tugallangan
deb hisoblanadi (
JK 297-moddasi 1-qismi
).
Nazarda tutish lozimki, o‘rtacha og’irlikdagi tan jarohati yetkazish
bu jinoyat tarkibi bilan qamrab olinadi va shaxsga qarshi jinoyat uchun
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar bo‘yicha qo‘shimcha
kvalifikatsiyani talab etmaydi.
Jinoyatning zaruriy belgisi – atrofdagilar uchun katta xavf
tug’diradigan qurollar, moddalar va predmetlar bilan muomala qilish
qoidalarini buzish va bu qoidalarning buzilishi bilan kelib chiqqan
jamiyatga xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababning bog’liqligidir.
Subyektiv tomondan
qurol bilan va boshqa moddalar, predmetlar
bilan muomala qilish qoidalarini buzish
qasddan
ham,
ehtiyotsizlikdan
ham sodir etiladi
.
Hamma vaziyatlarda kelib chiqqan oqibatlarga aybdor
faqat jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik ko‘rinishidagi ehtiyotsizlik
bilan munosabatda bo‘ladi. Agar harbiy xizmatchi ushbu jinoyatni sodir
etishda zararli oqibatlariga qasddan munosabatda bo‘lsa, unda qilmishni
shaxsga qarshi va mulkka qarshi jinoyatlar to‘g’risidagi tegishli moddalar
344
bo‘yicha kelib chiqqan oqibatlariga ko‘ra qo‘shimcha kvalifikatsiyalash
lozim bo‘ladi (mulkka zarar yetkazish «boshqa og’ir oqibatlar» belgisi
bilan qamrab olinadi –
JK 297-moddasi 3-qismi «b» bandi
).
Jinoyatning
motivi
va
maqsadi
qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun
ahamiyatga ega emas.
JK 297-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatning
subyekti
atrof-
dagilar uchun katta xavf tug’diradigan qurol, moddalar va predmetlardan
o‘z xizmat faoliyati bo‘yicha foydalanuvchi yoki ularni saqlashni,
tashishni yoki yetkazib berishni ta’minlovchi yoki ular yoniga kirishga va
ular bilan muomala qoidalarini buzadigan harbiy xizmatchi bo‘ladi. Bu
harbiy xizmatchi oddiy askar va serjant, shu bilan baravar starshina tarkibi,
ofitserlar, harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy
xizmatchilar hamda harbiyga majburlar, o‘quv va tekshiruv yig’inlariga
chaqirilganlar bo‘lishi mumkin.
Agar ko‘rib chiqilayotgan jinoyat atrofdagilar uchun katta xavf
tug’diradigan moddalar va predmetlarga egalik qilish uchun qonuniy
asoslari bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilsa, ular JK boshqa
moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortilishlari lozim.
Agar qo‘mondonlik tarkibidagi mansabdor harbiy xizmatchi shaxs
atrofdagilar uchun katta xavf tug’diradigan ko‘rsatilgan modda va pred-
metlar bilan muomala qilishning yetarli xavfsizligini ta’minlamasa yoki
ular bilan muomala qilishning o‘rnatilgan qoidalariga rioya qilishni
nazorat qilish bo‘yicha vazifalarini yetarli darajada bajarmasa, ular
xizmatga sovuqqonlik bilan qarashganliklari uchun javobgarlikka
tortilmoqlari lozim (JK 302-moddasi).
JK 297-moddasi
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadigan qilmishlardan,
qorovul, chegara va boshqa maxsus xizmat o‘tayotgan shaxslar tomonidan
tegishli nizomlarning talablarini buzish bilan inson qurbonlariga va boshqa
og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘qotar qurollarni qo‘llash
holatlari farqlanishi lozim. Bunday holatlar o‘zida qorovul yoki boshqa
maxsus xizmat o‘tayotganda qurol qo‘llash nizom qoidalarini buzishni
ifodalaydi va alohida qismning tegishli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya
qilinishi lozim.
345
Do'stlaringiz bilan baham: |