3.2. Soliqlar auditini o‘tkazish va uni takomillashtirish
Soliqlar auditida byudjet bilan olib boriladigan hisob-kitoblar auditor jiddiy
e’tibor berish lozim bo‘lgan murakkab ob’ekt hisoblanadi. Birinchidan, byudjetga
to‘lanadigan soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanganligi va to‘langanligi uchun
korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilishining oldini olishga
yordam beradi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq
inspeksiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul
qilinmasligi ham mumkin. So‘ngi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik
xulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir.
Agar auditor xulosasi davlat byudjeti manfaatlariga zid, amaldagi
50
qonunchilikka va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi
aniqlansa, amaldagi sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditor yoki
auditorlik firmasi auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga huquq beradigan
litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to‘lanishini tekshirishdan oldin
soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’yicha ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, soliqqa
tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi kerak.
Auditor soliqlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda
malakali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to‘liq hamda o‘z vaqtida bo‘lishi
uchun mas’ul bo‘lmog‘i lozim. Byudjet bilan hisob-kitoblarda korxona
buxgalterlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatish bilan auditor ushbu
korxonaga soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llaniladigan moliyaviy jazo choralari
bilan bog‘liq bo‘lgan zararlardan qutilib qolishga yordam beradi.
Shunning uchun u soliqlarga doir hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va ularning
O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida o‘tkazib
berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Soliqlar bo’yicha qarzlar yuridik shaxslarning byudjet oldidagi majburiyati
bo’lib hisoblanadi va odatda, ma’lum sanada to‘lanadi. Soliq qonunchiligining tez-
tez o‘zgarishi va me’yoriy-hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir
hisob-kitoblarda tasodifiy xatolarni kelitirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo’yicha
qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi
mumkin:
-
soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun
hujjatlari va yo’riqnomalarning noto‘g‘ri qo‘llanishi;
-
soliq stavkalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi;
-
soliqqa tortiladigan bazaning noto‘g‘ri aniqlanishi;
-
penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi.
Buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
-
soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim
etish;
-
soliq organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning buzib
51
ko‘rsatilishi yoki yashirilishi;
-
byudjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod
etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto‘g‘ri
turkumlash yoki hisob-kitob qilish;
-
soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz olish uchun bosh va sho’ba
korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks
ettirish.
Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo‘llash, soliq
solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to‘lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash
va hakazo talablar aks ettiriladi.
Soliq majburiyatlarining noto‘g‘ri aniqlanishi katta moliyaviy yo‘qotishlar
keltirib chiqarishini hisobga olib, auditorlar ushbu uchastkada tekshiruvlarni
tashkil etish va o‘tkazish texnologiyasiga alohida e’tibor berishlari lozim.
Tekshiruvlarni muvoffaqiyatli o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
-
byudjet
bilan
hisob-kitoblarni
tekshirishga
yuqori
malakali
mutaxassislarni jalb qilish;
-
xodimlarni soliqqa tortish masalalariga oid tezkor axborotlar va
me’yoriy-hujjatlar bilan ta’minlash;
-
auditorlar oddiy kundalik muammolar ustida takroran ishlamasliklari
uchun korxona ichida soliqqa tortishning dolzarb masalalariga doir axborotlar va
ishlanmalarni almashishni tashkil etish;
-
mijoz tomonidan taqdim qilinadigan, soliqqa tortish masalalariga doir
yozma axborotlar sifatini samarali nazorat qilish;
-
korxona ichida soliq bo’yicha maslahat berish texnologiyasini barpo
qilish va byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish natijalari bo‘yicha
rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan ishchi hujjatlarining maxsus shakllarini ishlab
chiqish.
Soliq bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditorlik
amallariga shaklan rioya qilinishigagina tayanish mumkin emas. Shuning uchun
soliq bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar ahvoli to‘g‘risida yakuniy xulosani
52
auditorlar guruhining rahbari qilishi kerak. U soliqlar bo’yicha aniqlangan barcha
tafovutlarni va ularning soliqqa tortiladigan bazaning shakllanishiga ta’sirini
baholash imkoniga ega.
Soliqlar ichida qo’shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxonaning
moliya-xujalik faoliyatiga eng katta ta’sir ko‘rsatib, hisob-kitob qilishda ham,
tekshiruv o‘tkazishda ham hammadan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu
boisdan soliqlar auditida QQS va aksiz solig‘i auditini alohida o‘rganishga e’tibor
qaratishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Auditor QQS bo‘yicha qo‘llanilgan imtiyozlarning hamda ishlab
chiqarishga sarflangan moddiy resurslar uchun mol etkazib beruvchilarga
to‘langan QQSning xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlar uchun korxona
hisoblagan QQS dan oshgan summalarining to‘g‘riligini tekshirishi kerak.
Soliqlar va bo‘nak to‘lovlarining o‘z vaqtida byudjetga o‘tkazilishi ham
tekshirilishi kerak. Soliqqa tortiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasi
qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shmasdan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga
qo‘llaniladigan bahosi va ta’rifi qiymati bilan aniqlanadi. Ammo, aksizosti
tovarlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan oborotni aniqlashda unga aksiz summasini
ham qo‘shiladi.
Korxonalarni soliq qonunchiligiga muvofiq ularni qo‘shilgan qiymat
solig‘idan ozod qilingan aksariyat hollarda xarid qilingan mahsulotlari uchun mol
yetkazib beruvchilarga to‘lanadiga qo‘shilgan qiymat soliq summasi ishlab
chiqarish xarajatlariga olib borishadi. Bunday holatlarda xarajatlarni sun’iy
oshirish, ya’ni soliq to‘lanishi lozim bazani kamaytirish deb qaralishi bilan bir
qatorda korxona iqtisodiy faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi hamda rentabellik
darajasini pasayishiga olib keladi.
Avvalombor, korxonalarda bilvosita soliqlar hisobini auditini hisob-faktura
asosida auditdan o‘tkazish soliqlar hisobini qanchalik to‘g‘ri yuritilganligini
ko‘rish mumkin.
Korxonada soliqlar auditining asosiy maqsadi soliqlarning barcha turlari
bo‘yicha hisoblar to‘g‘ri tashkil etilishi, ular to‘liq va o‘z vaqtida byudjetga
53
o‘tkazilishi, soliq to‘lovlarining kechiktirish sabablari va boqimandalar qaysi
schyotlarga o‘tkazilganligi, mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligiga aybdor
shaxslarga nisbatan va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish uchun qanday
choralar ko‘rilganligini aniqlashdan iboratdir. Soliqlarni tekshirishda auditor
xo‘jalik yurituvchi sub’ektga soliqlarning noto‘g‘ri hisoblanishi hamda ular o‘z
vaqtida byudjetga o‘tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko‘riladigan
jarima va boshqa choralari bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni oldini
olishga yordam berishi lozim.
Korxonada soliqlar bo‘yicha tekshiruvning asosiy manbalari quyidagilar
hisoblanadi:
-
soliqlarning alohida turlari bo‘yicha ma’lumotnomalar va hisoblar;
-
tegishli summalar byudjetga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dastlabki
hujjatlar ilova qilingan bank ko‘chirmalari;
-
soliq
idoralari
tomonidan
o‘tkazilgan tekshiruvlar bo‘yicha
dalolatnomalar;
-
buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha yozuvlar;
-
jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari;
-
Bosh kitob;
-
buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va
boshqalar.
Auditorlik tekshiruvida soliqlar sinchkovlik bilan tekshiriladi, chunki
ushbu to‘lovlarning byudjetga to‘lanadigan barcha to‘lovlar va yig‘imlar
tarkibidagi nisbati kattadir, shuningdek, soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik va
buning oqibatida kelib chiqadigan moliyaviy jazolar (jarima, boqimandalar)
o‘rganib chiqiladi.
Tekshiruv jarayonida soliqlarning barcha turlari bo‘yicha hisobot davrining
oxiriga aylanmalar va qoldiq to‘g‘ri chiqarilganligi aniqlanadi. Buning uchun
to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha tahliliy hisob ko‘rsatkichlari jurnal-orderlar va
hisobning boshqa registrlari, Bosh kitob va balansning 6400, 4400-sonli schyotlari
guruhi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
54
Tekshiruv vaqtida aniqlangan kamchilik va xatoliklar auditorning ishchi
hujjatlarida va auditorlik hisobotida qayd etiladi.
Soliqlar auditining bir necha aniq masalalarini hal etishda yoki
schyotlarning qoldig‘i uncha katta bo‘lmaganda faqat bir tahliliy amal tufayli
yetarlicha dalil olish mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda, auditorlik daliliy
ma’lumotlarini yetarliligi talab darajasida bo‘lishi uchun tahliliy amallar natijalari
asosida qo‘shimcha axborotlarni olish zarur bo‘ladi.
Tahliliy amallarni bajarish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi:
o‘tkaziladigan amalni maqsadini belgilash, testlarni rejalashtirish, testlash,
natijalarni tahlil qilish va xulosalar olish.
Tahliliy amallardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
-
mijoz biznesi bilan tanishish;
-
korxona
moliya-xo‘jalik
faoliyati
uzluksizligining
istiqbolini
baholash;
-
mijoz hisob va hisobotida ko‘zda tutiladigan kamchiliklarning o‘rnini
aniqlash;
-
moliyaviy hisobotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash;
-
auditorlik tekushiruvining asosiy bosqichida detallashgan testlar
sonini qisqartirish.
Tahliliy amallar tarmoq xususiyati va mijoz biznesi bilan tanishishda eng
keng tarqalgan usullardan biridir. Auditor o‘tgan yillarda olgan bilimlari va
tajribalaridan joriy davrdagi tekshiruv jarayonlarini rejalashtirishda foydalanadi.
Tahliliy amallar (o‘tgan yillardagi audit ma’lumotlarini joriy tekshiruv davridagi
ma’lumotlar bilan taqqoslashga asoslangan) xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan
muhim o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘l keladi. Bu o‘zgarishlar muhim
tendensiyalarni yoki tarmoq xususiyatiga doir hodisalarni aks ettirib, bu tendensiya
va hodisalar auditni rejalashtirishda albatta hisobga olinishi kerak. Shuningdek,
auditorlik tekshiruvining asosiy hamda yakuniy bosqichlarida ham tahliliy
amallardan keng foydalanish orqali tekshiruv samarasi oshishiga, vaqt hamda
xarajatlarning tejalishiga erishiladi. Soliqlar auditida tahliliy amallarni bajarishning
55
bir nechta turi mavjud (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |