9
yaxshi rivojlanmagan
erkak gullar hisoblanib, undagi onalik qismi yaxshi
rivojlanmagan va mayda bo‘lib, meva tugmaydi. Shuningdek, tashqi ko‘rinishidan
me’yoriy rivojlanganga o‘xshash, lekin
urug‘chisi
yaxshi rivojlanmagan oraliq
tipdagi gullar ham bo‘lib, ular mayda burishqoq mevalar tugadi.
Qo‘ng‘iroqsimon va oraliq tipdagi gullar to‘kilib ketadi. Me’yoriy gullar qattiq
etli 4-8 ta tishchali kosabarglar va gultojibarglar, ko‘p sondagi tugunchalarga ega
bo‘lgan urug‘chi va ko‘p sondagi changchilardan tuzilgan. Gullari urug‘laganidan
keyin tashqi tomonidan ichi sharbatga to‘la bo‘lgan po‘st bilan qoplangan 300-1000
donachagacha urug‘lar shakllanadi.(1.1.2-rasm)
1.1.2-rasm. Anorning gullari tiplari. A) Me’yoriy rivojlangan gul; B) Oraliq tipdagi
gul, V) Qisqa chanchilarga ega bo‘lgan gullar.
Anor aprelning boshida havo 12-14°ga ko‘tarilishi bilan ko‘kara boshlaydi.
Kuzda issiq harorat shu darajaga tushganda o‘sishdan to‘xtaydi. Anorning o‘sish
davri naviga, iqlimiga qarab 180-215 kun davom etadi. Anor may oyining boshida
gullaydi, birinchi galda qishlab chiqqan kurtaklar gullaydi, oradan 10-15 kun o‘tib,
barchasida gullash boshlanadi. Bir tup anorda uning naviga,
ob-havo sharoitiga
qarab 5 mingtagacha gul bo‘lishi mumkin. Lekin bularning 96-98 % ini hosilsiz
(erkak) gullar tashkil etadi.
Anorning turli navlari bir-biri bilan
erkin ravishda changlatilsa, serhosil,
mevasi yirik bo‘ladi. Uning gul changini ko‘p tarqatadigan vosita asalaridir.
10
Shuning uchun anor hosildorligini oshirishda asalaridan
foydalanish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Anor naviga qarab 120-160 kunda pishib yetiladi.
Anor barglari ellipssimon,
kalta bandli, poyada qarama-qarshi tipda
joylashgan. Anor mevasi ko‘p urug‘li sinkarp meva bo‘lib, urug‘lari
tashqi
tomondan po‘st bilan qoplangan.
Anorning mevasi dumaloq, olti qirrali shaklda, diametr o‘lchamlari ~5-12 sm
ga teng bo‘lib, qizg‘ish tashqi po‘stloq bilan o‘ralgan va ichki qismida oqish-qizil
rangdagi sellyulozali qobiq bilan o‘ralgan ~600 donagacha urug‘lari joylashgan.
Ayrim tadqiqotchilar tomonidan anorning (
Punica granatum
L.) biologiyasi,
mevasining tarkibi, foydali xususiyatlari, tashqi muhit omillarini anor mevasining
morfo-fiziologik, fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri tadqiq qilingan.
Anor mevasi va po‘stlog‘i oziq-ovqat sanoatida har xil meva shaklida hamda
turli xil ishlov berilgan shakllarda foydalaniladi.
Shuningdek, turli geografik-iqlim mintaqalarida anor mevasining o‘sish
sharoitlari, Vegetatsiya davri va mevasining pishib yetilish muddatlari sezilarli
darajada farqlanadi. Masalan, Shimoliy yarimsharda anorning (
Punica granatum
L.)
mevasi sentabr-oktabr
oyida pishib yetilishi, Janubiy yarimshar mintaqalarida
(Janubiy Afrika va boshq.) esa mart-may oylarida pishib yetilishi qayd qilinadi.
Anor mevasining po‘stlog‘i tarkibida antosian (qizil rangni belgilab beradi),
flavonoidlar, fruktoza va saharoza kompleksi (~10%), pektin,
organik kislotalar,
anor mevasi tarkibida lipidlar, polifenollar mavjudligi aniqlangan.
Anor mevasining og‘irligi o‘rtacha ~250-1000 g ga teng bo‘lib, mevasining
shakli va rangi turli xil navlarda o‘zaro farqlanadi (1.1.3-rasm).