Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o


-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

5-§. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar 
ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish
qoidalarini buzish (JK 275-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita asosiy obyekti
giyohvandlik vositalari, 
psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tarqatish bilan 
shug’ullanuvchi davlat korxonalari, tashkilotlar, muassasalarning normal 
faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. 
Qo‘shimcha obyekt
– 
aholi sog’lig’ining xavfsizligi hisoblanadi. 
196 


Jinoyatning 
predmetini
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop 
moddalar tashkil etadi.
(Mazkur tushunchalar mazmuni JK 270-moddasi tahlilida batafsil 
berilgan.) 
JK 275-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatning 
obyektiv tomoni
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, 
saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan 
qoidalarini buzish bilan tavsiflanadi. 
Ko‘rib chiqilayotgan norma blanket dispozitsiyali bo‘lib, javobgarlik 
normativ hujjatlarda ifodalangan, ko‘rsatilgan vositalar yoki moddalarni 
ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishga 
taalluqli bo‘lgan qaysi maxsus qoidalar aybdor tomonidan buzilganini va 
uning qaysi konkret qilmishida bu qoidabuzarlik namoyon bo‘lganini 
aniqlash zaruriyatini belgilaydi. Ko‘rsatilgan qoidalarni tartibga soluvchi 
normativ hujjatlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi-
ning «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning 
muomalada bo‘lishi bilan bog’liq faoliyatni litsenziyalash to‘g’risida» 
2003 yil 16 iyundagi 315-son qarori; Giyohvandlik vositalari, psixotrop 
moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi 
to‘g’risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2003 yil 26 iyundagi 288-son qaroriga ilova); O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik 
vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lish 
tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash to‘g’risida» 2003 yil 29 
oktyabrdagi 472-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirligi va Ichki ishlar vazirligining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop 
moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g’risida 
Nizomni tasdiqlash haqida» 2001 yil 17 iyundagi 2/2-son qarori (Adliya 
vazirligi tomonidan 2001 yil 11 iyulda 1048-son bilan davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan); 
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va 
prekursorlardan tibbiy maqsadlarda foydalanish tartibi (O‘zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2001 yil 19 yanvardagi 29-son 
buyrug’iga 1-ilova); Giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekur-
197 


sorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari 
to‘g’risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash 
vazirining 2001 yil 28 noyabrdagi 527-son buyrug’i bilan tasdiqlangan, 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001 yil 29 dekabrda 
1090-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) va boshqa hujjatlar kiradi. 
«Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g’risida»gi 
Qonunning 18-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari va psixotrop 
moddalarini ishlab chiqish faqat davlat ehtiyojlari uchun buyurtmaga 
muvofiq mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan davlat ilmiy-
tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy maqsadlarda 
foydalaniladigan yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Shu Qonunning 19-moddasiga muvofiq II ro‘yxatga kiritilgan 
giyohvandlik vositalarini Qonunda belgilangan maqsadlarda 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish