149
yoki radioaloqa liniyasi bo‘ladi. Shuning uchun elektr zanjirlarida ko‘p signallarni
bir vaqtni o‘zida bitta liniyadan uzatish hozirgi kunda keng tarqalgan. Xabarlarni
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda uzatishni ta’minlovchi
texnik vositalar
yig‘indisi aloqa kanali deb yuritiladi. Shunday qilib, bitta aloqa liniyasi orqali bir
nechta aloqa kanalini hosil qilish mumkin.
Telemexanik tizimlar quyidagi xususiyatlarga ega:
-
ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida xabarlarni uzatishda katta
kechikishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki buning natijasida avariya holatlari kelib
chiqishi mumkin.
-
Buyruqlarni uzatishda yuqori ishonchlilikka ega bo‘lish lozim,
chunki
noto‘g‘ri axborotlar ham avariya holatlariga olib kelishi mumkin. Telemexanik
boshqaruvda, misol uchun, noto‘g‘ri axborot berilishining ehtimoli 10
-8
…10
-13
ni
tashkil etadi.
-
Teleo‘lchov axborotlari yuqori aniqlikda bo‘lishi talab etiladi (0,1%gacha).
Bajaradigan vazifalarigi ko‘ra quyidagi telemexanik qurilmalarni ajratib ko‘rsatish
mumkin: teleboshqaruv qurilmalari (TB) –
boshqaruv buyruqlarini uzatish, shu
jumladan ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, to‘xtatish, uskunalarni
holatini o‘zgartirish va boshqa maqsadlar uchun qo‘llaniladi; telesignallash
qurilmalari (TS) – nazorat qilinuvchi ob’ektlarning
holati hakida xabar berish
maqsadida qo‘llanadi. Teleo‘lchov qurilmalari (TO‘) – o‘lchanayotgan kattalikning
uzluksiz o‘lchanuvchi qiymatlari haqida ma’lumot beradi.
Ob’ektlarni boshqarishda ularning holati haqida axborotga ega bo‘lmay turib
boshqarishni amalga oshirib bo‘lmasligini hisobga olgan holda ko‘pincha
teleboshqaruv va telesignallash tizimlari birgalikda telemexanik tizim ko‘rinishida
beriladi (TB-TS). Shu bilan birga umumiy aloqa liniyasida kompleks telemexanik
tizimlarni ham qo‘llash keng tarqalgan. Bunday tizimlar TO‘, TS, TB ning hamma
vazifalarini bajaradi. Ko‘p hollarda telefon aloqasi ham shu guruxga qo‘shiladi.
Telemexanik tizimlar orqali uzatiluvchi axborotlar hajmi kengayib, hozirgi
kunda TB, TS, TO‘ tizimlari bilan bir qatorda integral parametrlarni o‘lchash,
telerostlash (TR), rostlagichlar uchun kodlash bo‘yruqlarini uzatish, telemexanik
150
tizimlarni teleavtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida xisoblash
mashinalari bilan ishlatish tavsiya etilyapti. Telemexanik tizimlarni yaratishda
integral sxemalar va mikroprotsessorlarni qo‘llash telemexanikani
rivojlantirishda
muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: