Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Dengiz yoki daryo kemasi
– dvigatellar, yelkanlar yordamida hara-
katlanuvchi, passajirlar va yuklarni suv yo‘li orqali tashishga mo‘ljal-
langan, shuningdek, maxsus buksirlar, yer qa’ridan qazib oluvchi, qayta 
ishlovchi ilmiy, sport va h.k. transport vositalari. Kemaning qaysi idoraga 
taalluqliligi va mulkchilik shakli qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Motorli qayiqlar, baydarkalar, suv hajmi katta bo‘lmagan 
yaxtalar ushbu jinoyatning predmeti bo‘la olmaydi. Bunday predmetlarni 
olib qochish transport vositasini olib qochish sifatida JK 267-moddasi 
bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Obyektiv tomondan
jinoyat temir yo‘lning harakatlanadigan 
tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab 
olishda ifodalanadi. 
NOTA BENE ! 
Olib qochish 
deganda, temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibi, havo, 
dengiz yoki daryo kemasining bunga huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan, 
transportning ana shu turlari uchun mas’ul shaxslarning ruxsatisiz, har xil 
usullar bilan bir yerdan ikkinchi yerga o‘tkazilishi tushuniladi.
Olib qochish ko‘rsatilgan predmetlarning joyini har bir usul bilan 
fazoda o‘zgartirish paytidan boshlab 
tugallangan
hisoblanadi. 
Yerda bo‘lgan havo kemasini olib qochish uning uchishi bilan, 
bundan avval kemani bosib olish amalga oshirilganligi yoki oshiril-
maganligidan qat’i nazar, tugallangan hisoblanadi. Havoda kema u uchun 
belgilangan yo‘nalish jinoyatchilarning talabiga asosan o‘zgargan paytdan 
boshlab tugallangan hisoblanadi. 
136 


Transport vositasini olib qochish uchun javobgarlik kema jinoyat-
chilar yoki ekipaj a’zolari tomonidan boshqarilishiga bog’liq emas, 
aksariyat hollarda, kemani jinoyatchilar nazorati ostida bo‘lgan ekipaj 
boshqaradi. 
Qayd etilgan predmetlarni 
egallab olish
deganda, ana shu pred-
metlarni bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazishni ko‘zlab, amalda ularning 
ustidan nazorat o‘rnatilishi tushuniladi. 
Egallab olish zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatilmasdan sodir etilishi 
mumkin. 
Ko‘rsatilgan turdagi transport vositalarini ekipaj a’zolari, passajirlar, 
qorovullar va h.k.larga zo‘rlik ishlatib yoki zo‘rlik ishlatmasdan yoxud 
ularni aldash yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash 
egallab olish
deb 
tushuniladi. Egallab olish transport vositasining harakatlanishi ustidan 
faktik nazoratning o‘rnatilishidir. 
Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo 
kemasini egallab olish qayd etilgan vositalarga amalda ega bo‘lish, 
aybdorning ularni o‘z bilganicha idora qilishi boshlangan paytdan 
tugallangan
deb hisoblanadi. 
Temir yo‘lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo 
kemasini olib qochish yoki egallab olish aybdorning o‘z xususiy mulki 
bo‘lmagan yoki xizmat vazifasiga ko‘ra unga biriktirilmagan ko‘rsatilgan 
transport vositalarining biriga egalik qilishini bildiradi. Aybdor ushbu 
transport vositasini tasarruf qilish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak, aks 
holda jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish