46
III-BOB. O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI
VA MAHALLIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH
Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda
demokratik tuzumni shakllantiruvchi demokratik
tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari
hisoblanadi. Umumiy demokratik institutlarga yuqori
davlat organlarining saylanishi, saylovchilar yoki
deputatlar oldida saylab qo’yiladigan organlarning
mas’uliyati va hisobdorligi, vakolat muddati tugaganida saylab qo’yiladigan davlat
vakillik organlari tarkibining almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin.
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad
qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol
ishtirokini ta’minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi.
O’zbekistonda xalqni davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini
ta’minlashning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi.
O’zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o’tish, totalitarizmdan meros
bo’lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor
yo’nalishiga aylandi.
Qisqa davrda mamlakatda “fuqaro - jamiyat – davlat” tizimi qonuniy asosga
qo’yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo’lgan jarayon. Chunki,
uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi,
eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o’zaro
muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat
Fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va
rivojlantirshda
demokratik
institutlarning tutgan
o’rni
47
ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig’ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda
ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror
topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan
ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo’lgan an’anaviy, ijtimoiy-
siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat
demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan,
inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish
mumkin[39; 19-б.].
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari
shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng
o’rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning
e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat
institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Umuman olganda demokratik institutlar faoliyat ko’rsatayotgan hozirgi
sharoitda fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etishi turli yo’nalishlarda
kengayib bormoqda. Bularga:
– mehnat jamoalarida (mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar);
– noishlab chiqarish sohalarida;
– ta’lim-tarbiya maskanlarida;
– mahallalarda;
– mahalliy o’z-o’zini boshqarish idoralariga saylanish va uning kengashlari
orqali;
– turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar yoki harakatlar;
– jamiyatda mavjud boshqa turli xil nosiyosiy institutlar orqali jamiyatni
boshqarish jarayonlarida ishtirok etadi. Bunda ular o’z shaxsiy huquqlarini boshqa
shaxslar huquq va erkinliklari bilan uyg’un holda ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar,
uni anglab yetadilar. Shaxslar jamiyatni boshqarishda ishtirok etar ekan, o’z
huquqlarini boshqa shaxslar huquqlariga zid holda emas, aksincha konsensus
48
holatida bo’lish muhim ekanligini bu jamiyatni boshqarishning demokratik
tamoyillar bilan mos tushushini to’la hisobga olishga karatilgan siyosiy madaniyatga
ega bo’lib boradilar. Bu umumdemokratik rivojlanish qonunlari bilan mos tushadi.
Boshqacha aytganda, shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi dunyoda fuqarolik
jamiyatining asosi bo’lgan demokratik institutlarni shakllantirish va rivojlantirish
jarayonlariga doir islohotlar ham tobora yangidan yangi islohotlarni o’zida kasb etib
yanada chuqurlashib borishi tabiiy holdir.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida
insoniyat
oldiga
muayyan
maqsad
va
vazifalarning qo’yilishi hamda yangidan-yangi
muammolarning yuzaga kelishi o’z navbatida,
nodavlat
notijorat
tashkilotlari
faoliyat
yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z-o’zidan uning o’zgacha mohiyat kasb etishiga
olib keladi. Binobarin, nodavlat notijorat tashkilotlari bugungi kunda jamiyatni
demokratlashtirish va isloh qilish jarayonining ajralmas va zaruriy bo’g’iniga
aylanib bormoqda. Bunday sharoitda ularning funksiyalari doirasi kengayib borishi
hamda turli xil shakllarda namoyon bo’lishi obyektiv xususiyatga egadir.
Hozirgi kunda deyarli barcha nodavlat notijorat tashkilotlari mamlakatni
demokratik yo’nalishda rivojlantirish, muayyan sohalar yuzasidan inson huquq va
erkinliklarini himoya qilish, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali
nazorat o’rnatish kabi masalalarga o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida
qaramoqdalar. Nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashgan fuqarolar ular orqali
o’zlarining turli xil manfaatlari va huquqlarini amalga oshirishni ko’zlaydilar.
Bunday sharoitda nodavlat notijorat tashkilotlari oldiga fuqarolarning davlat
ishlarini amalga oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud
qonunchilikka nisbatan ijobiy munosabatlarini shakllantirish va shu orqali ularni
qonunga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda.
Umuman nodavlat notijorat tashkilotlarining demokratik islohotlarning samarasi va
davomiyligini ta’minlash borasidagi faoliyatlarini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
tahlil etish maqsadga muvofiq:
Do'stlaringiz bilan baham: |