Varieties hand out notes uzb



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

 
 
 



1-MODUL. ANOR (PUNICA GRANATUM L.)NING BIOLOGIYASI VA 
MADANIYLASHTIRISH TARIXI. DUNYO BO‘YICHA ANOR 
YETISHTIRUVCHI DAVLATLAR 
1.1.
 
Anorning biologiyasi 
Anor (
Punica granatum
L.) Anordoshlar oilasi (
Punicaceae
Horan) va 
Anordoshlar (
Punica
) turkumiga kiruvchi subtropik o‘simlik turi bo‘lib, 2 ta turni 
(
P. granatum
L. va 
P. protopunica
Balf.) o‘z ichiga oluvchi 1 ta avloddan (
Punica
L.) tashkil topgan. Shuningdek, 
Punicaceae
oilasi dastlab 
Lythraceae
deb 
nomlangan. 
Anor taksonomiya nuqtayi nazaridan 
Myrtales
, ehtimol 
Saxifragales 
tipiga 
kirishi taxmin qilingan. Anorning K.Linney tomonidan ilmiy nomlanishi-
Punica 
granatum
lotin tilida “
pomum”-“olma” va “granatus”-“tanlangan,
saralangan” 
so‘zlaridan olingan.
Shuningdek, so‘nggi o‘n yillikda morfologik, molekulyar darajadagi 
tadqiqotlar natijasida anorning (
Punica granatum
L.) taksonomik klassifikatsiyasiga 
ayrim taxminiy aniqliklar kiritishga urinishlar amalga oshirilgan.
Sobiq Ittifoq davrida Qrim yarim orolida joylashgan Nikitin botanika bog‘ida 
yig‘ilgan anorning botanik kolleksiyasi tarkibi 340 ta navni tashkil qilishi qayd 
qilingan. Jumladan, ushbu kolleksiya tarkibida Erondan keltirilgan “Holva”, 
“Sharodi”, Yaponiyadan keltirilgan pakana-“
Punicagra natumvar”
, Amerika dan 
keltirilgan urug‘siz-“Vanderful” anor navlari saqlanadi
1

Anor balandligi 2-10 m ga teng bo‘lgan butasimon, daraxtsimon o‘simlik, 
novdasining uchida kuchalasimon, 1-5 ta dona joylashuvchi och qizil tusli ikki jinsli 
(ø=8 sm) gullari yoz va kuz fasllari davomida ochiladi. Kosachasimon shakldagi 
gulida urug‘chi me’yoriy rivojlangan, qo‘ng‘iroqsimon yoki shokilasimon gullari 
meva hosil qilmaydi. Anorning gullari chetdan changlanadi, mevasi (250-1000 g) 
tashqi po‘stlog‘i oqish, qizil-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Mevasining (umumiy quruq 
1
Многообразие сортов граната с фото и описанием // [Электронный ресурс]. Режим доступа: 
https://selo.guru/rastenievodstvo/dekorativnolistvennye/kustovidnye/granat/vidy-gr Дата обращения: 28.07.2019 
г. 



og‘irligiga nisbatan ~29-50%) ichki qismida tashqi tomoni oq-qizil rangli po‘st bilan 
qoplangan 6-12 tagacha uyachalarda urug‘lar (10-20%) shakllanadi
2
.
Anorning 2-3 yillik novdasini ustki qismi silliq, kulrang-yashil tusga ega bo‘lib, 
yog‘ochlashmagan novdalari odatda to‘rt qirrali shaklga ega. Anorning barg hosil 
qiluvchi kurtaklari odatda, novdada juft holatda, qarama-qarshi tipda joylashadi. 
Vegetatsiya davrida anor o‘simligida bir nechta kurtaklar generatsiyasi shakllanadi 
va markaziy kurtakdan yangi novda shakllanadi. Ayrim holatlarda markaziy kurtak 
o‘sishdan to‘xtaydi va tikan hosil qilishi mumkin (1.1.1-rasm).

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish