Название Xalqaro menejment fanining nazariy asoslari



Download 142,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana13.06.2022
Hajmi142,96 Kb.
#662511
1   2   3   4
Bog'liq
Safari - 18 мая 2022 г., 13:56

^
 
1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori qaltislik
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni
boshqaruvchi shaxslarning qaltislikka tayyorlikning alohida jihatlari
majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha
“entepeneurship” yoki Fransuzcha “entrependre” so’zidan kelib
chiqadi va tarjima qilinganda “imkoniyatlarni amalga oshirish,
qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan
ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.
Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish)
funktsiyalariga ega xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi
va demak ikki yo’nalishda tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani
joylashtirish o’rnini tanlashni, ishlatiladigan texnologiya, xomashyo,
yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotning harakatlanish logistikasini
nazarda tutuvchi vertikal yo’nalish. Firma faoliyatining ikkinchi
yo’nalishi - bu o’z menejment uslubi, marketing kontseptsiyasi, ilmiy
izlanish va tajriba konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy
faoliyat asosida ishlab chiqarishni va sotishning tashkil qilinishiga ega
gorizontal yo’nalishdir.
Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa,
tadbirkorlik bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar,
ahloq), tovarlar va xizmatlarga talabning xususiyatlari, kishilar
o’rtasidagi ishlab chiqarish va maishiy munosabatlarning farqlanishi,
valyuta paritetlarining tebranishi, xalqaro terrorizmning yoyilishi kabi
sabablarga ko’ra firmaning xorijda faoliyat yuritish sharoitlarida
qaltisliklar bir necha barobar oshib ketadi.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash
uchun xorijiy biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir
qiluvchi omillarni turkumlash maqsadga muvofiq. Ushbu omillarga
quyidagilar kiradi:
- ijtimoiy-madaniy - urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din,
ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar,
me’yorlar, savodlilik darajasi. Oxirgi omil o’z firmasida mehnat
qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejer uchun
muhim;
- iqtisodiy - iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad,
YaMM dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati,
ishsizlik darajasi (aholining xarid quvvatini va qabul qiluvchi
mamlakatdagi firmada mahalliy mutaxassislarni ishlashga jalb qilish
imkoniyatini aniqlashda zarur), valyuta almashinuvi, mehnat haqining
darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy
integratsion tashkilotlarda ishtirok etish. Oxirgi omil mahalliy
sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini qiyinlashtiradi, chunki
mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish prinsipial qarorlarni
integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo etadi;
- texnologik - texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari,
energiya tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar,
transport tarmog’i, ishchi kuchining malakasi, patent himoyasi,
infratuzilma, axborot oqimlari. Zamonaviy sharoitlarda axborotning
birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, ayrim korporatsiyalar
(yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy
raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va
hokazolar haqidagi axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil
qiladi;
- siyosiy-huquqiy - davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq
qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy
kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik,
oppozitsiyaning ta’siri, savdo qonunchiligi, protektsionizm darajasi,
tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim. Siyosiy-huquqiy
omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat hukumatining
harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini,
bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq.

Download 142,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish