Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/107
Sana13.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#663977
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
fayl 1617 20210825

Yoshlarda faol
fuqarolik pozitsiyasini 
shakllantirish omillari


40 
hollarda yoshlar fuqaroviy faollik ko’rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday 
faoliyat ko’rsata olmaydilar.
Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab bo’lganligi tufayli o’z 
istaklarini siyosatchilar oldida to’g’ri shakllantirishga qodir bo’lmaydilar. Boshqa 
tarafdan siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bo’lganligi tufayli yoshlar o’z 
manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda murakkabliklarga duch 
kelishlari mumkin. Shu tufayli ularning ba’zilari siyosiy partiyalarga a’zo bo’lishadi, 
aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qo’yadilar.
Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko’ngilli ishga chorlovchi istakning negizida 
har bir kishiga xos bo’lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, 
boshqalarga naf keltirish, o’zini namoyon qilish va muloqot istagi kishini faollikka 
yetaklaydi. Kishida ijtimoiy jihatdan e’tirofga bo’lgan ehtiyoj ham mavjud. 
Professional va hayotiy tajribani qo’llash istagi ham kishini shunday faoliyatga 
chorlashi mumkin. O’z imkoniyatlarini ishga solish, o’z g’oyalarini tatbiq etish 
istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Ijtimoiy 
jarayonlarga ta’sir ko’rsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham kishini faollikka 
yetaklaydi. 
Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli ko’rilmagan 
ko’makchiga aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar ro’y 
berayotgan, tug’ilayotgan va mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning 
yechimini topish va hukumatga taklif etish imkoniyatiga ega. Turli nodavlat 
tuzilmalaridagi yetuk mutaxassislar bozor munosabatlari sharoitida kutilmaganda 
ro’y beradigan muammolar, bozorning tartibga solish jarayonlarida yuzaga 
keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga ko’makchilik qilmoqdalar.
Ma’lumki bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy muammolar 
yuzaga kelaveradi, ammo ularning yechimini hukumat hamisha ham o’z vaqtida hal 
etavermaydi. Boshqacha aytganda, bunday muammolarni hukumat o’z vaqtida 
payqash imkoniyatiga ega emas. Shunday muammolar mavjudki, ularning oqibati 
jamiyat uchun qanchalik mudhish bo’lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki 
ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bo’lmaydi. Agar 


41 
hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli 
nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va bartaraf 
etish bo’yicha faol bo’lishga shart-sharoitlar yaratmas ekan, fuqarolik jamiyatini 
barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi. 
Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bo’lib, ular serqirra 
faoliyat yuritadilar. Masalan, jamiyatdagi ma’lumotlilik darajasini oshirish yoki 
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’yicha ma’lum tadqiqotlar olib 
borishadi va natijada parlamentga tegishli qonunlar va qonunlarga o’zgartishlar 
taklif etishlari mumkin. Bir so’z bilan aytganda, taraqqiyotni maqsad qilgan har 
qanday jamiyat uchun fuqaroviy faollikdan foydalanish, insonning o’zligida, uning 
qalbida 
mavjud 
bo’lgan birdamlik, saxiylik, 
bag’rikenglik kabi fazilatlarini shakllanishiga olib 
keladi. 
Huquqiy 
madaniyat 
bu 
aniq 
bir 
jamiyatda 
insonlarning ijtimoiy huquqiy yondashuvlarini amalga oshiruvchi meyorlar, 
qadriyatlar, yuridik institutlar, jarayonlar va shakllar majmuidir. U boshqa 
madaniyatlarga (moddiy, ma’naviy, siyosiy va b.) mos tushmagan holda, o’ziga xos 
moddiy, ma’rifiy va ideallar uyg’unligida ijtimoiy-madaniy makonda ma’lum bir 
joy egallaydi. Ma’lumki, jamiyatning huquqiy ongini oshirmasdan, har bir fuqaroda 
qonun talablariga hurmat qilishni tarbiyalamasdan, normativ hujjatlar talablarini 
kundalik hayotga bevosita tadbiq etish tarbiyasini shakllantirmay turib iqtisodiy, 
siyosiy, ijtimoiy masalalarni yechib bo’lmaydi. Shu sababli huquqiy madaniyatni 
huquqiy davlat qurish, huquqiy islohotlarni amalga oshirishda dastlabki asosiy 
masalalardan biri sifatida ko’rish mumkin. 
Huquqiy davlatni shakllantirish aholining huquqiy ongini oshirish 
jarayonining ajralmas qismidir. Bu o’z navbatida fuqarolik jamiyati shakllanishiga 
yordam beruvchi omildir. Bundagi asosiy e’tibor quyidagi yo’nalishlarda namoyon 
bo’ladi: 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish