68
Mikroprotsessor
arifmetik-mantiqiy qurilma, registrlar va
hisoblagichlar to‘plami, kiritish va chiqarish shinalari tizimi, boshqarish
va sinxronlashtirish qurilmalaridan iborat.
Arifmetik — mantiqiy qurilmalar (AMQ)
ikkilangan sonlarni
qo‘shish
va ayirish, ma’lumotlarni istalgan yunalishda istalgan razryad
sonicha siljitishni ta’minlishga mo‘ljallangan.
AMQ da arifmetik amallarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan
muayyan xolatlar (xonachalarning to‘lib ketishi, ko‘chirish, nol yoki
manfiy natija) ni xisobga olishda zarur bo‘ladigan bir nechta
triggerlardan tashkil topgan alomatlar razryadlari mavjud.
AMQ bilan bog‘langan registr, natijalar
registri xisoblanib
Akkumulyator (A) deb ataladi. Uning vazifasi oddiy va siklik siljishlarni
amalga oshirish, operandlardan birini aniqlash, AMQ dan olingan
natijalarni eslab kolish uchun qabul qiluvchi
registr sifatida xizmat
qiladi.
AMQ ning alohida chiqish yo‘li xotira adresi registri (HAR) ga
kelib ulanadi, sungra bufer qurilmasi (BK) orqali chiqish shinasiga kelib
tushadi.
Dasturli hisoblagich (schetchik) DXs - o‘zida navbatdagi buyruk
manzilini saqlab turib, uning MP dasturining qaysi qismida turganligini
ko‘rsatadi va MP tomonidan xotirasidagi dastur to‘liq ijro etilishini
ta’minlaydi.
Xotira qurilmalaridan o‘qib olingan buyruklar,
buyruklar registri
KR ga keladi. KR registri va deshifratori (Dsh) yordamida razryadlar
pozitsiyasi (xolati) aniqlanadi va MP da buyruklarni bajarish jarayonida
operatsiyalarning berilgan ketma - ketligini ta’minlovchi boshqarish va
sinxronlashtirish qurilmasi (BSK) sxemasiga signallar uzatiladi.
69
Odatda MP - lar multipleksor (M) yordamida axborotlar shinasiga
ulanadigan ikki to‘plam registrlaridan iborat bo‘ladi.
Birinchisi
-
axborotni qayta ishlash jarayonida uni vaktinchalik eslab kolish uchun
xizmat qiladigan - yuqori tezkorlikdagi xotiralash qurilmasi (YuTXK),
ikkinchisi-
asosan hisoblash va teskari ketma
- ketlikda aks ettirish
jarayonida manzil uyalari (yacheyka) larini eslab qolishni nazarda
tutuvchi - manzilli stek (MS) hisoblanadi.
Mikroprotsessorlar va doimiy xotiralash qurilmasi (dasturli,
boshqaruvchi xotira) - DXK, tezkor xotiralash qurilmasi (ma’lumotlar
xotirasi) TXK, chekkadagi uskunalar bilan aloqa qilish uchun kiritish va
chiqarish qurilmasi (KChK) dan iborat tuplam Mikro EXM larning asosi
bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqaruv sistemalarida MP, xabarchi qurilmalar (OTM, ARU)
orqali axborotni olib, qayta ishlaydi va chiqarish
qurilmalari orqali
ijrochi mexanizmlarga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
MP ishini boshqarish foydalanuvchi belgilab bergan aniq
funksiyalar bajarilishini aniqlab beradigan dastur yordamida amalga
oshiriladi.
MP ning har doimgi ish dasturi xotirlash qurilmasining doimiy
yoki boshqaruvchi xotiralarida saqlanadigan
buyruklar va buyruklar
ketma - ketligidan iborat. Mazkur dasturlanuvchi qurilma, dasturiy
vositalar orqali funksiyalar ijrosi yuzasidan turli xil o‘zgarishlarni
kiritish, ya’ni dasturni qayta yozish imkonini beradi.
MP larning foydalanish soxalarini belgilab beruvchi asosiy
harakteristikalari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: