Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

harbiy aslaha-anjomlar
hisoblanadi. 
Kiyim-bosh va aslaha-anjomlar ofitserlar tarkibidagi shaxslarga va 
harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga 
shaxsiy mulk qilib beriladi, ularning bunday buyumlarni kimgadir berishi, 
yo‘qotishi yoki buzib qo‘yishi esa, javobgarlikni istisno qiladi. 
Muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar hamda ofitserlarga 
va harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy 
xizmatchilarga harbiy qismning mulki bo‘lgan inventar buyumlar ham 
berilishi mumkin. Ularni tasarruf etish, behudaga sarf etish mumkin 
bo‘lmay, davlat mulkini o‘qirlash tarkibini vujudga keltiradi. 
Qurol
deganda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy 
qismlarida (harbiy muassasalarida) qurollanishda, saqlashda yoki harbiy 
qismda foydalanishda turgan, o‘q-dorilarni qo‘llash yo‘li bilan jonli yoki 
boshqa nishonni nobud etishga mo‘ljallangan jangovar texnik qurilmani 
tushunish lozim. Bu vintovka, pistolet, karabin, avtomat, boshqa o‘q 
otuvchi qurol, minomyot, ognemyot, granatamyot, artilleriya tizimi, raketa 
uchirish qurilmasi va h.k. bo‘lishi mumkin. 
Sovuq qurol, shuningdek, o‘zi yasagan o‘q otish quroli yoki jangovar 
mo‘ljalga ega bo‘lmagan qurol (signal yoki qurilish pistoleti, simli-stvolli 
ov quroli) ushbu jinoyat predmeti hisoblanmaydi. 
Ayrim turdagi qurollar faqat ma’lum texnik qurilmalarga o‘rnatish 
uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin (samolyotlar, vertolyotlar, 
tanklar). Ularga aviatsiya pushkalari, tank pulemyotlari va h.k.lar ham 
kiradi, qator vaziyatlarda bunday turdagi qurollar faqat yordamchi 
qurilmalardan foydalanib harakatga keltirilishi mumkin, ular o‘z holicha 
qurol hisoblanmaydi (aviatsiya pushkalari uchun elektrik va pnevmatik 
privodlar). 
(Qurol tushunchasi to‘g’risida kengroq JK 247-moddasi tahliliga 
qarang.) 
O‘q-dorilar
deganda, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
harbiy qismlarida (harbiy muassasalarida) qurollanishda, saqlashda va 
334 


foydalanishda bo‘lgan jangga mo‘ljallangan texnik buyumlar, jonli 
nishonni yo‘qotish uchun bevosita munosabat uchun mo‘ljallangan 
portlovchi moddalar aslahalari yoki o‘q-dorilarni harakatga keltiruvchi, 
otuvchi, artilleriya, raketali, tegishli turdagi o‘q otish quroli yoki boshqa 
qurilmalar tushuniladi. Bular: jangovar o‘qlar, artilleriya va reaktiv 
snaryadlar, minomyotlarga minalar, granatamyotlarga granatalar va 
boshqalar. o‘q-dorilar bir martalik harakati bilan tavsiflanadi, chunki bir 
marta foydalanganda (to‘la yoki qisman) parchalanadi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish