Farmatsevtika ishini tashkil



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/93
Sana13.06.2022
Hajmi3,61 Mb.
#662087
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93
Bog'liq
2021-02-226033a3ad25ffd6420 Toshmuxamedov E Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Yaroqlilik muddati —
tayyor dori vositasi m e’yoriy tahlil
206


hujjatlari talablarining barcha ko‘rsatkichlari b o ‘yicha sifat 
muvofiqligiga kafolat beradigan vaqtning muddati. Bundan tashqari 
saqlash muddatiga muvofiq markirovkada saqlash muddatini tugashi 
haqida ko‘rsatmasi bo‘lishi kerak.
Dorixona assortimentidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va 
boshqa tovarlar aksariyati uchun oxirgi ham da kafolatli yaroqlilik 
m uddatlari belgilangan.
Dori vositalari yetkazib berishning alohida shart-sharoitlarida 
qolgan yaroqlilik m uddatlari belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq 
ishlab ch iq aru v ch i o m b o rid an jo 'n a tis h vaqtida yo rlig ‘ida 
ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatining 80% qolishi, maxsus yaroqlilik 
m uddati qisqa boMgan bakteriya preparatlari uchun 50% kam 
boMmasligi kerak.
Yuqoridagi dori vositalarining dorixona omborlaridan chakana 
savdo shoxobchalariga va davolash-profilaktika muassasalariga 
jo‘natishda qolgan yaroqlilik muddatining 60%, bakteriya preparatlari 
uchun esa yorliqda ko'rsatilgan yaroqlilik m uddatidan 40% kam 
boMmasligiga ahamiyat beriladi.
Yaroqlilik muddati qancha qolganligini seriya raqamidan ham 
aniqlash mumkin.
Seriya
— bitta texnologik jarayonda yoki bir qator ketm a- 
ket texnologik jarayonlarda olingan aniq dastlabki ashyo miqdori, 
qadoqlash m ateriallar yoki yarim m ahsulotlam i qayta ishlab 
chiqilganda, sifatning xosligi bir xillik b o ‘lgan tayyor mahsulot 
(dori vositasi)ning aniq miqdori.
Seriya raqam i arab raqam larida birga qo'shilgan holda 
belgilanadi. Bunda oxirgi to ‘rtta raqam ishlab chiqarilgan oy va 
yilni belgilaydi. Oxirgi to ‘rtta raqam dan oldingilari esa ishlab 
chiqarilgan seriya raqamlari hisoblanadi (raqam lar oMchami 5 mm 
dan katta boMmasligi kerak).
Saqlash m uddati seriya raqam lari rim raqam larida (arab 
raqam ida ham boMishi m um kin) belgilashda oy ko‘rsatilib, arab 
raqamlarida esa — ikkita oxirgi raqamlar yilni ko‘rsatadi. Yaroqlilik 
muddatlarini quyidagi variantlarda ko‘rsatilishi mumkin: «yaroqlilik 
muddati Х.02» yoki «Х.02. gacha».
Barcha ishlab chiqaruvchilardan keltirilayotgan m ahsulotlar
207


— Sog'liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiyot texnika 
sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi sinov laboratoriyalari 
ham da boshqa vakolatli organ tom onidan majburiy nazoratdan 
o ‘tk azilad i. B ular F arm atsev tik a bozori m uom aladagi dori 
vositalarining quyidagi sifat tartibi asosida reglamentga solinadi:
— « M a h s u lo tla r va x iz m a tla m i s e r tif ik a tla s h ti r is h
to ‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respubiikasi 1993-yil 28-dekabr qonuni;
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
«Dori vositalari sifatini yaxshilash to ‘g‘risida» 1999-yil 15-mart 
163-sonli buyrug‘i.
— 0 ‘zbekiston Respubiikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 
2002-yil 8-aprel 162-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Dori 
vositalari sifat standarti». Tarm oq standarti;
— 0 ‘zbekiston R espubiikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tom onidan 2002-yil 29-dekabrda tasdiqlangan «Dori vositalarini 
sertifikatlashtirish qoidalari».
Sertifikatlashtirish vaqtida ham da saqlash jarayonida aniqlangan 
sifatsiz dori vositalariga nomuvofiqlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi 
va 3 kun ichida buyurtm achi (ishlab chiqaruvchi)ga, 0 ‘zstandart 
agentligiga va Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy 
texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarm asiga xat orqali 
bildiriladi. Sifatsiz dori vositalari belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Laboratoriya tahlillari yoki oxirgi ekspertiza xulosasidan keyin 
tovar saqlash boMimlariga beriladi.
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlash xonalari o ‘z 
tuzilishi, tarkibi, maydon o ‘lcham lari ham da jihozlanishi jihatidan 
amaldagi m e’yoriy texnik va litsenziyalash hujjatlarida dorixona 
omborlari hamda dorixonalariga keltirilgan hamma talablariga javob 
berishi kerak. Xonalaming tuzilishi, ekspluatatsiya va jihozlanishi 
dori vositalari va tibbiyot buyumlari butligi fizik-kimyoviy xossalarini 
saqlab berishni ta ’minlashi zarur. Buning uchun xonalar qo‘riqlash 
va tegishli yong‘inga qarshi vositalar bilan ta ’minlanadi.
D ori vositalarini saqlash xonalarida joylashtirish: stellajlarda, 
zavod taralarning standart idish tagliklarida, tovar'tagliklarida, 
elevator stellajlarining tarasida (mayda tovarlar) mumkin. Stellajlar
208


tashqi devordan 0,6—0,7 m uzoqlikda; tom dan 0,5 m; poldan
0,20 m uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Stellajlar orasidagi 
masofa tovarlar oldiga bemalol kelishni ta ’minlab beradigan va
0,75mdam kam bo‘masligi, stellajlar oraligM yoritilgan bo‘lishi kerak.
Saqlash xonalari to za boMishi, u lar sanitariya-gigiyena 
qoidalariga rioya qilgan holda tozalanadi.
Tayyor preparatlarni stellajlarda, javonlarda, shkaflarda 
saqlanashi bo'yicha quyidagi talablarini bajarish kerak:
— dori vositalarini joylash va o ‘rnatishni asl yorliqlarda 
etiketkasi (markirovkasi) tashqariga qilib amalga oshiriladi;
— dori vositalari yonida dori vositalari nom i, seriya, saqlash 
m uddati, miqdori belgilangan stellaj kartalari o'rnatiladi. Karta 
qalin qog‘ozda chop etiladi. U har bir yangi keltirilgan seriyaga 
keyinchalik o ‘z vaqtida tarqatishni nazorati uchun yurgMziladi.
Saqlash boMimlarida saqlash muddatlari b o ‘yicha kartoteka 
yurgiziladi. Saqlash m uddatlari o ‘tib ketgan preparatlar, boshqa 
dori vositalaridan alohida, tahlil natijalari kelguncha saqlanadi.
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining joylashuv hisobi 
u c h u n belgilangan qoidalarga asoslangan h o ld a kom pyuter 
dasturlari va texnologiyalaridan ham foydalanilmoqda.
Saqlash boMimlaridan tovarlami berish dorixona va davolash- 
profilaktika m uassasalari, boshqa sotib oluvchi tash k ilo tlar 
tom onidan berilgan buyurtm alarga binoan amalga oshiriladi.
B uyu rtm a-talab n o m alar 1—2 nusxada (ikkinchi nusxasi 
dorixonada kirimni nazorat qilish uchun qoladi) alohida har bir 
boMimga yoziladi. Buyurtma-talabnomada dori vositalaming nomi, 
oMchov birligi va talab qilinadigan miqdori ko‘rsatiladi. Zaharli va 
giyohvandlik vositalari ham da etil spirti uchun m iqdori so‘z bilan 
ko‘rsatilagan holda alohida talabnom alar yoziladi.
Omborxonaga kelib tushgan hamma talabnom alar qayta ko‘rib 
chiqiladi va kerak holda ayrim o ‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda 
dorixona om borida dori vositasining mavjudligi, uni yetkazib 
berishning bir tekisligi, xizm at qiluvchi davolash-profilaktika 
muassasalarining ixtisosi, ulardagi o'rinlar soni inobatga olinadi.
Respublikaga yoki viloyatlarga cheklangan miqdorda keladigan
209


dori vositalari va tibbiyot buyumlari tegishli koeffitsiyentlar bo‘yicha 
taqsimlanadi. Tarqatish koeffitsiyenti — aniq dorixona tomonidan 
xizmat qiluvchi hudud bo‘yicha statistik ko‘rsatkich (kasallar soni, 
o ‘rinlar miqdori)ning dorixona ombori bilan xizmat ko'rsatuvchi 
hududlardagi shu ko‘rsatkichining umumiy soniga nisbati.
Har bir dorixona yoki davolash-profilaktika muassasalari 
bo‘yicha ham m a dori vositalari nomlari buyurtm a-talabnom alam i 
qayta ko‘rib chiqish va o ‘zgartirishlar asosida saqlash bo‘limlarida 
yig‘iladi, tovar yukxatlari bilan solishtiriladi va ekspeditsiya 
bo‘limiga beriladi.
Ekspeditsiya b o ‘limida tibbiyot tovarlarining qadoqlanishi 
amaldagi qoidalariga rioya qilgan holda bajariladi. Tovarlar 
qadoqlanishi buyurtm aning hajmiga qarab om bor boMimlarida 
konteynerlam ing har xil o ‘lchamli, yashiklarda amalga oshiriladi. 
Bunda ekspeditsiya bo‘limi tovami joylaming miqdori bo‘yicha qabul 
qiladi. Ekspeditsiya b o ‘limida qadoqlovchi tovam i qadoqlashda 
qo ‘shimcha qilinadigan varaqani ikkita nusxasini to ‘lg‘izadi va 
imzolaydi, bitta nusxasi yashikka q o ‘yiladi. Ikkinchi nusxasi esa 
yukxati bilan eskpeditsiya bo'lim ida qoladi.
Tovarlarning om borxona b o ‘yicha ham m a boMimlaridagi 
harak ati to v a rla rn in g hisobga olish va n a z o ra t q ilin ish in i 
ta ’minlaydigan amaldagi hujjatlaiga rioya qilgan holda olib boriladi. 
O m borxonaning moddiy javobgar shaxsi buxgalteriya hujjatlarini 
rasmiylashtirishni belgilangan tartibi asosida tovarlarning kirimi 
va chiqimini albatta belgilashi kerak.
Tovarlam i jo ‘natish sanasi, preparatning nomi (dori shakli 
va dozasini), yetkazilgan miqdor, berilgan preparatning narxi, 
qiymati, ta’minotchi hamda oluvchining nomi va manzili, muvofiq­
lik sertifikatining raqami hamda berilgan sanasini aniqlab beradigan 
hujjatlar bilan birgalikda yetkazib beriladi.
Dori vo sitalarin i yuk jo 'n a tish d a g i jav o b g ar shaxslarga 
quyidagilar yuklatiladi:
— dori vositalari va tibbiy buyumlarning h ar bir buyurtm ani 
belgilangan holda kuzatuv hujjatlari bilan ta ’minlab berish;
— to v a r-k u z a tu v h u jja tla rid a h a m m a z a ru r axb o ro tn i 
mavjudligini nazorat qilish;
2 1 0


— 
dori vositalari va tibbiy buyum lam i tashish jarayonida 
butligi, fizik-kimyoviy xususiyatlari buzilmasini ta ’minlash.
Omborxonadan tovami olib ketish uchun maxsus ruxsatnoma 
bilan rasmiylashtiriladi. «Tovar moddiy boyliklami olib chiqish 
uchun ruxsatnoma» ekspeditsiya bo‘limida tovarlar yuklatilgan va 
ko‘chirgich qog‘oz orqali ikkita nusxada yozilgandan so‘ng beriladi. 
Ikkinchi nusxasi oluvchining imzosi bilan ekspeditsiya boMimida 
qoladi. Ruxsatnoma faqat berilgan kunida o ‘z kuchiga ega.

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish