Audit va iqtisodiy tahlil


“EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana13.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#664211
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
JUMAYEV BEKZOD SALIMOVICH TOGRI SOLIQLAR HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

“EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha 
muomalalarning aks ettirilishi
20
 
T/r 
Muomalalar mazmuni 
Summa, 
so‘m 
Debet 
Kredit 

Yagona soliq to‘lovi hisoblandi 
10589815.45 
9810 
6412 

Yagona soliq to‘lovi to‘landi 
10589815.45 
6412 
5110 
Agarda ushbu soliq turi bo‘yicha: 
1)
bo‘nak o‘tkazilganda: 
Debet 4412 - Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari – 3000000 
so‘m 
Kredit 5110 – Hisob-kitob schyoti – 3000000 so‘m; 
2)
yagona soliq to‘lovi hisoblanganda: 
20
“EXPRESS MAIL UNIVERSAL” MChJ ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzib chiqildi.


39 
Debet 9810 - Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar – 10598815.45 so‘m
Kredit 6412 - Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qarz – 10598815.45 so‘m; 
3)
bo‘nak hisobdan chiqarilganda: 
Debet 6412 - Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qarz – 3000000 so‘m 
Kredit 4412 - Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari – 3000000 
so‘m; 
4)
ortiqcha to‘langan summa qaytarilib olinganda: 
Debet 5110 – Hisob-kitob schyoti – 3000000 so‘m 
Kredit 6412 - Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qarz – 3000000 so‘m kabi 
buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Demak, har bir soliq turining hisobini to‘g‘ri yuritilishi uning buxgalteriya 
yozuvlarida to‘g‘ri aks ettirilishi bilan bevosita bog‘liq ekan. 
2.3. To‘g‘ri soliqlar hisobini takomillashtirish 
Iqtisodiy islohotlar olib borilayotgan bir paytda, shu jumladan bevosita 
soliqlarning moliyaviy hisobini yuritish sohasida ham bir qancha o‘zgarishlarni 
amalga oshirishni talab etadi. O‘tgan davrlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak 
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi, ijtimoiy himoya qilish 
tizimi ishlab chiqildi, davlat investitsiyalari orqali bir necha yirik ishlab chiqarish 
ob’ektlari ishga tushirildi, eng muhimi mulkchilikka bo‘lgan munosabat o‘zgardi 
va mustaqil tadbirkorlik faoliyati yuritish asosiy hayot kechirish manbai ekanligi 
kishilar ongida shakllanib ulgurdi.
Hozirda mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to‘laqonli 
shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda davlat byudjetining 
mablag‘lar bilan ta’minlash hamda ustivor yo‘nalishdagi iqtisodiy faoliyatini 
soliqlar vositasida qo‘llab-quvvatlash va soliq siyosatini takomillashtirib borishni 
talab etiladi. 
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish 
va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish 
hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim 


40 
shartlari hisoblanadi. 
Bugungi kunda yurtimizda soliq siyosatini takomillashtirish borasida bir 
qancha qonun hujjatlari imzolanmoqda. Xususan, 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston 
Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi 
Respublika Prezidentining PF-5468 sonli Farmoni chiqarildi. 
Ushbu konsepsiyada soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
yig‘iluvchanligi zaruriy darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator 
tizimli muammolar ko‘rsatildi, xususan: 
-
birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki 
darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va 
umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; 
-
ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz 
tizimi, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, 
iste’mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan 
hamda yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyani rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi; 
-
uchinchidan, soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va 
mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi 
soliq stavkalarining yuqoriligi; 
-
to‘rtinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni soliq va bojxona, shu 
jumladan, individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyoti, natijada sog‘lom raqobat muhitiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi imtiyozlarning samaradorligini nazorat va monitoring 
qilish tizimining mavjud emasligi; 
-
beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot 
almashish mexanizmlarining, elektron soliqlar ma’muriyatchiligi hamda soliq 
nazoratini amalga oshirishning shakl va uslublarining takomillashmaganligi; 
-
oltinchidan, o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga aralashishlarni 


41 
kamaytirishga to‘sqinlik qiladigan nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-
xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi; 
-
yettinchidan, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi 
mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularni yig‘iluvchanlik darajasi yetarli 
emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va 
qiymatini ob’ektiv aniqlashning mavjud emasligi. 
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017 — 2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq 
solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish 
vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik 
muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va 
xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib ushbu konsepsiyaning asosiy 
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
1) iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq 
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni 
to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish; 
2) soliqlarni unifikatsiya qilish yo‘li bilan ularni maqbullashtirish, o‘xshash 
soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini 
qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish; 
3) makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti va uning daromadlarini mustahkam shakllantirishni ta’minlash; 
4) soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida 
normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish
insofli soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini 
kuchaytirish; 
5) soliq solish masalalarini tartibga soladigan havola qiluvchi normalar va 
qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda soliq qonunchiligining 
barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining 


42 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan, kodeksda soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari miqdorlarini belgilash; 
6) xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, 
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; 
7) soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan, soliq solish 
ob’ektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini 
ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq 
operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish. 
Zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi – iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya 
muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishning 
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Shu sababli soliq nazoratining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz shakllari 
samaradorligini oshirish maqsadida kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan 
tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan 
taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish 
joriy etilmoqda.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat 
qilish inspeksiyasi tashkil etilib, uning faoliyati byudjet daromadlarini ko‘paytirish 
zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash, soliq va bojxona 
to‘lovlarining yig‘iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, Davlat byudjeti 
daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash, 
soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish ustidan 
nazoratni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Farmon qoidalarining amalga oshirilishi soliq ma’muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirishga xizmat qiladi, uning shaffofligini ta’minlaydi, bu esa, 
shubhasiz, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida o‘z aksini topadi. 


43 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish