6.5. Gidravlik to‘sqichlar
Gidravlik to‘sqichlarda suvdan olinadigan energiya xisobiga suvni tarqatish
jarayonini avtomatik rostlash va oqimni me’yorlashni amalga oshirish mumkin.
Sug‘orish tizimlarida suv tarqatishni avtomatlashtirishda qo‘llanuvchi
to‘sqich avtomatlarning bir necha turi mavjud, sarfni to‘sqich avtomatik, Neyrnik»
tipidagi to‘sqich avtomatlar, qilinarli, to‘g‘ri xarakatlanuvchi avtomatik to‘sqichlar
va boshqalar.
«Neyrpik» tipidagi avtomatik to‘sqichlarga bir xil xolatga o‘rnatilgan
gidravlik to‘sqich-rostlagichlar bo‘lib, bu xolda to‘sqichni xolati rostlanuvchi
sathga mos keluvchi nuqta atrofida bo‘ladi.
Bu to‘sqichlar yordamida 3 xil usulda sathni rostlash mumkin. Yuqorida
b’ef bo‘yicha rostlashni amalga oshiruvchi avtomat-to‘sqich pastki be’f bo‘yicha
116
rostlashni amalga oshiruvchi hamda aralash rostlashni amalga oshiruvchi to‘sqich
–avtomatlarni sxemasi 6.2 - rasmda berilgan.
Yuqorida b’ef bo‘yicha rostlashda bitta datchik o‘rnatilgan bo‘lib,
o‘rnatilgan sathda to‘sqich bir tarafdan qarama-qarshi lekin bir biriga tang
momentlar ta’mirida, ya’ni to‘sqichni og‘irligidan xosil bo‘luvchi moment va
qarshi yuk momenti xisobiga ikkinchi tarafdan sath datchikiga ko‘rsatiluvchi
gidrostatik bosim ta’sirida o‘z holatida ya’ni balans holatida bo‘ladi.
6.2-rasm. Suv sarfini avtomatik to‘sqichi
sxemasi: a) bitta tusqichli; b) qushaloq
tusqichli; 1- suv chiqaruvchi qisim; 2-
suv tagidagi devorlar; 3-
qo‘shaloq egilgan kaziroklar; 4-
ko‘taruvchi mexanizim; 5- suriluvchi
to‘sqich;
6.3-rasm.
Suvni
sathini
me’yorlovchi «Neyrpik» tipidagi
gidravlik to‘sqichlarning sxemasi: a)
yuqori bef bo‘yicha; b) pastki bef
bo‘yicha; v) aralash rostlovchi; 1-
qalqovich; 2- to‘sqich; 3- aylanish
o‘qi; 4- qarshi yuk;
Agar to‘sqich oldidagi sath ko‘tarilsa yoki pasaysa tenglik yo‘qoladi va
to‘sqich berilgan satx o‘z holiga qaytishi uchun zarur bo‘lgan kattalikka ochiladi.
117
Rostlash jarayonida turli tebranishlarni ykotish maksadida to‘sqichlar tarkibiga
moyli amortizatorlar kiritiladi.
Pastki b’ef buyicha sathni stabellash to‘sqichi xam shu tartibda
xarakatlanadi, lekin sath datchigi pastki b’ef tarafidan o‘rnatiladi.
Aralash rostlovchi avtomat to‘sqich normal ish jarayonida pastki sath bo‘yicha
rostlashni amalga oshiradi, agar suv sathi yuqori b’ef bo‘yicha ko‘tarilib ketsa,
yoki suv yetishmasligi natijasida kelsa suv ko‘rib qolishi kuzatilsa avtomatik
ravishda yuqori b’ef bo‘yicha rostlash amalga oshiriladi. Bunday to‘sqichlar
mahsus kameraga joylashtirilgan ikkita sath datchigiga (membranali pukak) ega:
ularning biri yuqori, ikkinchisi pastki b’ef bilan bog‘langan. Yuqori b’ef datchigi
belgilangan sath yuqoriga ko‘tarilganda to‘sqichni ochadi, shuningdek sath
minimal qiymatga erishganda uni yopadi. Bir vaqtni o‘zida pastki b’ef
kamerasidagi datchik uning belgilangan sathini ushlab turadi.
GTI larni avtomatlashtirishda suvni sathini tekis to‘sqichlar yordamida
pastki b’ef bo‘yicha stabilovchi regulyatorning tarkibiy sxemasini ko‘rib chiqamiz
(5.4.-rasm).
Suvni berilgan sathi 1-topshiriq bergach (zadatchik) yordamida belgiladi va 2-
elementda amalda mavjud sath bilan solishtiriladi.
6.4. – rasm. Suvni sathni pastki bef bo‘yicha stabillovchi regulyatorning tartibiy
sxemasi.
Agar belgilangan sathdan chetga chiqish mavjud bo‘lsa 2-solishtirish elementi 3-
kuchaytirish bloki (nul-organ) yordamida 5-ishga tushirgich orqali 6-elektr
yuritilgani xarakatga keltiradi. Buni natijasida sath o‘zgarishi qiymati ishorasiga
118
ko‘ra 7-to‘sqich tengsizlik yo‘qotilguncha va belgilangan sath o‘rnatilguncha
ochiladi yoki yopiladi.
Sxemadan ko‘rinadiki, yopiq zanjirli rostlash tizimi tarkibiga kanalning
o‘lchash va rostlash elementlari 8-sath datchigi va 7-to‘sqich orasidagi masofaga
ega bo‘lgan qismi kiradi. Bu masofa bir necha un yoki yuzlab metr masofani o‘z
ichiga olishi mumkin. Shuning uchun bu holda 8-datchik oraligi bilan o‘lchangan
masofa bilan 7-to‘sqich oralig‘idagi boshlang‘ich masofa oralig‘ida kechikish vaqti
paydo bo‘ladi. Shuning uchun rostlash sxemasiga proporsional-impulsli rostlovchi
organ – 4 kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Bu rostlagich rostlash vaqtida
kechikish vaqtini yo‘qotishga xizmat qiladi. Bunday oraliqda rostlash jarayoni
to‘xtatiladi va to‘sqichning elektr yuritmasi o‘chiriladi. Bunday rostlagich
proporsional - integral rostlagich deb yuritiladi, chunki bu xolda berilgan impulslar
vaqti kelishmaslik vaqtiga proporsional ravishda o‘zgaradi. Shunday qilib, bunday
suv tarqatishni avtomatik boshqaruv tizimlarida boshqaruv ob’ekti sof kechikish
vaqtiga ega bo‘lgani uchun impulsli ARSlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
6.5-rasm. Kanaldagi sug‘orish tizimi rostlanuvchi parametrining o‘zgarish
tavsifnomasi.
Sug‘orish kanali boshqaruv ob’ekti sifatida sof kechikishdan tashqari inersion
kechikishga ega. Shuning uchun u kechikish vaqtiga ega bo‘lgan davriy inersion
bo‘g‘in ko‘rinishida berilishi mumkin (T - vaqt doimisi).
119
Bu holda vaqti tavsifnomalari kanalni sathini rostlash tizimi uchun 6.5 -
rasmda keltirilgan ko‘rinishda berilishi mumkin
Agar n-kirish kattaligi noldan birgacha sakrashsimon ravishda o‘zgarsa
2-chiqish signali ham toza kechikish vaqti bilan sakrashsimon tarzda o‘zgaradi ( t -
vaqti bilan) (5.5-rasm, a, b). Umumiy rostlash vaqti
t u
kirish signalining
o‘rnatilgan vaqtigacha bo‘lagan kattalikni o‘z ichiga oladi (v) t+(3….5) T, bu
yerda ikkinchi qo‘shiluvchi inersion kechikish vaqti xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |