Varieties hand out notes uzb


Anor daraxtini parvarishlash



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

Anor daraxtini parvarishlash

Anor daraxti sovuqqa chidamsiz bo‘lib, -10

C darajagacha chidaydi. 
Sirdaryoning namligi yuqori bo‘ladigan qishida anorni tez sovuq urishi mumkin. 
Anor daraxtining qishli kunlardan saqlab qolish uchun uni ko‘mish kerak. Ko‘mish 
uchun eng qulay vaqt oktabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi o‘n kunligidir. 
Chunki bu vaqtda anor daraxti tanasida suv bo‘lib, yaxshi egiladi va sinmaydi. Zax 
yerlarda yerga bir qavat xas-xashak tashlanadi, anor yotqizilib, ustiga yana bir qavat 
xas-xashak tashlab, shoxlari yig‘ishtirilib ko‘miladi. Iloji boricha anor tanasiga 
tuproq tegmay xashak ustida bo‘lishiga e’tibor bering. Shundagina daraxt qishdan 
omon chiqadi.
Yana bir jihati borki, qish cho‘zilib ketgan davrda anor tanasini tuproq 
“yalamay” , unga ziyon yetkazmaydi. Bahor boshlanib, mart oyining o‘ninchisini 
o‘tkazib, qishi bilan tayyorlangan o‘g‘it bo‘lsa, anor ostiga solib ustidagi tuprog‘i 
tushiriladi. Faqat ko‘mish vaqtida qo’yilgan xashagi olinmasligi maqsadga muvofiq, 
chunki, kutilmagan sovuq tushib, tuproq ostidan issiq chiqqan anor daraxtiga tez 
ta’sir qilishi mumkin.
Hamal boshlanib, mart oyining 20 chisidan so‘nggina uning xashaklari olinib, 
yeri tekislanadi. Ayrilar qo‘yilib, singan shoxlari olib tashlanadi. Ishlov berish 
chog‘ida o‘tmas chopqi va bolta ishlatilmasligi kerak. Anor daraxti tanasidagi 
ko‘chib qolgan po‘stlog‘ini tozalab, oqlab qo‘yish yoki butun tanasini dorilab 
chiqishga e’tibor qaratish kerak. Bu bilan anor daraxti tanasida qishlab sog‘lom 
chiqqan zararli xasharotlarni ko‘payishini oldi olinadi. Shundan so‘ng anorga suv 
berish kerak.
Aprelning oxiri may oylarida anorga suv berishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Uning 
tanasidan o‘sib chiqqan xom novdalarni olib tashlab, yumshatib chopib chiqiladi. 
Shundan so‘ng anor daraxti o‘g‘itlanadi. O‘g‘itlashning turli yo‘llari bor. Bu 
qanchalik ko‘p o‘g‘it yig‘ilganiga bogliq. Agar ko‘p o‘g‘it yig‘ilgan bo‘lsa, har bir 
anor daraxti atrofini kovlab tomiriga tegmaydigan qilib, bir zambildan chirigan 
go‘ng solish kelgusida yaxshi samara beradi. Bu usulda go‘ngdagi mavjud azot, 
fosfor, kalsiy va boshqa o‘g‘itlar daraxtga me’yorida yetib boradi.


34 
O‘g‘itlashning yana bir usuli, suv kiradigan tomoniga xandak qazib, qishi bilan 
o‘g‘it jamg‘arish kerak. Suvni shu xandak orqali berilsa yaxshi samara beradi. 
O‘gitni tez-tez aralashtirish kerak. Bu usul suv bilan o‘g‘itlash ya’ni sharbat berish 
deyiladi. Keyingi suvni may oyining o‘ninchisidan so‘ng berish nihoyatda 
foydalidir. Qiyg‘os gulga kirgan daraxt suv bilan birinchi gullarini ushlab qoladi. 
Bu bilan anor serhosil bo‘lib, dastlabki, tugilgan mevalari yirik va shirin bo‘ladi. 
Har suv bergandan so‘ng yer qurigach, ketmon bilan ag‘darib, ayrisi to‘g‘rilanib 
qo‘yiladi. Yangi o‘sib chiqqan novdalar yulib tashlanadi. Anordan mo‘l hosil olish 
uchun saraton suvidan kamida ikki marta qondirib sug‘orish kerak. Shundan so‘ng 
yana begona o‘t-o‘lanlarni yulib, daraxt tanasidagi yosh novdalarni olib tashlashga 
e’tibor qaratish lozim. Avgustning oxiri sentabr oyining boshlarida yerning 
sharoitiga qarab anorga yana suv beriladi. Bu paytda anor hosili ko‘rinadi.
Sentabr oyining o‘ninchisidan so‘ng anorga suv berish to‘xtatiladi. Chunki, 
keyingi suvlarni foydasi bo‘lmay, aksincha, pishgan anorlarni yorib yuboradi. 
Ayrim bog‘bonlar anor mevasining pishganini terib olib, yana suv berishadi, bu 
keyingi hosilni pishishi va anor bog‘ini yumshoq turishga yordam beradiki, anor 
daraxtini ko‘mish paytida ildizi bilan egiltirishga hamda anorni sindirmay 
ko‘mishga yordam beradi. Shunday qilib, bahor va yoz mavsumi anor daraxtini 4 
marta butash va tagini chopish, yer sharoitiga qarab, 6-8 marta sug‘orish maqsadga 
muvofiq. Zarur holda xasharotlarga qarshi kurash choralari olib boriladi.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish