^
1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi
Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha
shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalar ayirboshlash, qo’shma
korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy
investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy
faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va
amaliyotidir.
Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq
mamlakatlarda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global
menejer malakasiga ega mutaxassis esa keng doiradagi masalalar -
eksport - import bitimlaridan tortib chet elda mahsulot ishlab
chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi lozim.
Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi,
falsafasi va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday
sharoitda eng avvalo mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur.
Prezidentimiz ta’kidlaydi: «Bugun mana shu yuksak minbardan turib
aytmoqchiman: davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va
maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor
O’zbekiston manfaatidir»
1
.
Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari
va davlat xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator
sabablarga ega. Birinchidan, sobiq SSSR hududida mustaqil
davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar uchun xorijiy
faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini yaratadi.
Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi
milliy firmalarning nafaqat TMKlar, balki turli xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga olib kelmoqdaki, ularning
tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur.
Xalqaro menejmentni o’rganish tinglovchilarning xalqaro toifadagi
rahbarlar uchun zaruriy sifatlarga: tashabbus, aniqlangan qaltislikka
tayyorlik, o’z kuchlariga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy
sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish prinsiplarini egallashga
erishishga yordam beradi.
Ushbu kurs materiallarini o’rganish tinglovchilarga dunyoda xalqaro
menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib
beradi:
-bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi;
-iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;
-firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;
-ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda
mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash;
-qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni
aniq ajratilishi;
-milliy manfaatlarga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |