Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

tugallangan 
deb hisoblanadi. 
JK 295-moddasi 2-qismi
mazmunida 
ishdan chiqarish
deganda, 
qurolni, o‘q-dorilarni, harakatlanish vositalarini, texnika ta’minoti 
buyumlarini ulardan maqsadli foydalanish uchun qisman yoki to‘la 
yaroqsizlikka keltirish tushuniladi. 
Ko‘rsatilgan predmetlarni ishdan chiqarish ularni qisman yoki to‘la 
yaroqsiz holatga keltirilgan vaqtdan boshlab 
tugallangan
hisoblanadi. 
JK 295-moddasi 2-qismida
nazarda tutilgan jinoyatning 
subyektiv 
tomoni qasddan 
yoki 
ehtiyotsizlikdan 
sodir etiladi

Ko‘rsatilgan 
predmetlarni ishdan chiqarish qasddan yoki ehtiyotsizlikdansodir etiladi. 
Yo‘qotish – faqat ehtiyotsizlikdandir. 
Jinoyatning 
motivi
va 
maqsadi
turlicha bo‘lishi mumkin va 
qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. 
Ushbu jinoyatning 
subyekti
qurol, o‘q-dorilar, harakat qilish 
vositalari, texnika ta’minoti buyumlari xizmatda foydalanish uchun 
ishonib topshirilgan harbiy xizmatchi bo‘ladi. 
337 


JK 295-moddasi 3-qismida
xizmatda foydalanish uchun ishonib 
topshirilgan qurol, o‘q-dorilar, harakat qilish vositalari, texnika ta’minoti 
buyumlarini behuda sarflash, yo‘qotish yoki ishdan chiqarish ularni ehtiyot 
qilish qoidalarining buzilishi oqibatida jangovar holatda sodir etilgan 
javobgarlik nazarda tutilgan. 
2-§. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast 
yetkazish (JK 296-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita obyekti 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarida o‘rnatilgan harbiy mulkni saqlash qoidalari bo‘ladi. 
JK 295-moddasidan farqli ravishda JK 
296-moddasida
nafaqat 
shaxsiy va xizmatda foydalanish uchun berilgan predmetlarni, balki har 
qanday harbiy mulkni asrash nazarda tutiladi. Qurol, o‘q-dorilar, 
harakatlanish vositalari va boshqa harbiy mulk davlat mulki hisoblanadi, 
shuning uchun ularni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish 
bilan bir vaqtda aybdor davlat mulkiga tajovuz qilgan bo‘ladi. 
Jinoyatning 
predmeti 
har qanday jangovar mulk bo‘lishi mumkin: 
qurol, o‘q-dorilar, harakat qilish vositalari, harbiy texnika va boshqa 
harbiy mulklar. 
(«Qurol», «o‘q-dorilar», «harakat qilish vositalari» tushunchalari 
to‘g’risida JK 295-moddasi tahliliga qarang.) 
Harbiy texnika
o‘z ichiga jangovar harakatlar olib borish uchun, 
shaxsiy tarkibni ularni boshqarishga o‘rgatish uchun, qo‘shinni kundalik 
faoliyatini ta’minlash uchun turli texnik vositalarni oladi. Jumladan, harbiy 
texnika predmetlariga: jangovar texnika (samolyotlar, vertolyotlar, tanklar, 
bronetransportyorlar, artilleriya qurollari, raketa komplekslari, jangovar 
vositalarni boshqarish tizimlari va h.k.), harbiy qismning muhandislik 
vositalari, trenajyorlar va boshqa o‘qitish texnik vositalari, aloqa 
apparaturalari, tungi ko‘rish asboblari va h.k. kiradi. Ko‘rsatilgan 
xususiyatlarga ega bo‘lmagan harbiy qismning boshqa mulklari (bo‘linma 
kazarmalaridagi televizor va h.k.) harbiy texnika predmetlari hisoblan-
maydi. 
338 


Ko‘rib chiqilayotgan modda nuqtai nazaridan, 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish