Varieties hand out notes uzb



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

1.3.
 
Anorning kelib chiqishi va madaniylashtirilish tarixi 
 
Anor (
Punica granatum
L.) kishilik sivilizatsiyasida qadimdan oziq-ovqat va 
tibbiyot maqsadlarida, shuningdek, manzarali o‘simlik turi sifatida foydalanilib 
kelingan eksport import nuqtayi nazaridan iqtisodiy jihatdan qimmatli mevalardan 
biri hisoblanadi.
Anor eramizdan ~900-400 yil oldin qadimgi Misr, Gretsiya va Italiyada
keyinchalik Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, 
Shimoliy Afrika, Yevropa, Rossiya, AQSh, Kaliforniya hududlarida keng miqyosda 
tarqalganligi ham qayd qilinadi. Hozirgi vaqtda anor dunyoning deyari barcha iqlim 
mintaqalarida yetishtiriladi. 
Anor (
Punica granatum
L.) madaniylashtirilishi esa, taxminan, ~5000 yil oldin 
bo‘lib, yovvoyi holatda Kavkazoldi, O‘rta Osiyo, Turkmaniston, Eron va Hindiston 
hududida o‘sishi aniqlangan va kelib chiqish vatani ushbu mintaqalar hisoblanishi 
taxmin qilinadi. Biroq, N.I.Vavilov tomonidan anorning kelib chiqish vatani yaqin 
sharq mintaqasi hisoblanishi qayd qilingan.
Anorning lotin tilidagi nomi (
Punica granatum
L.) Karfagen hududida 
yashagan qadimgi “
pun”
xalqi nomidan olingan bo‘lib, Yevropaga aynan ushbu 
hududdan keltirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd qilinadi. Ayrim manbalarda 
anorning nomi “Punika granatun” bo‘lib, “Punika” ushbu o‘simik vatani Tunis 
ekanini anglatishi, “granatun” esa “donli” degan ma’noni bildirishi qayd qilinadi. 
Anor yovvoyi holda Kavkaz, Qrim, Afg‘oniston va O‘rta Yer dengizi atrofi 
mamalakatlarida, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib, 
subtropik mintaqalarda madaniy holda o‘stiriladi.


14 
Ayrim tadqiqotchilar tomonidan anorning (
Punica granatum 
L.) kelib chiqish 
vatani Markaziy Osiyo yoki Eron mintaqasi, Afg‘oniston, Pokiston, Himolay tog‘ 
mintaqasi va Shimoliy Hindiston hisoblanishi taxmin qilinadi hamda bu masala 
ko‘pgina tadqiqotchilar ishlarida ham batafsil bayon qilingan.
Tadqiqotchilar tomonidan ko‘pgina madaniy anor navlarining kelib chiqish 
vatani sifatida Eron taxmin qilinadi. Hozirgi vaqtda Eron dunyo miqyosida anor 
yetishtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo, jumladan, Turkmaniston hududida anor eramizdan ~4000 yil 
oldin madaniylashtirilganligi va XVI-XVII asrlarda dunyo miqyosida tropik 
subtropik iqlim mintaqalariga keng tarqalganligi qayd qilinadi.
Tadqiqotchilar tomonidan anorning kelib chiqishi va genetik xilma-xilligi 
bo‘yicha 3 ta (birlamchi, ikklamchi, uchlamchi) yirik markazlar ajratib ko‘rsatilgan 
(Yaqin Sharq; O‘rta yer dengizi mintaqasi, Sharqiy Osiyo va Amerika, Janubiy 
Afrika). 
Bunda Yaqin Sharq markazi tarkibida Eron va Afg‘oniston ham kiritilgan, bu 
mintaqa N.I.Vavilov tomonidan ko‘pgina madaniy o‘simliklarning kelib chiqish 
hududi sifatida qayd qilingan.
Ikkinchi markaz anorning Sharq mintaqasi va Yevropa mintaqasiga 
tarqalishida muhim o‘rin tutgan bo‘lib, ushbu markazlarda anorning navlari genetik 
jihatdan sezilarli darajada farqlanishi ta’kidlanadi. 
Hozirgi vaqtda anor dunyo miqyosida, asosan, geografik jihatdan 41° sharqiy 
kenglik va 41° shimoliy kenglik diapazonida o‘stiriladi va ekspot-import 
yo‘nalishida O‘rta Yer dengizi mintaqasi, Gollandiya va Osiyo, shuningdek, 
Hindiston yetakchi o‘rinda turishi qayd qilinadi.
Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyada anor plantatsiyalari sezilarli 
maydonlarni egallashi ta’kidlanadi.
Ayrim adabiyotlarda anorning kelib chiqish vatani O‘rta Osiyo, Eron, 
Ozarbayjon, Afg‘oniston ekanligi qayd qilingan. Anor O‘rta dengiz mintaqasi, O‘rta 
Osiyoning janubiy qismida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, Dog‘istonda yovvoyi 


15 
turlari tarqalgan
7
. Anorning

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish