121
6.6. Markazdan kochma nasos ish tartibini rostlash a)-mikdor jihatdan; a)-sifat
jihatdan
6.7. Nasos uskunalarini avtomatik boshqarish
Nasos uskunasi uning tarkibiga kiruvchi barcha gidromexanik elektr
uskunalari boshqaruv va nazorat datchiklari
bilan birgalikda mustaqil
avtomatlashtirish ob’ekti xisoblanadi. Nasos agregati va uning texnologik sxemasi
qanchalik murakkab bo‘lsa, uning mustahkam va ishonchli ishlashini ta’minlash
shunchalik murakkab bo‘ladi. Shuning uchun yordamchi uskunaning gidromexanik
sxemasini tanlashda imkon kadar oddiy va ishonchli qilib ishlashga xarakat
qilinadi. Bu holda datchiklar soni rele va boshqa avtomatlashtirish elementlari
kamayadi.
Nasos uskunalarining turli texnologik sxemalari – o‘qiy
va gorizantal
nasoslar uchun 6.7 -rasmda keltirilgan.
Nasoslarni ifloslanishi va kirish qismida turli mayda suzuvchi predmetlardan
saqlash maqsadida suruvchi kameraga kirish qismida tur o‘rnatiladi va u ish
jarayonida tozalashni talab qiladi. Turlarni ifloslik darajasi ularga suvni
ko‘tarilishi darajasi bilan aniqlanadi. Ifloslanish darajasini
nazorat kilish uchun
turgacha va turdan keyingi sath oraligidagi o‘zgarishni o‘lchovchi DRD 1 pribori
122
va nasoslarni turidan qat’iy nazar ularga o‘rnatiluvchi baliqlardan ximoyalovchi
vositani iflosligini nazorat qiluvchi DRD2 pribori o‘rnatilgan.
O‘qiy nasoslarni ochik surgich bilan ishga tushiriladi, shuning uchun uning
gidromexanik tizimida surgich yo‘q. Ko‘p hollarda o‘qiy nasoslarni parraklarini
suruvchi mexanizm bilan ishlanadi. Bu holda boshqaruv sxemasida bu mexanizm
yuritmsi tizimi va parraklarni burish ko‘rsatkichi «selsin-datchik-selsin-qabul
qilgich» ko‘rinishida beriladi.
Markazdan qochma nasosni ishga tushirish uchun agar u to‘ldirishga qo‘yilmagan
bo‘lsa nasosning ichki korpusi oldindan suv bilan to‘ldiriladi.
Ko‘p hollarda markzdan qochma nasoslarni yopik
surgich holatida ishga
tushiriladi. Bunda surgichning ochilishi oxirgi operatsiya hisoblanadi, RD datchigi
suvni bosimini nazorat qiladi., DT1 va DT2 datchiklari nasos podshipniklari
haroratini nazorat qiladi. Vertikal markazdan qochma nasosning konstruksiya
hususiyati shundaki uning elektr yuritmasi vertikal yordamida ulanadi.
6.7- rasm. Nasos uskunalarining texnologik sxemalari: a- o‘qiy nasoslar bilan; b-
markazdan qochma vertikal nasos bilan; v- markazdan qochma gorizantal nasos
bilan:
1- elektr matori; 2- baliqdan himoyalovchi to‘siq; 3- to‘r; 4- parrandalarni
aylantirish tizimi selsin –datchigi; 5- yog‘li vanna; 6- elektr matorini sovitish tizimi
magistrali; 7- yog‘li moylash tizimi; 8- yo‘naltiruvchi
podchshipniklarni moylash
uchun texnik suv magstrali; 9- vakuum-uskuna guruxi; 10- sirkulyatsiya baki.
123
Valni fiksatsiya qilish uchun 1,5…2m balandlikda yo‘naltiruvchi podshipniklar
o‘rnatiladi. Ular yordamida radial kuchlar hisobga olinadi. Yo‘naltiruvchi
podshipniklar suvli smazkaga ega va unga texnik suv magistrali ulanadi. Texnik
suv oqimi mavjudligi DS1, DS2 datchiklari yordamida nazorat qilinadi. Nasosning
aylanuvchi qismi massasi shuningdek qoldiq o‘kiy kuchlar vertikal elektr yuritma
tayanch qismi yordamida qabul qilinadi.
Elektr matori tayanch qismi,
podshipniklari yuqori va pastki yo‘naltiruvchi qismlariga moy quyib qo‘yiladi.
Odatda tayanch va podshipniklar suv bilan sovutiladigan moyli vannachalarda
joylashtiriladi. DT1…DT4 datchiklari tayanch va podshipniklar haroratini , D5
datchigi esa sovutuvchi suvni nazorat kiladi.
Boshqaruv sxemalarida qo‘llanuvchi apparatlar
soni va gidromexanik
sxemalarni murakabligiga ko‘ra nasos uskunalari 4 guruhga ajratiladi:
-boshqarilmaydigan yordamchi qurilmalarga ega bo‘lmagan nasos uskunalari
bunday uskuna nasos agregatini boshqarish asosida amalga oshiriladi.
-bosim quvuridagi tusqichli nasos uskunalari, lekin vakuum tizimiga ega emas:
-bosim quvuridagi tusqichli va indivudial vakuum nasosli nasos uskunalari:
-bosim quvuridagi induvidal tusqich va umumiy vakuum uskunaga ega bo‘lgan
nasos uskunalari.
Do'stlaringiz bilan baham: