Bog'liq Tashkilotlarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini taxlil qilish
Tashkilotlarida baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini taxlil qilish. Sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalarning sabablarini shartli ravishda oltita guruxga bo’lish tavsiya etiladi.
Tashkiliy
Qurilishdagi baxtsiz xodisalarni ushbu sabablarga kura nisbattan taxlil kilinsa ularning takrorlanishining oldini olish mumkin bo’ladi.
Qurilishda mexnat muhofazasini boshqarishni to’g’ri tashkil qilish va sodir bo’lgan baxtsiz xodisalarni taxlil qilish maqsadida statistik usuldan foydalanamiz.
Statistik usul bu usul Qurilish tashkilotlarida statistik xisobga olingan baxtsiz xodisalar tafsilotlarini chukur urganishga asoslangan. Statistik usul baxtsiz xodisalarni kamaytirish borasida chora – tadbirlar qurish uchun amaliy ma’lumot beradi va Qurilishda baxtsiz xodisalarni ta’riflovchi takrorlanish koeffitsenti, baxtsiz xodisaning murakkablik koeffitsenti baxtsizliklarning umumiy ko’rsatkichini va ulim yoki butunlay nogironlik bilan tugagan baxtsizlik koeffitsentlarini olish imkoniyatini beradi. Takrorlanish koeffitsent (K ) 1000 ishchi xisobiga ma’lum vaqt davomida qurilish tashkilotlarida to’g’ri keladigan baxtsiz xodisalarning o’rtacha miqdorini ko’rsatadi uni quyidagi formula orkali aniqlash mumkin;
bunda; B- ma’lum vaqt ichida jaroxatlanganlar, baxtsiz xodisalar soni;
I - shu vaqt ichida tashkilotda ishlagan ishchilarning o’rtacha soni;
Baxtsiz xodisaning murakkablik koeffitsenti xar bir baxtsiz xodisalar tufayli o’rtacha yo’kotilgan ish kunlarining miqdorini ifodalanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi;
bunda : Ya – baxtsiz xodisaga uchraganlar tomonidan yo’kotilgan ish kunlari soni;
B – shu davr ichida bo’lgan baxtsiz xodisalar soni;
Baxtsizliklarning umumiy ko’rsatkich koeffitsent oldingi takrorlanish koeffitsenti, baxtsiz xodisaning murakkablik koeffitsenti ko’paytmasidan iborat, ya’ni
To’rtinchi ko’rsatkich eng ogir bo’lib, ulim yoki butunlay nogironlik bilan tugagan baxtsizliklarni ifoda etadi, ya’ni quyidagicha topiladi.
bu yerda, U - o’lim yoki nogironlik bilan tugagan baxtsizliklar soni,
B – jami baxtsizliklar soni;
Qurilish vazirligidagi barcha tashkilotlarda sodir bo’lgan barcha baxtsizliklar anashu ko’rsatkichlar yordamida baxolanib, chizma diagrammalar shaklida izoxlanadi. Bu uz navbatida sodir bo’lgan baxtsizliklar xakida kengrok tushuncha olishga yordam beradi.
Qurilish montaj boshqarmasini (QMB) besh yillik faoliyatidagi olingan boshlangich ma’lumotlarga asoslanib, takrorlanish koeffitsenti, baxtsiz xodisaning murakkablik koeffitsenti, tashkilotning shikastlanishlarning ko’rsatkich darajasi va turtinchi ko’rsatkich darajasi eng ogir bo’lib ulim yoki butunlay nogironlik bilan tugagan baxtsizlik koeffitsentlari xisoblanadi va shu asosda diagrammasi chiziladi.