Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


Subyektiv tomondan JK 274-moddasida



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Subyektiv tomondan JK 274-moddasida
nazarda tutilgan jinoyat 
to‘g’ri qasd
bilan sodir etiladi. Aybdor o‘zga shaxsni giyohvandlik 
193 


vositalari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa 
moddalarni iste’mol qilishga unatish, aldash, ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik 
ishlatish yo‘li bilan yoki boshqacha usulda jalb etayotganini anglaydi va 
ushbu shaxs bunday vositalar yoki moddalarni iste’mol qilishini istaydi.
Maqsad
va 
motivlar
jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun 
ahamiyatga ega emas.
16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs jinoyat 
subyekti 
bo‘lishi 
mumkin.
Voyaga yetgan shaxs giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki shaxs-
ning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga 
voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan bo‘lsa, u holda qilmish JK 127-
moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs boshqa voyaga yetmagan 
shaxsni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka ta’sir 
etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga jalb etishi 
JK 274-moddasi 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga 
jalb etishni JK 273-moddasida nazarda tutilgan ushbu moddalarni qonunga 
xilof ravishda o‘tkazishdan farqlash lozim. Giyohvandlik vositalari yoki 
psixotrop moddalarni tarqatish shakli hisoblangan o‘tkazish, ya’ni o‘zga 
shaxslar ixtiyoriga va tasarrufiga berish ko‘rsatilgan vositalar yoki 
moddalarni pulga yoki tekinga sotishning har qanday usullarini nazarda 
tutadi. Giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddani o‘zga shaxsga 
o‘tkazishning oddiy usuli, ya’ni ularni sotish, hadya qilish, qarz evaziga 
berish, qarzga berish, ayirboshlash va h.k.lar o‘z mazmuniga ko‘ra, jalb 
etuvchi mazkur qilmishga o‘zga shaxsni og’dirayotganda qo‘llaydigan 
usullar bilan mos kelmaydi, chunki bu doim giyohvandlik vositalari yoki 
psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish maqsadida ruhiy ta’sir 
o‘tkazishni nazarda tutadi, bu esa o‘tkazishga xos emas. Binobarin, agar 
o‘tkazish jabrlanuvchida unga o‘tkazilayotgan giyohvandlik vositasini 
iste’mol qilishga mayl uyg’otish maqsadida unga ruhiy ta’sir o‘tkazish 
bilan birga amalga oshirilgan bo‘lmasa, u faqat JK 273-moddasida nazarda 
tutilgan jinoyatni tashkil qiladi.
194 


Jalb etishda jalb etuvchining dastlabki tashabbusini mazkur 
jinoyatning zaruriy sharti deb hisoblash lozim. o‘tkazish doim giyoh-
vandlik vositasi yoki psixotrop moddani sotish chog’ida yuz beradi va 
bunda kim tashabbus ko‘rsatgani ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Agar 
giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda uni olishni istagan shaxsning 
iltimosiga, tashabbusiga binoan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bu moddalarni 
iste’mol qilishga jalb etish tarkibi mavjud bo‘lmaydi, qilmish o‘tkazuvchi 
uchun JK 273-moddasi bilan, oluvchi uchun esa, maqsadga qarab, JK 273-
moddasi yoki 276-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda haq evaziga o‘tkazilgan 
bo‘lsa, ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning majmui mavjud bo‘lmaydi. 
Bunday o‘tkazish harakatlari, odatda, jalb etish bilan bog’liq bo‘lmaydi, 
chunki ularni sodir etishga tamagirlik niyati turtki berib, bundan naf 
ko‘rish maqsadi ko‘zlangan bo‘ladi. 
Motiv va maqsad aybning mazmunini belgilaydi, ya’ni o‘tkazuvchi 
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazar ekan, shu 
tariqa ularni iste’mol qilishga o‘zga shaxsni jalb etishni emas, balki 
ko‘rsatilgan vositalar yoki moddalarni sotishni va bundan moddiy foyda 
olishni ko‘zlaydi. Ammo jalb etish haq evaziga o‘tkazish bilan birga 
amalga oshirilgan taqdirda jinoyatlar majmui mavjud bo‘ladi. 
Giyohvandlik vositalarini birovga mehmon qilish tariqasida tekinga 
o‘tkazish yuz bergan va bu vaqt jihatidan ularni iste’mol qilishga 
ishontirish yoki majburlash (jalb etish) bilan mos kelgan taqdirda ham qil-
mish jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish