iy monopoliyalar.
3. Foyda normasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar.


  1. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va 
    firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga 
    sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatla olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan 
    daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar. 
    Quyida keltirilgan 1-chizmadan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima 
    iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy 
    xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab 
    chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, 
    noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. 
    Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari 
    kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi 
    kerak bo’ladi.
    Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab 
    chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori. 
    Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori 
    o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor 
    tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif 
    modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar 
    bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan 
    resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi. Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar 
    va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir 
    ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab 
    va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul 
    qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. 
    Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash 
    muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining 
    oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, 
    firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni 
    tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi. 
    Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni 
    ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va 
    resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish 
    masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga 
    transaktsion xarajatlar deyiladi.
    Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar 
    qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) 
    bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, 
    ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan 
    noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar 
    bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib 
    chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar. 
    Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
    umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
    doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
    makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni 
    davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
    firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma). 
    Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy 
    resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib 
    olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor 
    mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - 
    tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - 
    xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari 
    etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va 
    xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar 
    uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad 
    oladilar. 

  2. «Monololiya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, yunoncha «topos» - yagona, bitta va «rogeo» - sotaman) tarkib topsada. biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz: monopoliya -monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan xukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalarning birlashmalari).
    Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to’planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to’planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishini namoyon etadi.
    Ishlab chiqarish to’planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko’payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko’paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo’shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o’sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to’planishining moddiy asosi bo’lib kapitalning to’planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

    Download 28,38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish