Xalqimizning turmush madaniyatini oshirishda, ularni ma‘naviy dunyosini boyitishda Axborot-kutubxona muassasalarining o’rni beqiyosdir. Axborot-kutubxona muassasalarining ijtimoiy vazifasi hozirgi kun talabidan kеlib chiqib, tobora kеngayib bormoqda. Axborot-kutubxona muassasalarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri — yangi zamon kishisini yetuk malakali mutaxassis, madaniyatli va ma‘rifatli inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Respublikamizdagi mavjud Axborot-kutubxona muassasalarning fondlari keng doiradagi kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar bilan muntazam to’ldirilib boriladi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlari qanchalik to’liq va mukammal to’ldirilgan, elektron resurslar bilan ta‘minlangan bo’lsa, ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi. Ayni bir vaqtda, bir tomondan, ulardagi fondlarning katta hajmda ekanligi va mazmuning boyligi, ikkinchi tomondan Axborot-kutubxona muassasalariga murojaat qiluvchi kitobxonlar talablarining nihoyatda xilma-xilligi, mavjud barcha resurslarni har tomonlama ko’rsatib berish zaruriyatini qat‘iy talab qiladi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlarini har tomonlama ochib berishda kataloglar asosiy rol o’ynaydi.
Katalog grekcha — «ro’yxat» demakdir. Binobarin, «kutubxona katalogi» degan termin «Axborot-kutubxona muassasasida mavjud bo’lgan barcha resurslarning ro’yxati» degan ma‘noni bildiradi. Ammo bunday aynan tarjima qilish kataloglarning xaqiqiy ahamiyatini etarli darajada to’liq tushuntirib bermaydi.
Kutubxona kataloglari Axborot-kutubxona muassasasida muayyan tartibda tuzilgan bo’lib, Axborot-kutubxona muassasasi fondini mazmunini ochib bеrish, u haqida to’liq axborot berish, mavjud resurslarni targ’ib etrish, kitobxonlarga ma‘lumot olishlarida g`oyaviy-tarbiyaviy, ilmiy-axborot vazifalariga muvofiq tarzda yo’llanma bеrurish kabi funksiyalarni bajaradi.
Zamonaviy Axborot-kutubxona muassasalarida mavzu va turlari bo’yicha xilma xil resurslar mavjud. Axborot-kutubxona muassasasiga murojat qiladigan kitobxonlarning talablari ham xilma-xildir. Kitobxonlarni muayyan muallifning familiyasi, kitobining nomi, muharrirning nomi yoki boshqa belgilari, muassasaning nomi, nashr etgan nashriyotning nomiga o’xshash ma‘lumotlari bo’lgan kitoblar qiziqtiradi. Ba‘zi birlarini soha adabiyotlari, boshqalarni texnik jurnallar, DTSlar, patentlar qiziqtiradi. Ayrim kitobxonlar chet el adabiyotlarini so’rab murojaat etadilar. Hamma so’rovlarni qamrab olib javob beradigan yagona katalog tuzishning imkoniyati yo’q. Axborotkutubxona xizmati ko’rsatish nazariyasi va amaliyotida kataloglarning muhim turlari yaratilganki, ularning har biri ma‘lum bir xarakterdagi talablarni qondirishga imkon beradi. Shu kunga qadar mamlakatimiz kutubxonalarida nashr turlariga, fondni qamrab olishiga ko’ra farqlanadigan kataloglarning bir nechta turlari qo’llaniladi. Kataloglarni bibliografik tasvirlarini gruppalash usullariga ko’ra asosiy turlarga bo’lingan. Bu gruppadagi kataloglar orasida eng ko’p tarqalgani alfavit katalogi, sistemali katalog, predmet kataloglaridir. Bugungi kunda bular qatoriga elektron katalog keng miqyosda qo’llanilmoqda.
Alfavit katalogda barcha mavjud resurslarining tasviri mualliflarning familiyalari yoki sarlavhalarning alfaviti bo’yicha joylashtiriladi. Tasvirlarning shu tartibda joylashtirilishi, birinchidan, konkret bir asarning muallifi va sarlavhasi kitobxonga ma‘lum bo’lgan bir asarning bor yoki yo’qligini aniqlash, ikkinchidan, muayyan muallifning kutubxona muassasasi fondida mavjud bo’lgan asarlari bilan tanishish imkonini beradi.
Alfavit katalogi kutubxonada biror muallifning qanday kitoblari bor, degan savolga javob beradi. Alfavit katalogini avtorlar katalogi deb ham atashadi.
Kitobxonlarning muayyan masalalarga yoki tor konkret masalalarga doir manbaalarga bo’lgan talablari sistemali va predmet kataloglari yordamida qondiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |